Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (qisqartmasi – TATU)[1] 2002-yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti (qisqartmasi – TEAI) hamda 2002—2017-yillar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomlari bilan faoliyat yuritgan. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti nomi bilan 1955-yilda tashkil etilib, bugungi kunda Universitet axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi tayanch oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning 6 ta hududiy filiallarida bugungi kunda 20 ta fakultet va 69 ta kafedra, xususan, TATUda 8 ta fakultet va 28 ta kafedra mavjud.
Universitet va uning hududiy filiallarida bugungi kunda 1000 nafarga yaqin professor-oʻqituvchilar, shundan, 65 nafar fan doktori hamda 350 nafardan ortiq fan nomzodi faoliyat yuritib kelmoqda.
TATU va uning hududiy filiallarida 32 000 nafardan ortiq talabalar 26 ta taʼlim yoʻnalishlari va 37 ta mutaxassisliklar boʻyicha tahsil olmoqda, shundan 14 000 nafardan ortiq talabalar TATUda tahsil olishmoqda.
Talabalarga qulaylik yaratish maqsadida 2022-yilda tashkil etilgan „Registrator ofisi“da „yagona darcha“ shaklida yaratilgan xizmatlar turi bugungi kunda 43 tani tashkil etadi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti 1955-yilda tashkil etilgan. 2002-yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti deb nomlangan boʻlib, 2002-yil 30-maydagi PF-3080-sonli Prezident farmoni[7] hamda 2002-yil 7-noyabrdagi Vazirlar Mahkamasining 385-sonli qarori[8] bilan universitetga aylantirilgan hamda 2002—2017-yillar davomida Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomi bilan faoliyat yuritgan. 2017-yilda Toshkent axborot texnologiyalar universitetiga ulugʻ alloma Muhammad al-Xorazmiy nomi berildi.
1955-yil 28-iyun – Toshkent elektrotexnika aloqa instituti oʻz faoliyatini boshladi (Sobiq SSSR Aloqa vazirining 487-son buyrugʻi bilan) – Rektor vazifasini bajaruvchi N. B. Matskevitch
1957-yil – M. I. Astaxov rektor etib tayinlandi.
1957/1958-yillarda – Radioaloqa va Radioeshittirish fakulteti hamda kechki va sirtqi taʼlim boʻlimlari tashkil etildi.
1961-yil – Institut yangi binoga koʻchib oʻtdi. Oʻquv-ishlab chiqarish bazasi tashil etildi.
1965-yil – Talabalar soni – 4000 nafar, Kafedralar/laboratoriyalar soni – 21 / 40 ta, bitiruvchilar soni – 915 nafar.
1976-yil – Toshkent elektrotexnika aloqa institutiga t.f.d., professor, akademik D. A. Abdullaeyev rektor etibtayinlandi.
1979-yil – Toshkent elektrotexnika aloqa institutining Fargʻona, Frunze (hozirgi Bishkek), Dushanbe va Olmaota shaharlarida sirtqi fakultetning tayanch punktlari tashkil etildi.
1974-yil – Har yili 400 nafar talaba Oʻzbekistonning, Rossiya, Qirgʻiziston davlatlarida „Talabalar Qurilish Otryadi“ga jalb etilgan.
1979-yil – Toshkent elektrotexnika aloqa instituti kutubxonasi jamgʻarmasi 300 mingdan ortiq kitob va jurnalga ega boʻldi.
1982-yil – Talabalar uchun 3 ta 9 qavatli turar joy binosi foydalanishga topshirildi.
1990-yil – institutda 27 ta kafedra, 75 ta oʻquv markazi, 17 ta ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi, hisoblash markazi va 3 ta kompyuter xonasi, ranglitelevizor, oʻquv markazi faoliyat koʻrsatdi.
1991-yil – Termiz shahrida universitet filiali tashkil qilindi.
1991-yil – Institutga 3 ixtisoslik boʻyicha aspirantura tashkil etildi va nomzodlik disertatsiyalarini himoya qilishga ruxsat etildi.
1992-yil – TEAIga t.f.d., professor, akademik Telman Rajabov rektor etib tayinlandi.
1993-yil – TEAI qoshida aloqa zobitlarini tayyorlash uchun maxsus fakultet tashkil etildi.
1994-yil – Institut qoshida Markaziy Osiyo Telekommunikatsiya oʻquv markazi tashkil etildi.
1994/1995-yil – Institutda telekommunikatsiya, televideniya, radioeshittirish va radioaloqa, menejment yoʻnalishlarida kadrlar tayyorlash boshlandi.
2007-yil – TATU qoshidagi „Oʻzbekiston-Koreya axborot almashish“ markazi ochildi. TATU va Koreya milliy axborot agentligi (NIA) bilan Anglashuv memorandumi asosida tashkil topgan.
2009-yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qarori bilan TATUda yangi „Televizion texnologiyalar“ fakulteti tashkil etildi.
2010-yil – Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Elektronika kafedrasi qoshida NATIONAL INSTRUMENTS texnologiyalari markazi ochildi.
2013-yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1942 Qarori bilan texnika yoʻnalishlariga kirish imtihonlari tarkibiga xorijiy til kiritildi.
2013—2015-yillar – Aholining kompyuter savodxonligini yanada oshirish maqsadida TATU va uning filiallarida „Bunyodkor yoshlar 2013“, „Bunyodkor yoshlar 2014“ va „Bunyodkor yoshlar 2015“ kompyuter savodxonlik guruhlari tashkil qilindi.
2013-yil – Davlat aloqa qoʻmitasining 2013-yil 30-sentyabrdagi 366-sonli "TATU qoshida „Elektron hukumat“ oʻquv markazi yaratish haqida" gi buyrugʻiga asosan oʻquv markazi tashkil qilindi va 9195 nafardan ortiq davlat va mahalliy hokimiyat xodimlari taʼlim oldi.
28-martdan 8-aprelgacha boʻlib oʻtgan „Oliygoh kubogi“da 3 mingdan ortiq talaba ishtirok etdi. „Kelajak texnologiyalari“ koʻrgazmasiga 1000 ga yaqin ishlanma taqdim etilib, 300 dan ortigʻi finalga saralandi.
2025-yil aprel oyi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan eʼlon qilingan „Muhandislik oyligi“ ning ochilish marosimi 8-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida boʻlib oʻtdi. Mazkur marosimda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov, Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov, shuningdek, muhandislik yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalari rahbarlari va professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi[13][14].
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xalqaro nufuzli reytinglarda yildan yilga oʻz oʻrnini mustahkamlab bormoqda[manba kerak]. 2024-yilda universitet Times Higher Education (THE)ning Top universitetlar roʻyxatida 1501+ oʻrinda, Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari universitetlari boʻyicha TOP-5 oʻrinda, Oʻzbekiston Oliy taʼlim muassasalari orasida TOP-3 oʻrinda qayd etildi[15][16].
Shuningdek, universitet xalqaro Times Higher Education (THE) tomonidan eʼlon qilingan "Interdisciplinary Science Ranking" (Fanlararo fan reytingi) dunyoning TOP-500 talikdan joy egalladi[17]. Times Higher Education (THE) „Schmidt Science Fellows“ jamgʻarmasi bilan hamkorlikda ilk bora „Interdisciplinary Science Ranking“ (Fanlararo fan reytingi) natijalarini eʼlon qildi. Unda TATU 401—500-oʻrinni egalladi[18].
Nufuzli xalqaro QS reyting tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan 2025-yil uchun Osiyo universitetlarining reytingida (QS Asia University Rankings – 2025) TATU 541—560-oʻrinda qayd etildi[19]
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining xalqaro QS reytingda eng yaxshi universitetlardan biri sifatida qayd etildi[manba kerak].
QS STARdan 4⭐️ga ega TATUning QS Osiyo universitetlari reytingidagi oʻrni 110 pogʻonaga koʻtarildi. Natijalarga koʻra, TATU Osiyo mintaqasida oʻtgan yilgi 651-700 oʻrnini yangilab, 541-oʻrinni, Markaziy Osiyo OTMlari orasida esa 34-oʻrinni egalladi[20].
Shuningdek, dunyoning universitetlari reyting koʻrsatkichlarini mustaqil metrika orqali baholovchi edurank.org natijalariga koʻra, universitet avvalgi yillarga nisbatan 235 oʻringa yuqoriladi. Ushbu reytingda universitet turli mutaxassisliklarda eng yaxshi universitet sifatida eʼtirof etilgan. Xususan, Axborot texnologiyalar yoʻnalishida jahonda 788 – oʻrinda qayd etilgan boʻsa, Oʻzbekistonda esa Kompyuter muhandisligi, Kiberxavfsizlik, Telekommunikatsiya, Sunʼiy intellekt (AI) kabi fan sohalarida ham 1-oʻrinda qayd etildi[manba kerak].
UI Green Metric World University Ranking xalqaro reyting agentligi tomonidan butun dunyo oliy taʼlim muassasalari boʻyicha joriy yil reyting natijalariga koʻra TATU nufuzli reytingida TOP-1000 ta oliy taʼlim muassasalari qatorida barqaror rivojlanayotgan universitet sifatida eʼtirof etildi.
TATU va uning hududiy filiallari 57 davlatning 190 ta universiteti, 7 ta ilmiy-tadqiqot markazi, 26 ta tashkilot va kompaniyasi bilan jami 223 ta oʻzaro hamkorlik shartnomasi, kelishuv va memorandumlarga ega. Xususan, TATU tomonidan 35 davlatning 175 ta universiteti, 5 ta ilmiy-tadqiqot markazsi, 24 ta tashkilot va kompaniyasi bilan jami 204 ta oʻzaro hamkorlik shartnomasi, kelishuv va memorandumlari imzolangan[manba kerak].
TATU 2020—2024-yillarda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida uchta loyihani ilk marta grantholder sifatida amalga oshirishni boshladi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida 9 ta loyihalar amalga oshirilmoqda.
2022—2027-yillarga moʻljallangan Koreyaning KOICA tashkiloti koʻmagida „Global AyTi biznes taʼlim dasturi hamda FabLab tashkil etish“ investitsion loyihasi amalga oshirilmoqda[22].
Universitet nafaqat taʼlim berish, balki talabalarning shaxsiy va jamoaviy rivojlanishiga koʻmaklashuvchi imkoniyatlar yaratishga intiladi. Xususan, Universitet va uning filiallarida, Oqtosh va boshqa xushmanzara dam olish maskanlarida maxsus Team-building[23] tadbirlari doimiy tashkil etiladi. Bu tadbirlar talabalar oʻrtasida jamoaviylik ruhini mustahkamlashga, bir-birini yaxshiroq tushunish va qoʻllab-quvvatlash madaniyatini shakllantirishga yordam berdi. Sayohatlar har xil tarzda tashkil qilinadi. Ushbu tadbirlarga GPA[24] koʻrsatkichlari yuqori boʻlgan talabalardan tashqari universitet hayotida faol, xulq-atvori jihatdan namunali talabalar ham jalb qilinadi. Xorijdan kelib tahsil oluvchi talabalar ham boshqa talabalar bir qatorda ishtirok qilishadi. Team-building tadbirlari doirasida turli xil sport musobaqalari, ochiq muloqot va davra suhbatlari oʻzgacha ruhda oʻzkaziladi.
Open Air Movie Night
Universitetda talabalar tomonidan katta qiziqish va hayajon bilan kutib olinadigan ochiq osmon ostidagi "Open Air Movie Night" tadbiri har yilning deyarli barcha yirik bayramlarida tashkil etilib kelinadi. „Open Air Movie Night“ – bu maxsus musiqiy dasturlar va sevimli filmlar tomoshasi uygʻunlashgan tadbir boʻlib, talabalarning vaqtlarini maroqli oʻtkazish va yangi doʻstlar orttirishlari uchun yaratilgan noyob muhitdir. Tadbir har safar 1000 dan ziyod talaba-yoshlarni oʻz bagʻriga oladi. Tadbirning asosiy maqsadi talabalarga dam olish, ijodiy yondashuv va muloqot muhiti hamda kreativlikni oshirish uchun shart-sharoitlar yaratish hisoblanadi.
TUIT Part
TATU talabalari qalbidan chuqur joy olgan va anʼanaga aylangan „TUIT Party“ – bu Universitet ijtimoiy hayotidagi eng yorqin va qiziqarli tadbirlardan biri boʻlib, har yili turli bayramlar va oʻquv semestri munosabati bilan oʻtkaziladi. Ayniqsa, yangi yil oldidan tashkil etiladigan „TUIT New Year’s Party“ talabalarga haqiqiy bayramona muhitni tuhfa qilib, ularni birdamlik va hamfikrlilikka undaydi.
Universitet talabalar hayotini rang-barang qilish, jismoniy faollikni targʻib etish va doʻstona raqobat muhitini shakllantirish maqsadida har yili anʼanaviy tarzda „Rektor kubogi“ sport musobaqalari tashkil etib kelinmoqda. Ushbu tadbir universitet talabalarining sport va madaniy sohadagi qobiliyatlarini namoyon etish uchun ajoyib imkoniyatdir. Tadbir sportning turli yoʻnalishlarida oʻtkazilib, talabalar oʻz iqtidorlarini namoyish etishlari va sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishlari uchun keng imkoniyat yaratadi. Talabalar quyidagi sport turlarida oʻz jamoalari bilan qatnashishlari mumkin:
Futbol;
Voleybol;
Basketbol;
Yengil atletika;
Stol tennis;
Mini futbol;
Shaxmat va shashka;
Qoʻl toʻpi;
Arm wrestling va boshqalar;
TATU Zakovat klublari
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallarida tahsil olayotgan talaba-yoshlar oʻrtasida doimiy ravishda "TATU Zakovat Klub"lari faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, intellektual oʻyinlar universitetda talabalarning boʻsh vaqtlarida muntazam oʻtkazilmoqda. Oʻyinlar xolis, haqqoniy va shaffof tarzda oʻtishini taʼminlash maqsadida, Zakovat NNT bilan hamkorlik qilgan holda tashkillashtirilishi yoʻlga qoʻyilgan. Fakultet va universitet miqiyosida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar belgilangan tartibda ragʻbatlantirilib kelinmoqda.
Universitetda tahsil olayotgan talabalarning ijtimoiy faolligini oshirish, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida, universitetda "Quvnoqlar va Zukkolar – Rektor kubogi" koʻrik-tanlovini yuqori saviyada oʻtkazib kelinmoqda. Koʻrik-tanlovda jamoalar belgilangan shartlar boʻyicha bellashishadi hamda toʻplangan ballar orqali keying bosqichlarda saralangan holda finalga eng yuqori ball toʻplagan jamoalar yoʻllanmani qoʻlga kiritadi. Finalda gʻolib boʻlgan jamoalar munosib pul mukofotlari va koʻchma kubokni qoʻlga kiritishadi.
"Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!" – dasturi doirasida doimiy ravishda talaba-yoshlar, professor-oʻqituvchilar hamda xodimlar uchun tarixiy shaharlar va ziyoratgohlarga (xususan, Buxoro, Parkent, Zangiota, Samarqand, Jizzax, Urganch –Xiva, Buxoro, Samarqand, Nukus – Moʻynoq, Fargʻona) sayohatlar uyushtirilib kelinmoqda. Qadimiy shaharlaridagi mavjud turizm durdonalari, qadimiy maskanlarga sayohati tashkil qilingan.
Talaba-yoshlar oʻrtasida konkurslar, festivallar, forumlar tashkil etib kelinmoqda va muzeylarga, teatrlarga, xiyoboniga tashriflar, kino zallariga tashriflar tashkil qilingan. Shular qatorida "TUIT FM" radiosi oʻz faoliyatini boshladi va katta tanaffus vaqtlarida talabalarining tabriklari hamda buyurtmalariga muvofiq vatanga muhabbatni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar qoʻyib eshittirilmoqda.
Universitetda muhim sanalar va umumxalq bayramlari oʻzgacha kayfiyatda oʻtkaziladi. Talabalarning eng sevib ishtirok etadigan Navroʻz sayli, Yangi yil oqshomi kabi tadbirlarda turli xil noz-neʼmatlarga toʻla dasturxon yozilib, milliy taomlar tayyorlanib ulashiladi. Ayniqsa, Talabalar turar joylarida "Sumalak sayli" va "Osh chempionatlari"da TTJ da yashovchi barcha talabalar qamrob olinadi va tayyorlangan taomlar hammaga tarqatiladi.
Talabalar turar joylarida talaba-yoshlarga barcha sharoitlar boʻlib, wi-fi lar doimiy ishlashi taʼminlangan. Alohida kompyuter xonalari, kutubxonalar, sartaroshxona, tikuvxonalari, kiryuvish mashinalari oʻnatilgan kir yuvish xonalari va h.k.lar mavjud.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining „TUIT Incubation Center[25]“ inkubatsion markaz tashkil etilgan boʻlib, u oʻz faoliyatini 2022-yilda boshlagan.
Ushbu markaz turli xil soha vakillarini birlashtirgan holda axborot kommunikatsion texnologiyalar sohasida yangi yutuqlarga erishish, ilmiy hamda startap loyihalarni yaratish va innovatsion yechimlarni topishga xizmat qiladi. Bunda Universitet talabalari va boshqa moliya-iqtisod, ishlab chiqarish va boshqa turli sohalar talabalari bilan hamkorlikda startaplar hamda ishlanmalar usti tadqiqotlar oʻtkazishga keng imkoniyatlar yaratilgan. Markazda 28ta startup loyihalar va ishlanmalar tijoratlashtirish uchun tayyorlanmoqda.
Startup loyihalar asosan talabalar tomonida ishlab chiqishga koʻproq urgʻu qaratiladi. Yosh olimlar tomonidan ishlab chiqilgan startup loyihalar koʻproq muvaffaqiyatga erishishini hisobga olgan holda har yili Universitetning ilmiy tadiqiqot va texnologiyalar transferi markazi tomonidan akseleratsiya dasturlari olib boriladi. Ushbu dasturda „gʻoyadan-bozorga“ tamoyili asosida yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, asosan talabalarga moʻljallangan va bunda professor-oqʻituvchilarning ham roʻli katta hisoblanadi. Startuplarning asosiy qismida yaʼni negizida ilmiy yangiliklar va boshqa loyihalardagi gʻoyalar mavjud.
Coworking markazida 35 oʻrinli joy, qulay sharoit, internet va kompyuter jihozlar bilan taʼminlangan. Talabalar va soha vakillar u yerda 24/7 rejimda ishlashi mumkin. Markazning asosiy vazifalaridan biri bu Respublikamizdagi balki butun dunyoga mashhur brendga ega startuplarni shakillantirish, rivojlantirish va qoʻllab quvvatlash hisoblanadi.
Universitetda 32ta ilmiy innovatsion laboratoriyalari mavjud boʻlib, barchasi „TUIT Incubation Center[25]“ inkubatsion markaz bilan uzviy boʻlgangan. Ushbu markaz universitetdagi startap ekotizimini rivojlantirish, erishilgan yutuqlarni ommalashtirish uchun xizmat qiladi.
Markazda tez-tez soha vakillari bilan birgalikda vorkshoplar, treninglar tashkil etiladi. Maqsad talabalardagi mavjud gʻoyalarini sohalarga tadbiq etish va oʻz yechimini kutayotgan muammolarni tahlil qilish.
2025-yilning 30-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida yangi tashkil etilgan „Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
„Maʼnaviyat va maʼrifat“ markazi ochilish marosimi
Marosimda Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov hamda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov ishtirok etib, yangi markazning ahamiyati haqida nutq soʻzladi.
Mazkur majmua talaba-yoshlarni milliy tariximiz, xalqimizning buyuk anʼanalari va ajdodlarimiz merosiga tayangan holda tarbiyalash, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda kreativ tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi. Yaxlit majmua jahon andozalariga mos tarzda jihozlangan boʻlib, quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizni targʻib qiluvchi koʻrgazmali pavilion;
Jadidlar burchagi;
Renessans poydevori namoyondalari burchagi;
„Maʼnaviyat va maʼrifat“ markaziTaniqli yozuvchi va shoir Said Ahmad va Saida Zunnunovalarning hayoti va ijodiga bagʻishlangan muzey;
Yangi Oʻzbekiston – yangicha dunyoqarash burchagi.
TATU va hududiy filiallari 2021-yil davomida 7 nomdagi Davlat va soha stipendiyalariga 60 nafar talaba, hamda 14 turdagi Xalqaro va Respublika miqiyosidagi turli olimpiada va musobaqalarda 23nafar talaba turli sovrinli oʻrinlarga ega boʻldi. Xususan: 2021-yilda TATU va hududiy filiallarning 15nafar talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor stipendiyalar sohibi boʻldi. Xususan, Prezident stipendiyasi sohiblari 3nafar talaba, Islom Karimov nomidagi stipendiya sohiblari 2nafar, Beruniy nomli stipendiya sohiblari 8nafar, Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi sohibi 1nafar hamda Toʻlepbergen Kaipbergenov nomli davlat stipendiyasi sohibi 1nafarni tashkil etadi. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Qarorlari bilan taʼsis etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyasiga 29nafar talaba, Vazirlik stipendiyasiga 15nafar talaba va Oʻzbekiston Respublikasi radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati stipendiyasiga 1nafar talaba sazovor boʻldi[manba kerak].
Respublika fan olimpiadasining Kompyuter grafikasi fanidan qatnashgan 2 nafar talaba 1- va 2- oʻrinni egalladi[manba kerak].
Universitet talaba-yoshlari „Technoways“ doirasida tanlov va xalqaro "StudentHack2021" hakatonida, Xalqaro „RUCODE“ dasturlash musobaqasida, xalqaro ilmiy olimpiadada, „Data-xakaton SNG po resheniyu globalnix sotsialnix zadach“ tanlovida hamda respublikamizda oʻtkazilayotgan turli musobaqa va tanlovlarda faol qatnashib, mukofot va diplomlarga ega boʻlishdi.
Jumladan, 2021-yil 13—16-oktyabr kunlari Jizzax shahrida boʻlib oʻtgan „TECHNOWAYS“ texnologik rivojlanish marafonida „Eng yaxshi dasturiy taʼminot“ nominatsiyasida 1 nafar talaba 2-oʻrinni egalladi[26].
2021-yil 10—14-noyabr kunlari Toshkent shahridagi Amity universitetida xalqaro hakaton „StudentHack2021“ 2 nafar talaba 1-oʻrinni va 2 nafar talaba 2-oʻrinni egalladi.
2021-yil „mGovAward Contest Sahiya team member“ tanlovida TATU ning 5 nafar talabasi gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
RossiyaningQozon shahrida 2021-yil 23—28-oktyabr kunlari oʻtkazilgan Menejment boʻyicha xalqaro ilmiy olimpiadada 1 nafar talaba 1-oʻrin sohibi boʻldi.
2021-yil 12-dekabr kuni oʻtkazilgan Menejment boʻyicha xalqaro ilmiy olimpiadada 1 nafar talaba 1-oʻrinni egalladi.
2021-yil 21—22-avgust kunlari boʻlib oʻtgan „World Al&Data Challenge“ tanlovining „Data-hakaton SNG“ yoʻnalishi boʻyicha 1 nafar talaba 1-oʻrinni egalladi.
2021-yil may oyida oʻtkazilgan „Moliyaviy xavfsizlik“ boʻyicha xalqaro olimpiadaning „Axborot xavfsizligi“ yoʻnalishi boʻyicha 5 nafar talaba gʻoliblikni qoʻlga kiritdi[27].
2021-yil TATU va „Sababa Security“ kompaniyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. TATUning 3 nafar talabasi 2021-yil 1-apreldan 30-iyungacha „Sababa Security“ kompaniyasida amaliyot oʻtash uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[28].
2021-yilda „Kompyuter grafika“ fanidan oʻtkazilgan Respublika fan olimpiadasida universitetning 2 nafar talabasi 1-2-oʻrin sohibi boʻldi.
2021-yilda Xalqaro "RUCODE" dasturlash musobaqasida gʻoliblikni TATU ning 3 nafar talabasi qoʻlga kiritdi[29].
TATU va hududiy filiallari 2022 yil davomida 7 nomdagi Davlat va soha stipendiyalariga 80 nafar talaba, hamda 11turdagi Xalqaro va Respublika miqiyosidagi turli olimpiada va musobaqalarda 24nafar talaba turli sovrinli oʻrinlarga ega boʻldi. Xususan: 2022yildaTATU va hududiy filiallarning 24nafar talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor stipendiyalar sohibi boʻldi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohiblari 8nafar talaba, Islom Karimov nomidagi stipendiya sohiblari 6 nafar, Beruniy nomli stipendiya sohiblari 9nafar, Toʻlepbergen Kaipbergenov nomli davlat stipendiyasi sohibi 1nafar hamda Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi sohibi 1nafarni tashkil etadi. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Qarorlari bilan taʼsis etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyasiga 41nafar talaba va Vazirlik stipendiyasiga 15nafar talaba sazovor boʻldi.
2022 yil may oyida „Informatika va axborot texnologiyalari“ fanidan oʻtkazilgan Respublika fan olimpiadasida universitetning 2 nafar talabasi 2-3-oʻrin sohibi boʻldi.
2022yil oktyabr oyida Rossiya Federatsiyasining Sochi shahri Sirius federal markazida boʻlib oʻtgan Moliyaviy xavfsizlik boʻyicha II Xalqaro olimpiadasining final bosqichida TATUning 1 nafar talabasi gʻolib boʻldi.
2022yil Qozogʻistonning Almati shahrida Xalqaro dasturlash musobaqasida NEERC finalida (ICPC yarim finali) 3 nafar talabadan tashkil topgan, „Algo Experts“ jamoasi 3-darajali diplom bilan taqdirlandi.
2022yil „World Finals ICPC 2022[30]“ Xalqaro dasturlash musobaqasining yarim finalida 9 nafar talaba yuqori natijalarni koʻrsatib gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.
2022yil Toshkent shahrida „Oʻzbekkosmos[31]“ agentligi va NASA [32]tomonidan tashkillashtirilgan NASA SPACE APPS TASHKENT xalqaro tanlovda 2 nafar talaba gʻolib boʻlishdi.
Andijon viloyati „Digital City“ texnoparkida "Agriculture hackathon-2022" loyihasida TATU ning 2 nafar talabadan tashkil topgan „Magic Soft Group“ jamoasi 2-oʻrin sohibi boʻlishdi. Xomiylar tomonidan sertifikat va 100 000 000 (yuz million) soʻm miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlandilar.
Turonbank tomonidan tashkillashtirilgan „Turonbank stipendiyasi-2022“ musobaqasida TATU ning 4 nafar talabasi mazkur stipendiya sohibi boʻlishdi.
Yoshlar ishlari agentligi[33] tomonidan tashkil etilgan „Bilimdon talaba“ onlayn olimpiadada TATU ning 1 nafar talabasi gʻolib boʻldi.
TATU va hududiy filiallari 2023 yil davomida 7 nomdagi Davlat va soha stipendiyalariga 106 nafar talaba, hamda 11turdagi Xalqaro va Respublika miqiyosidagi turli olimpiada va musobaqalarda 24nafar talaba turli sovrinli oʻrinlarga ega boʻldi. Xususan: 2023 yilda TATU va hududiy filiallarning 22nafar talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor stipendiyalar sohibi boʻldi. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohiblari 6nafar talaba, Islom Karimov nomidagi stipendiya sohiblari 5 nafar, Beruniy nomli stipendiya sohiblari 9nafar, Toʻlepbergen Kaipbergenov nomli davlat stipendiyasi sohibi 1nafar hamda Ibroyim Yusupov nomli davlat stipendiyasi sohibi 1nafarni tashkil etadi. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Qarorlari bilan taʼsis etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyasiga 56nafar talaba va Vazirlik stipendiyasiga 28nafar talaba sazovor boʻldi.
2023 yilning23-28-aprel kunlari Turkmaniston Respublikasining Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida oʻtkazilgan Xalqaro Ochiq matematika olimpiadasi (OMOUS −2023)da Ochiq matematika fanining A. (matematika va informatika – taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar) kategoriyasi boʻyicha universitetning 1nafar talabasi 2-oʻrinni va 3nafar talabasi 3-oʻrinniegalashdi.
2023 yil may oyida"Informatika va axborot texnologiyalari" fanidan oʻtkazilgan Respublika fan olimpiadasida universitetning 1 nafar talabasi 1-oʻrinsohibi boʻldi.
2023 yil oktyabr oyida Nukus shahrida boʻlib oʻtgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro olimpiadada universtetning 1nafar talabasi bronza medalisohibi boʻldi.
2023yil oktyabr oyida Rossiya Federatsiyasining Sochi shahri Sirius federal markazida boʻlib oʻtgan Moliyaviy xavfsizlik boʻyicha III Xalqaro olimpiadasining final bosqichida TATUdan 1 nafar talaba gʻolib boʻldi.
2023 yil10-12-noyabr kunlari Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va texnologiyalar transferi milliy ofisi hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining (UNDP[34]) Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan birgalikda xalqaro ekspertlar tomonidan oʻtkazilgan „TechGenius“ hakatonida TATUning 5 nafar talabasigʻolib boʻlishdi.
2023 yil 3-4oktyabr kunlari boʻlib oʻtgan "Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2023" dasturi doirasidagi „Cyberkent[35]“ xalqaro sammiti CTF tanlovining yakka tartibidagi tanlovda barcha yuqori 1-2-3-oʻrinlarni Universitetning 3nafar talabasi qoʻlga kiritdi. "Cyberkent" tanlovida jamoaviy boʻlib ishtirok etganlar orasida TATU talabalari ishtirok etgan „BALMAT13_SKW4D“ nomli jamoasi 1-oʻrin sohibi boʻldi.
2023 yil noyabr oyida TATU talabasi AQShning APPLE kompaniyasi "App Development with Swift " kursni muvaffaqiyatli tugatib, professional trenerlik maxsus sertifikatini qoʻlga kiritdi.
Qozogʻistonning Astana shahrida joriy yilning 12-13-dekabr kunlari boʻlib oʻtgan NEERCxalqaro dasturlash musobaqasining finalida (ICPC[30]yarim finali)TATUning Code Of Duty (3nafar talaba) jamoasi 2-darajali diplom bilan taqdirlandi va Oʻzbekiston chempioni boʻldi. Ushbu musobaqada Algo Experts (3 nafar talaba) jamoasi ham 2-darajalidiplombilan taqdirlandi.
TATUda „Yil talabasi-2023“ tanlovining universitet bosqichida 11nafar talaba gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.
2023 yil21-23-iyun kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oʻtkazilgan „TechnoWays“ texnologik rivojlanish marafonida oʻzining „Walk Assistant“ ilmiy-innovatsion va texnologik loyihasi bilan ishtirok etgan Kompyuter injiniringi fakulteti talabasi Xamidjonov Zuxriddin Xusniddin oʻgʻli 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. Televizion texnologiyalar fakulteti talabasi Vahhobov Sardor Akbar oʻgʻli ham oʻzining „Arduino nano:MTBOT“ ilmiy-innovatsion va texnologik loyihasi bilan faol ishtirok etgani uchun sertifikat va qimmatbaho sovgʻa bilan taqdirlandi.
2023 yilning dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taʼsis etilgan "President Tech Award[36]" tanlovida Universitet va uning hududiy filiallaridan qatnashgan 5 ta jamoa oʻzlarining startap loyihalari bilan qatnashib, umumiy qiymati 380ming AQSh dollari teng sovrinli oʻrinlarga ega boʻldi. Jumladan, 3ta jamoa turli nominatsiyalar boʻyicha 1-oʻrinni egallab, har biri 100ming AQSh dollar bilan, hamda bir jamoa 2-oʻrin uchun 50 ming AQSh dollari va bir jamoa 3-oʻrin uchun 30ming AQSh dollari bilan mukofotlandi.
Shuningdek, 2023 yilning7 dekabrida oʻtkazilgan GPT-Hackathon tanlovida 3nafar universitet talabasining loyihalari "tan olingan ishlar" roʻyxatidan joy olib sertifikatlar bilan taqdirlandi.
TATU va hududiy filiallari 2024 yil davomida 7 nomdagi Davlat va soha stipendiyalariga 116 nafar talaba, hamda 11turdagi Xalqaro va Respublika miqiyosidagi turli olimpiada va musobaqalarda 88nafar talaba turli sovrinli oʻrinlarga ega boʻldi. Xususan:
2024yildaTATU va hududiy filiallarning 25nafar talabalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor stipendiyalar sohibi boʻlishi kutilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sohiblari 6nafar talaba, Islom Karimov nomidagi stipendiya sohiblari 7 nafar, Beruniy nomli stipendiya sohiblari 10nafar hamda Ibroyim Yusupov 1nafar hamda Toʻlepbergen Kaipbergenov nomli davlat stipendiasi 1nafar talabalar hujjatlari topshirilgan. Shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Qarorlari bilan taʼsis etilgan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi stipendiyasiga 60nafar talaba va Vazirlik stipendiyasiga 31nafar talaba sazovor boʻlishi kutilmoqda. (Stipendiyalar sohiblari boʻyicha oxirgi jarayonlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi[37]hamda Raqamli texnologiyalar vazirligida ishchi guruhlar tomonidan koʻrib chiqilmoqda)
2024 yilning3-8-mart kunlari Turkmaniston Respublikasining Xalqaro gumanitar fanlar va taraqqiyot universitetida oʻtkazilgan Xalqaro Ochiq matematika olimpiadasi (OMOUS-2024)da Ochiq matematika fanining A. (matematika va informatika taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan talabalar) kategoriyasi boʻyicha universitetning 2nafar talabasi 3-oʻrin egallab, Bronza medalisohibi boʻldi.
2024yilning 22-26-aprel kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida tashkil etilgan anʼanaviy XIV Yevroosiyo yoshlar iqtisodiy forumi doirasida tashkil etilgan „Innovatsion Yevrosiyo“ Xalqaro ilmiy-amaliy olimpiadasida „Tsifrovie resheniya dlya zdravooxraneniya: ekonomicheskaya effektivnost i dostupnost“ mavzusidagi loyihasi bilan ishtirok etgan TATU talabasi 1-oʻrinsohibi boʻldi.
2024 yil 8 iyunda „Informatika va axborot texnologiyalari“ fanidan oʻtkazilgan Respublika fan olimpiadasida universitetning 2 nafar talabasi 1- va 2-oʻrin sohibi boʻldi. TATU Fargʻona filiali talabasi 3- oʻrinsohibi boʻldi.
2024 yil avgust oyida oʻtkazilgan Huawei Seeds for the Future[38] dasturida universitetning 3 nafar talabasi gʻolib boʻldi.
2024 yil 20 avgustda oʻtkazilgan Xalqaro internet-olimpiadaning Informatika boʻyicha "Kompyuter kak universalnoe ustroystvo" yoʻnalishida 1 nafar TATU talabasi 2-oʻrin sohibi boʻldi.
2024 yil 14 avgustda oʻtkazilgan „Mir-Olimpiad“ xalqaro olimpiadaning Informatika boʻyicha "Yazik grammirovaniya Python" yoʻnalishida 1 nafar TATU talabasi 3-oʻrin sohibi boʻldi.
2024yil oktyabr oyida Rossiya Federatsiyasining Sochi shahri Sirius federal markazida boʻlib oʻtgan Moliyaviy xavfsizlik boʻyicha Xalqaro olimpiadasining final bosqichida TATUning 1 nafar talabasi gʻolib boʻldi.
2024yil oktyabr oyida „Oliy taʼlim muassasalarining iqtidorli talabalariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus stipendiyasini tayinlash toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq oʻtkazilgan tanlovda universitetimizning 5 nafar talabasi Markaziy bank[39]ning maxsus stipendiyasi sohiblari boʻldi.
2024yil „Huawei Tech4Good global“ tanlovida universitet 1 nafar talabasi „Silver Award“ni qoʻlga kiritdi.
2024yil „Mirzo Ulugʻbek vorislari“ Respublika tanlovida 1 nafar talaba gʻolib boʻldi.
2024yil „TUIT Bright Future Week“ xaftaligi doirasida oʻtkazilgan turli xil musobaqa, xakaton va tanlovlarda TATUning 1000 dan ortiq talabasi faol ishtirok etishdi va ularning 38nafari turli xil oʻrin sohiblari boʻlishdi.
2024yil ROAD PATRUL Hackathon VR Sport dasturlash, robototexnika, kelajak robotlari, dron ekspluatatsiya yoʻnalishlarida 6 nafar talaba gʻolib boʻldi.
2024yil „Ustranenie sifrovogo neravenstva“ nomli maʼlumotlarni vizuallashtirish xakatonida universitetimizning 3 nafar talabasi gʻolib boʻldi.
2024yil noyabr oyida oʻtkazilgan ICPC[30]xalqaro dasturlash olimpiadasining chorak finalida TATU talabalari 1- va 4- oʻrinni qoʻlga kiritdi va 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.
TATUda noyabr oyida „Yilning eng faol talabasi“ tanlovining universitet bosqichida 18nafar talaba gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar.
2024yil Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar (MSITF-2024) festivalida „Kelajak transport texnologiyalari robototexniksi“ musobaqasida universitetimiz talabalari 3-oʻrin. Shuningdek, (MSITF-2024) „Eng yaxshi robototexnika ustasi“ nominatsiyasida 1-oʻrinsohiblari boʻlishdi.
2024yil Turkiya davlatining "TEKNOFEST 2024" xalqaro tanlovida „Barrier-Free Living Technologies Competition“ yoʻnalishi „Commercialization Potential Award“ nominatsiyasi boʻyicha 2 nafar talaba gʻoliblikni qoʻlga kiritishdi.
2024yil 29 sentyabr kuni Gresiya davlatida oʻtkazilgan International First Global Challenge[40] musobaqasida Oʻzbekiston jamoasi faxrli 2 oʻrinni egalladi va universitetning mas’ul xodimi va 1 nafar talabasi "kumush" medalsohibi boʻldi.
2024yil 22 oktyabr kuni universitetda oʻtkazilgan Kriptologiya boʻyicha fan olimpiadaning birinchi bosqichida 3 nafar talaba gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
2024yil 17 noyabr kuni Kriptologiya boʻyicha Respublika fan olimpiadasida TATU talabasi 3 oʻrin sohibi boʻldi.
Bu maqolada manbalar<ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va hududiy filiallarni tugallagan bitiruvichilarning ish bilan taʼminlanganlik koʻrsatkichi oʻrtacha 95-96 foizni tashkil etadi[manba kerak].
Shu bilan birga, oxirgi 2 yil mobaynida 500 nafardan ortiq bitiruvchilar oʻz tadbirkorlik faoliyatlarini (oʻz mutaxassisligi va boshqa yoʻnalishlarda) olib borishmoqda. Undan tashqari, TATU va uning hududiy filiallarida tahsil olayotgan 1000 nafarga yaqin talabalar AKT sohasining turli yoʻnalishlarida frilanserlik faoliyatlarini olib borishmoqda[manba kerak].
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2022-yil 2-sentyabrdan „Qabul va talabalar registrator boshqarmasi[41]“ faoliyati yoʻlga qoʻyilib, uning tarkibida talabalarga elektron xizmatlar koʻrsatishga yoʻnaltirilgan Registrator ofisi ishga tushirildi. Boshqarma tarkibida „Qabul boʻlimi“ va „Talabalar registrator boʻlimi“ faoliyat yuritadi.
Boshqarma umumiy maydoni 243 kvadrat metrni tashkil qiladi universitet binosi hududida joylashgan. Shundan 32 kvadrat metr „reception“ uchun hamda 47 kvadrat metr maydon „yagona darcha“ tamoyili asosida talabalarga xizmat koʻrsatish uchun operatorlarga ajratilgan.
Ish samaradorligini oshirish, abituriyentlar, talabalar va ularning ota-onalari, universitetni bitirgan bitiruvchilar va turli maqsadlarda murojaat qilayotganlarga samarali va sifatli xizmat koʻrsatish maqsadida boshqarma texnik jihatdan barcha talablarga javob beradigan texnika vositalari bilan jihozlangan hamda barcha qulayliklarga ega[manba kerak].
Bugungi kunda boshqarmada 43 ta xizmat turlari mavjud boʻlib, abituriyentlar, talabalar, bitiruvchilar va boshqalarga ogʻzaki yoki yozma tarzda koʻrsatilib kelinmoqda. Ushbu xizmatlar „Qabul va talabalar registrator boshqarmasi“ Nizomida keltirilgan va universitetning 2023-yil 28-fevraldagi 174-01-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan[manba kerak].
Talabalarning shaxsiy maʼlumotlarini oʻzgartirish;
Talabalik guvohnomalarini olish;
Yillik akademik kalendar (oʻquv grafigi) haqida maʼlumot olish;
Diplomlarini tasdiqlatish (diplom.edu.uz);
„Credit recognition“ olish;
Toʻlov-kontrakt miqdorlari haqida maʼlumot olish;
Fakultetlar haqida maʼlumot olish;
Akademik mobillik shartlari haqida maʼlumot olish;
Talabalar safidan chetlashtirish haqida maʼlumot olish;
Akademik taʼtil haqida maʼlumot olish;
Oʻqishni koʻchirish shartlari haqida maʼlumot olish;
Oʻqishni tiklash va u haqida maʼlumot olish;
Xorijdan oʻqishni koʻchirish va turdosh yoʻnalishlari haqida maʼlumot olish;
Xorijiy fuqarolarni oʻqishga qabul qilish va uning shartlari haqida maʼlumot olish;
Magistraturaga qabul va turdosh yoʻnalishlar haqida maʼlumot olish;
Taʼlim shaklini oʻzgartirish haqida maʼlumot olish;
Guruhdan-guruhga oʻtkazish va u haqida maʼlumot olish;
Talabalarning yigʻma jildlarini qabul qilish;
Talabalarning hujjatlaridan nusxalar olish;
Talabalarning yigʻma jildlarini qaytarish;
Arxiv maʼlumotnoma olish (bitiruvchilar uchun);
Diplom va ilovasini olish (bitiruvchilar uchun).
kabi xizmatlar shular jumasidandir.
Registrator ofisiga turli xil xizmat turlari boʻyicha kuniga oʻrtacha 90-100 dan ortiq murojaatlar kelib tushmoqda. 2023—2024-yillardagi faoliyat davomida ofis tomonidan kunlik maksimal xizmat koʻrsatish soni 500 dan oshgan. Ushbu xizmatlar asosan talaba kartalarini rasmiylashtirish, transcript va buyruqlardan koʻchirmalar olish, qabul va oʻqishni koʻchirish boʻyicha maslahatlar berish, talabalarni elektron taʼlim tizimlariga roʻyxatdan oʻtkazish xizmatlari hisobiga toʻgri keladi[manba kerak].
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori 2018-yil 24-iyuldagi „Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi 569-son qaroriga muvofiq Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida 2018/2019 oʻquv yilidan boshlab axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻqitishning kredit tizimi respublika oliy taʼlim muassasalari qatorida birinchilardan boʻlib joriy etildi.
Universitetda 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab bakalavriatning masofaviy taʼlim shaklida talabalar qabul qilindi. Shu yildan yilidan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi „Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida“gi PQ-60-son qaroriga[42] muvofiq universitet grifi asosida darsliklar hamda boshqa oʻquv va ilmiy adabiyotlarni yaratish va nashr etish yoʻlga qoʻyildi.
Universitetda taʼlim dasturlarini 2023/2024 oʻquv yilida xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 500 talik va 2024/2025 oʻquv yilida xalqaro reyting tashkilotlarining birinchi 300 talik roʻyxatiga kirgan oliy taʼlim tashkilotlarining taʼlim dasturlari asosida takomillashtirildi. 2023-2024 oʻquv yilidan boshlab 610 000 – Axborot kommunikatsiya texnologiyalari taʼlim sohasi boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi soha kengashi faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Fanlarning mustaqil taʼlim shakliga ajratilgan soatlar hajmi bosqichma-bosqich oshirilib, bugungi kunda fanlarning 60%i mustaqil taʼlimga qaratildi.
Universitetda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash jarayonida oʻquv rejalariga zamonaviy fanlarni kiritib borish, innovatsion hamda ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tatbiq qilish hamda ilgʻor xorijiy tajribani qoʻllagan holda oʻquv jarayonlarini yoʻlga qoʻyish maqsadida yangi, zamonaviy kafedralar, jumlasadan, Sunʼiy intellekt[43], Kiberxavfsizlik va kriminalistika[44], Kriptologiya[45], Infokommunikatsiya injiniringi[46], Raqamli texnologiyalar konvergensiyasi[47] kabi kafedralar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Universitetda keying yillarda ishlab chiqarish bilan integratsiyani taʼminlash, nazariy berilgan bilimlarni amaliyotlarda sinovdan oʻtkazish maqsadida zamonaviy asbob – uskunalar bilan jihozlangan oʻquv va ilmiy laboratoriyalar tashkil etildi
Universitetda „Oʻzbektelekom“ AK[2], Radioaloqa, radioeshittirishlar va televideniye markazi[3] – „RRTM“DUK, „UNICON.UZ“[4] – fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi" MCHJ, Elektromagnit moslashuv markazi [5]- „EMMM“ DUK, MobiUz[6] mobil aloqa operatori („UMS“ MCHJ), ZTE kompaniyasi[48] va boshqa hamkorlar bilan „Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sunʼiy intellekt“ oliy muhandislik maktabi tashkil etildi. Oliy muhandislik tarkibida 14 ta yangi laboratoriyalar kompleksi ochilib, 2024-2025 oʻquv yilidan toʻliq faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2024 yil 5 fevral kuni kengaytirilgan tarzda oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishining 9-son bayonida hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida 2024 yil 6 may kuni oliy taʼlimning ustuvor masalalariga bagʻishlab oʻtkazilgan taqdimotda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024 yil 20 maydagi „Oliy taʼlimning davlat taʼlim standard. Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori“ Oʻzbekiston Respublikasining Davlat standartiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida"gi 168-son buyrugʻiga muvofiq „Axborot – kommunikatsiya texnologiyalari“ taʼlim sohasiga tegishli amaladagi 24 ta taʼlim yoʻnalishidan 12 ta taʼlim yoʻnalishiga hamda 35 ta mutaxassislikdan 34 ta mutaxassislikka tushirildi.
2024/2025 oʻquv yilidan TATUda 5 ta, jumladan, Iqtisodiyot, Menejment, Amaliy matematika, Axborot tizimlari va texnologiyalari, Simsiz aloqa va teleradioeshittirish injiniringi bakalavriat taʼlim yoʻnalishi hamda magistraturaning 4 ta Taʼlimda axborot texnologiyalari, Axborot uzatish qurilmalari va tizimlari, Televizion texnologiyalar, Audio-videotexnologiyalar mutaxassisliklari yangi tashkil etildi.
Shuningdek, 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab Iqtisodiyot, Menejment, Axborot tizimlari va texnologiyalari, Sunʼiy intellekt bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining masofaviy taʼlim shakli, Iqtisodiyot, Simsiz aloqa va teleradioeshittirish injiniringi, Pochta aloqasi texnologiyasi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlarining sirtqi taʼlim shakli tashkil etildi.
Mavjud taʼlim yoʻnalishlarida jami 311 ta fanlar oʻqitilmoqda, ulardan 5 ta fundamental fanlar (Tarix, Falsafa, Dinshunoslik, Xorijiy til, Akademik yozuv), 148 ta mutaxassislik uchun majburiy fanlar hamda 163 ta ochiq va mutaxassislik tanlov fanlari hisoblanadi.
Universitetning 12 ta taʼlim yoʻnalishlarining oʻquv rejalari, fan dasturilarini ishlab chiqishda KAIST[49], KyungHee universiteti (J.Koreya)[50], Nanyang Texnologiya Universiteti (Singapur)[51], Florida[52] va Karnegie Mellon[53] Universitetlari (AQSh), Turin Politexnika universiteti (Italiya)[54], Singxua Universiteti (Xitoy), Lund Universiteti (Belgiya)[55], Karlos III Madrid universiteti[56] (Ispaniya) kabi oliygohlarning taʼlim dasturlari asos qilib olingan.
Fundamental, ochiq tanlov va qisman tanlov fanlardagi farqlar hisobiga oʻquv rejalarni xorijiy TOP-300 talik oliygohlarning taʼlim dasturlari bilan oʻrtacha 80 foiz mutanosibligiga erishildi.
Xorijiy hamkor OTMlar bilan 5 ta qoʻshma taʼlim dasturlari tashkil qilingan. Xususan, Klagentfurt (Avstriya) universiteti[57] va Sejong universiteti (J.Koreya)[58] bilan 1+1 formatda magistratura, BGUIR (Belarus)[59] va Yongnam (J.Koreya) bilan 2+2 formatda bakalavr, shuningdek, Kukmin (J.Koreya) universiteti[60] bilan 3+1 formatda bakalavr qoʻshma taʼlim dasturlari tashkil etildi.
Shuningdek, Universitetda keyingi yillarda mehnat bozori talablari asosida zamonaviy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar ochildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona, Urganch, Samarqand, Nukus, Qarshi va Nurafshon filiallari mavjud.
TATU hududiy filiallarida jami 12 ta fakultet va 41 ta kafedra mavjud.
Filiallarida 18000 ming nafardan ziyod talabalar tahsil oladi. Filiallarda 12 ta bakalavriatura taʼlim yoʻnalishlari va 9 ta magistratura mutaxassisliklar boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.
Filiallarida 510 nafardan ortiq professor-oʻqituvchilar faoliyat yuritadi. Ulardan 20 nafardan ortiq fan doktori hamda 175 nafardan ortiq fan nomzodlari hisoblanadi.
Respublika oliy taʼlim muassasalari filiallari milliy reytingining 2023 yilda eʼlon qilingan maʼlumotlariga asosan TATU Samarqand filiali 1-oʻrin, Urganch filiali 4-oʻrin, Fargʻona filiali 5-oʻrin, Nukus filiali 9-oʻrin egallagan, Qarshi filiali 11-oʻrinni egallagan.
TATU hududiy filiallarida „Kompyuter injiniringi“, „Dasturiy injiniring“, „Sunʼiy intellekt“, „Telekommunikatsiya texnologiyalari“, „Kiberxavfsizlik injiniringi“, „Axborot tizimlari va texnologiyalari“, „Mexatronika va robototexnika“, „Televizion texnologiyalar“, „Simsiz aloqa va teleradioeshittirish injiniringi“, „Raqamli iqtisodiyot“, „Iqtsodiyot“ va kabi bakalavriatura va „Kompyuter injiniringi“, „Dasturiy injiniring“, „Telekommunikatsiya injiniringi“, „Sunʼiy yoʻldoshli aloqa tizimlari“, „Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy taʼminoti“, „Maʼlumotlar ilmi (Data science)“, „Sunʼiy intellekt“, „Raqamli iqtisodiyot“ mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.
TATU filiallarida „Kompyuter tarmoqlari va tarmoq xavfsizligi“, „Robototexnika va Mexatronika“, „Robototexnika va avtomatlashtirish“, „Zamonaviy GPON texnologiyasi asosida qurilgan optik abonent tarmoqlarini oʻrganish va tadqiq qilish“, „Oʻrnatilgan tizimlar“, „Tibbiyotda axborot tizimlari“, „Internet of things“, „Raqamli iqtisodiyot“, „Virtual reallik“ hamda „Keyingi avlod konvergent tarmoqlari“ kabi 45 ta oʻquv va oʻquv-ilmiy laboratoriyalar mavjud boʻlib, 2023-2024-yillarda „Oʻrnatilgan tizimlar“, „Kompyuter tashkil etish“, „CITRON R&D“ „Robototexnika va avtomatlashtirish“, „Zamonaviy GPON texnologiyasi asosida qurilgan optik abonent tarmoqlarini oʻrganish va tadqiq qilish“, „Internet of things“, „Keyingi avlod konvergent tarmoqlari“ „Kompyuterli va matematik modellashtirish“ „Elektronika va sxemalar“, „Simsiz aloqa tarmoqlari“, „Tizimlar va signallarni qayta ishlash“, „SpaceCom“, „Tibbiyotda texnik reabilitatsiya TechReh“, „Yashil iqtisodiyot“, „Sunʼiy intellekt va kiberxavfsizlik“, „Murakkab jarayonlarni modellashtirish“ va „Multi Technology“ kabi yangi oʻquv laboratoriya tashkil etilgan.
Hududiy filiallarida 10 dan ortiq ilmiy maktablar tashkil etilgan. Bu ilmiy maktablarda raqamli iqtisodiyot, intellektual tizimlarni loyihalash, signallar va tasvirlarga raqamli ishlov berish, elektron resurslar xavfsizligini taʼminlash, tarmoq xavsizligini taʼminlash kabi bir qator yoʻnalishlarda tadqiqot ishlari amalga oshiriladi.
Universitet filiallarini har yili oʻrtacha 2500 nafardan ortiq talabalar bitiradi, ularning qariyib 90 foizi ish bilan taʼminlangan. Ular aksariyati IT sohasida faoliyat yuritib kelmoqda.
Hududiy filiallarni tamomlab, hozirda xorijiy davlatlarning mashhur brendga ega kompaniyalarida ham faoliyat yuritayotgan bitiruvchilar ham mavjud boʻlib, xususan Rossiya federatsiyasining Mail.ru group, Yandex, Factor group, ProfitM, VTB Bank, Bastyon.com, MP LAB, „ADV-servis“ Elama.ru, Full Stack PHP Developer kompaniyalari, Belarusning EPAM kompaniyasi, AQShning Frost Pixel Studio, Google, Express Scripts, EXADEL, EPAM Systems, FreightPOP kompaniyalari, Yaponiyaning RIKEI CORPORATION kompaniyasi, Koreya Respublikasining Samsung kompaniyasi, Xitoyning HUAWEI kompaniyasi, Malta Respublikasidagi „Topcontent“ va „Tune Consulting“ kompaniyalari, Estoniyaning Bekkend va Team Lead, Software engineer kompaniyasi, Vengriyaning „Smart IT Solutions Team“ MCHJ hamda boshqa kompaniyalarda 50 dan ortiq bitiruvchilar ishlab kelmoqda.
TATU va uning hududiy filiallari huzuridagi 13 ta texnikumlar mavjud boʻlib bugungi kunda 4 ta taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha oʻquvchilar tahsil olmoqda. Shuningdek, 2025 yilning 1-yanvaridan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 16-oktyabrdagi „Kasbiy taʼlimda malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish va xalqaro taʼlim dasturlarini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi farmoniasosida qududiy filiallar huzurida yangi 19 ta texnikumlar tashkil etishi belgildi.
TATU va uning hududiy filiallari huzuridagi mavjud texnikumlarda bugungi kunda 20 ta kafedra mavjud boʻlib, ularda 100 ga yaqin oʻqituvchilar faoliyat yuritadi. Texnikumlarda 19 ta oʻquv laboratoriyalar mavjud.
Texnikumlar 13 ta universitet, 3 ta institut, 67 ta tashkilot va kompaniyalari bilan jami 81 ta oʻzaro hamkorlik shartnomasi, kelishuv va memorandumlariga ega.
Texnikumlarda oxirgi 2023-2024-yillar 2000 nafardan ortiq bitiruvchi tugallagan boʻlsa, ularning 22.5% ijtimoiy sohada (Oliy taʼlim, xalq taʼlimi, oʻrta maxsus taʼlim tizimi va boshqalar), 11.2% sanoat va ishlab chiqarish, 6.1%, bank-moliya sohadagi, 17.5% transport-aloqa, 42.7% boshqa sohalardagi tashkilot va korxonalarda faoliyat yuritmoqda.
TATU va xududiy filiallari huzurida 4 ta akademik litsey faoliyat yuritadi. Litseylarida umumiy 7 ta oʻquv binolar va 4 ta sport inshoatlari hamda 2 ta talabalar turar joylari mavjud. Ushbu litseylarda 1500 nafardan ziyod oʻquvchilar 4 ta taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tahsil olishmoqda.
TATU va xududiy filiallari huzuridagi litseylar bitiruvchilarining oxirgi 2022-2024-yillarda oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichi oʻrtacha 94 foizni tashkil qilmoqda. Bitiruvchi oʻquvchilarning 28% axborot texnologiyalari, 29% pedagogika, 11% bank-moliya, 27% texnika, 5% tibbiyot va boshqa sohalar boʻyicha oliy taʼlim muassasalarda oʻqishlarini davom ettirishmoqda.