Kontent qismiga oʻtish

Andorra futbol federatsiyasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Andorra futbol federatsiyasi
UEFA
Tashkil etilgan 1994 (31 yil avval) (1994)
Joylashuvi Escaldes–Engordany
FIFA ga aʼzo
boʻlgan sana
1996-yil
UEFA ga aʼzo
boʻlgan sana
1996-yil
Prezident Felix Álvarez
Vebsayt faf.ad

Andorra futbol federatsiyasi (kat. Federació Andorrana de Futbol) – Andorrada futbolni boshqaruvchi asosiy tashkilot hisoblanadi[1]. Federatsiya Primera Divisió, Copa Constitució, Andorra Superkubogi musobaqalarini tashkil qiladi. Shuningdek, federatsiya Andorra milliy futbol terma jamoasi faoliyatini ham muvofiqlashtiradi. Uning bosh qarorgohi Escaldes-Engordany shahrida joylashgan[2]. 2001-yilgi maʼlumotlarga koʻra, federatsiya 12 ta klub, 300 nafar futbolchi va 22 nafar hakam faoliyatini nazorat qilgan[3].

Andorra futbol federatsiyasi 1994-yil 21-aprel kuni Francesc Vila tashabbusi bilan tashkil etilgan[4]. 1996-yilda federatsiya UEFA va FIFA ga aʼzo boʻldi. 1996-yil 13-noyabr kuni milliy terma jamoa oʻz tarixidagi ilk oʻyinini oʻtkazdi; Estoniya terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida 1:6 hisobida magʻlub boʻldi. 1998-yil avgust oyida Andorra milliy futbol maktabi tashkil etildi. Oʻsha yilda, shuningdek, U-17 va U-19 terma jamoalari tuzildi. 2006-yilda esa yoshlar terma jamoasi (U-21) ham tashkil etildi. 2014-yilda Andorrada ayollar milliy terma jamoasi ilk rasmiy oʻyinini oʻtkazdi.

2019-yilda federatsiya bosh kotibi Tomás Gea va sobiq g‘aznachi José Garcíaga nisbatan mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, firibgarlik va pul yuvish bo‘yicha tergov ishlari boshlandi[5].

No. Prezident Lavozimdagi yillari
1 Francesc Vila 1994-yil 2000-yil
2 Francesc Amat 2001-yil 2009-yil
3 Antoni Giribet 2009-yil 2013-yil
4 Victor Santos 2013-yil 2019-yil
5 Felix Álvarez 2019-yil hozir
  1. „When Saturday Comes - Remote possibilities“. Wsc.co.uk (2012-yil 9-iyul).
  2. „Encouraging Andorran advancements“. UEFA. 2010-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Андорра (Wayback Machine saytida 2014-07-31 sanasida arxivlangan) Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (31-iyul 2014-yil) / Планета Футбол. — 2001
  4. Большой прогресс маленькой страны Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (19-iyun 2015-yil) / uefa.org
  5. Andorra Federation officials charged with parole crimes[sayt ishlamaydi] (isp.)