Kontent qismiga oʻtish

Kipr futbol assotsiatsiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kipr futbol assotsiatsiyasi
UEFA
Tashkil etilgan 23 September 1934 (91 yil avval) (23 September 1934)
Joylashuvi Nikosiya
FIFA ga aʼzo
boʻlgan sana
1948-yil
UEFA ga aʼzo
boʻlgan sana
1962-yil
Prezident Giorgos Koumas
Vebsayt cfa.com.cy

Kipr futbol assotsiatsiyasi (yun. Κυπριακή Ομοσπονδία Ποδοσφαίρου (ΚΟΠ); tur. Kıbrıs Futbol Federasyonu (KFF)) – Kiprda futbolni boshqaruvchi asosiy tashkilot boʻlib, uning shtab-kvartirasi Nikosiyada joylashgan[1]. Assotsiatsiya Kipr futbol chempionatlarini – Kipr Birinchi divizioni, Kipr kubogi, Kipr Superkubogini tashkil etadi hamda Kipr milliy futbol terma jamoasining faoliyatini nazorat qiladi. Kipr futbol assotsiatsiyasi futzal musobaqalarini – Kipr futzal ligasi, Kipr futzal kubogi va Kipr futzal Superkubogini ham tashkil etish uchun mas’ul hisoblanadi.

Tashkillashtirilgan futbol Kiprga XX asr boshlarida inglizlar tomonidan kiritilgan[2]. Dastlab oroldagi maktablarda oʻynalgan bu sport turi tezda ommalashdi va natijada bir nechta klublar tashkil etildi. Futbol qoidalari tobora mustahkamlanib borgach, klublar bu sport turini tartibga soladigan rasmiy bir tashkilot zarur degan yakdil fikrga kelishdi. 1934-yil 23-sentabrda Kipr futbol assotsiatsiyasi quyidagi sakkizta klub tomonidan tashkil etildi: AEL Limassol, Anorthosis Famagusta, APOEL, Aris Limassol, EPA Larnaca, Olympiakos Nicosia, Lefkoşa Türk Spor Kulübü va Trust[3][4]. Kipr futbol assotsiatsiyasi tashkil etilganidan soʻng, futbol rasmiy asosda oʻynala boshladi va assotsiatsiya aʼzo klublar uchun turli musobaqalarni tashkil eta boshladi.

Kipr futbol assotsiatsiyasi 1948-yilda FIFA ga, 1962-yilda esa UEFA ga aʼzo boʻldi.

2007-yilda Kipr futbol assotsiatsiyasi poytaxt Nikosiyadagi yangi shtab-kvartirasiga koʻchdi. Ochilish marosimida UEFA prezidenti Michel Platini va Kipr prezidenti Tassos Papadopoulos ishtirok etdi[5].

  1. „Κυπριακή Ομοσπονδία Ποδοσφαίρου - Επίσημη Ιστοσελίδα“. www.cfa.com.cy.
  2. „Cypriot stock continues to rise“. UEFA.
  3. „Ιστορία της ΚΟΠ“ (el). CFA (2015-yil 31-mart). 2014-yil 7-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „HISTORY OF CFA“. CFA (2015-yil 31-mart).
  5. „Platini opens new CFA headquarters“. Cyprus Mail (2007-yil 9-iyun). 2007-yil 15-iyulda asl nusxadan arxivlangan.