Kontent qismiga oʻtish

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali
Toshkent axborot texnologiyalar universiteti Qarshi filiali

Universitet asosiy binosi
Xalqaro nomi
Karshi branch of the Tashkent University of Information Technologies
Turi Universitet
Asos solingan sanasi 2005-yil
Yopilgan sanasi 2024-yil 10-dekabr(2024-12-10)
Direktori Turg’unov Adilbek Muxtorovich [1]
Fakultetlar 2 ta
Talabalari 1326+
Bakalavriat 6 ta yoʻnalish
Magistratura 2 ta mutaxassislik
Fan doktorlari 16
Professorlari 16
Oʻqituvchilari 400
Manzili
Oʻzbekiston bayrogʻi Qarshi shahri, Beshkent yoʻli 3-km
Veb-sayti www.tuitkf.uz

Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali — 2005—2024-yillarda Qarshi shahrida axborot texnologiyalari sohasida mutaxassislar tayyorlagan oliy taʼlim muassasasi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-iyundagi „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida“gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan[2].

2024-yil 10-dekabrdagi PQ-428-sonli prezident qarori bilan Qarshi davlat texnika universiteti tashkil etish uchun Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti hamda Toshkent kimyo-texnologiya institutining Shahrisabz filiali bilan birlashtirilgan[3].

Bugungi kunda mazkur oliy oʻquv muassasasida „Axborot xavfsizligi“, „Komputer injiniringi“, „Dasturiy injiniring“, „Telekommunikatsiya texnologiyalari“ hamda „Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb taʼlimi“ yoʻnalishlari boʻyicha mutaxassislar tayyorlanmoqda. Mazkur taʼlim yoʻnalishlarida 1300 ga yaqin talaba-yoshlar tahsil olib, ularga 78 nafar, shu jumladan, 18 nafar ilmiy darajaga ega malakali professor-oʻqituvchilar saboq berib kelmoqda[manba kerak].

Oʻquv jarayoniga ilgʻor xalqaro tajribani keng joriy etish hamda universitetni jahonning nufuzli universitetlari qatoriga kirishini taʼminlash maqsadida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadrlar tayyorlash boʻyicha oʻqitishning kredit tizimi joriy etilgan boʻlib, professor-oʻqituvchilarni yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalarida qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, yuqori malakali xorijiy mutaxassislar va olimlarni jalb etish ishlari keng yoʻlga qoʻyilgan.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari uchun xalqaro standartlarga mos dasturiy taʼminot vositalarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tibbiyot sohasida keng qoʻllash boʻyicha xalqaro ish tajribalarni oʻrganish maqsadida, „Dasturchilarni tayyorlash“, „Elektron hukumat“ markazlari hamda Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida „Tibbiyotda texnik reabilitatsiya“ ilmiy laboratoriyasi faoliyat yuritmoqda.

Mazkur oliy oʻquv yurtining Novosibirsk davlat texnika universiteti, Moskva texnika aloqa va informatika universiteti, Rossiya fanlar akademiyasi Sibir boʻlimi hisoblash texnologiyasi instituti, Belarus davlat informatika va radio elektronika universiteti hamda Tojikiston milliy universiteti bilan ikki tomonlama hamkorlik aloqalari keng yoʻlga qoʻyilgan.