Taxmasp I

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Taxmasp I (1513.3.3, Isfahon sh. yaqinidagi Shohobod qishlogʻi1576.14.5, Qazvin) — safaviylar sulolasidan boʻlgan Eron shohi (1524— 76). Ismoil I Safaviyning oʻgʻli. 10 yoshligida taxtga chiqqan, hokimiyat amalda qizilboshlilar qabila sardorlari qoʻlida boʻlgan. Keyinchalik ulgʻaygach, ular bilan kurashib markaziy hokimiyatni mustahkamlagan. Safaviylar davlatiga Shirvon (1538), Sheki (1551)ni qoʻshib olgan. 1544-yil Humoyunga Hindiston taxtini qaytib olishida yordam bergan, buning evaziga Qandahorni olgan. Turkiya bilan uzoq muddaturush olib borgan (153455). Ayni vaqtda T. Xurosonda oʻzbek xonlari bilan deyarli tinimsiz urush qilgan. 1565-yil tam/a soligʻini bekor qilgan.