Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali
(TATU Nukus filiali)

Universitet asosiy binosi
Xalqaro nomi Nukus branch of Tashkent University of Information Technologies
Asos solingan 2005-yil
Oʻquv yurti turi Universitet
Rektori Kaipbergenov Batirbek Tulepbergenovich
Talabalari 1727+
Fakultetlar 2 ta
Bakalavriat 6 ta yoʻnalish
Magistratura 2 ta mutaxassislik
Aspirantura 1
Akademiklar 14 ta
Fan doktorlari 4 ta
Professorlar 4 ta
Manzili Nukus shahri, A. Dosnazarov koʻchasi. 74-uy
Vebsayti www.tatunf.uz


Toshkent axborot texnologiyalari universititetining Nukus filiali(qisqartmasi — TATU Nukus filiali) — Nukus shahridagi oliy oʻquv yurti boʻlib, informatika va axborot texnologiyasia, televideniye, telekommunikatsiyalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi „Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologilarini joriy etish to‘g‘risida“ gi Farmoni va 2005 yil 2-iyuldagi „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida“ O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligigi Qaroriga muvofiq ning[1] 2005 yil 17-iyundagi 130-sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan.

Filialda hozirgi kunda 2 ta oʻquv binosi mavjud, eski oʻquv binosida 2005 yildan va yangi oʻquv binosida 2009 yil sentyabr oyidan dars mashgʻulotlari olib borilmoqda. Filialda 2 ta fakultet, 8 ta kafedra mavjud bo‘lib, ularda 69 nafar professor-o‘qituvchilar, shulardan 4 ta fan doktori va professor, 14 nafar dotsent va fan nomzodlari faoliyat olib bormoqdalar. Filialning 2 ta magistr hamda 6 ta bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari bo‘yicha jami 1727 nafar talaba tahsil olmoqda. Shuningdek, O‘zbek-Belorus qo‘shma axborot texnologiyalari fakultetida 2 ta taʼlim yo‘nalishida 66 nafar talaba tahsil oladi.

Filialda 256 ta xozirgi zamonaviy kompyuterlar mavjud bo‘lib, ulardan o‘quv jarayonida bevosita 213 tasi foydalaniladi va 5 talabaga 1 ta kompyuterdan to‘g‘ri keladi. Filialda barcha kompyuterlar bir-biri bilan lokal tarmoqqa 2 ta server kompyuteri orqali ulangan. Filialda 2 ta EPSON EB-595Wi interaktiv videoproektor[2], 18 ta proyektor va 5 ta elektron, 2 ta keng formatli avtomatik boshqariladigan doskalar mavjud bo‘lib, professor o‘qituvchilar maruza va laboratoriya ishlarini ushbu texnik vositalari orqali amalga oshirish imkoniga ega.

Fakultetlar[3][tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Kompyuter injiniringi fakulteti
  • Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb taʼlim fakulteti

Kafedralar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Dasturiy injiniring
  2. Axborot texnologiyalari
  3. Axborot xavfsizligi
  4. Kompyuter tizimlari
  5. Axborot taʼlim texnologiyalari
  6. Tabiiy va aniq fanlar
  7. Telekommunikatsiya injiniringi
  8. Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot
  9. Oʻzbek va chet tillari

Bakalavr yoʻnalishlari[4][tahrir | manbasini tahrirlash]

Kunduzgi[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 60610300 Axborot xavfsizligi (sohalar boʻyicha)
2 60610501 Kompyuter injiniringi: „Kompyuter injiniringi“
3 60610504 Kompyuter injiniringi: AT-Servis
4 60610502 Kompyuter injiniringi: multimedia texnologiyalari
5 60610600 Dasturiy injiniring
6 60611001 Telekommunikatsiya texnologiyalari („Telekommunikatsiyalar“)
11 60611300 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb taʼlimi
13 60310502 Raqamli iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha)

Sirtqi[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Shifri Nomi
1 60610503 Kompyuter injiniringi („Kompyuter injiniringi“, „AT-servis“, „Axborot xavfsizligi“, „Multimedia texnologiyalari“)
3 60611002 Telekommunikatsiya texnologiyalari („Telekommunikatsiyalar“, „Teleradioeshittirish“, „Mobil tizimlar“)

Magistratura yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

# Taʼlim yoʻnalishi nomi Shifr
1 Kompyuter injiniringi (Kompyuter tizimlarini loyixalash) 5A330501
2 Telekommunikatsiya injiniringi (Telekommunikatsiya tarmoqlari) 5A350101

Boshqa Filiallar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
  2. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali
  3. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali
  4. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali
  5. Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali

Rektorlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Qurishbaev Qazbek Oqigʻiuli (2005-2007)
  2. Turusbekov Rafael Muxamedovich (2007-2009)
  3. Mendibaev Aydos Satibaldi (2009-2012)
  4. Abdikadirov Taufik Nurliuli (2012-2014)
  5. Gʻaniev Ravshan Sabirovich (2014-2017)
  6. Kasimov Nuriddin Abduaziz oʻgʻli (2017-2018)
  7. Abduraxmanov Shapratbek Kadirovich (2018-2019)
  8. Asuyev Anvarjon Qudratovich (2019-2020)
  9. Ziyaullayeva Zuxra Mahmud qizi (2020-2023)
  10. Kaipbergenov Batirbek Tulepbergenovich (2023—yildan)

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida“ gi Qarori“ (o'zbek) (2005-yil 2-iyul). 2023-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  2. „EPSON EB-595Wi interaktiv videoproektor“ (2006-yil). 2023-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.
  3. „Fakultetlar“ (2023-yil). 2023-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil.
  4. „Bakalavr yoʻnalishlari“ (2022-yil). 2023-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 8-aprel.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]