Faradey Abutaliyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Faradey Basirovich Abutaliyev (1932.25.3, Toshkent) — matematik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), fizika-mat, fanlari doktori (1964), professor (1972). Oʻrta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1952). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Hisoblash markazli kibernetika institutida ilmiy xodim (1957—62), 1962-yildan laboratoriya mudiri. Faradey Abutaliyev ishlari differensial tenglamalar, hisoblash mat. si, dasturlash, axborotlar nazariyasi, elastiklik nazariyasi, gidrodinamika muammolariga bagʻishlangan. Abutaliyev parabolik tipdagi nochiziqli tenglamalarning ixtiyoriy shaklli sohalaridagi yechimla-rini topish uchun tejamli hisoblash sxe-malarini ishlab chiqdi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil