Kontent qismiga oʻtish

Esvatini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Svazilenddan yoʻnaltirildi)
Esvatini Qirolligi
Umbuso weSwatini (siSwati)
Kingdom of Eswatini (Inglizcha)
ShiorSiyinquaba
(Svaticha: Biz qalʼalarmiz)
Madhiya: Nkulunkulu Mnikati wetibusiso temaSwati
Location of Esvatini
Poytaxt Mbabane
Rasmiy til(lar) Inglizcha, Svaticha
Hukumat Absolyut Rohiblik
• Rohib
Qirol Mswati III
Themba N. Masuku (aktyor)
Mustaqillik (Birlashgan Qirolligidan)
• Sana
6-sentabr, 1968
Maydon
• Butun
17,363 km2 (158-oʻrin)
• Suv (%)
0.9
Aholi
• 2020-yilgi roʻyxat
1,160,164[1] (155-oʻrin)
• Zichlik 66/km2
YIM (XQT) 2019-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$10,000 mil. (159-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$9,245
Pul birligi Lilangeni (SZL)
Vaqt mintaqasi UTC+2
• Yoz (DST)
UTC+2
Qisqartma SZ, SWZ; 748
Telefon prefiksi 268
Internet domeni .sz

Esvatini (svaticha: eSwatini) yoki Esvatini Qirolligi (svaticha: Umbuso weSwatini; 2018-yilgacha Svazilend deb atalgan) — Janubiy Afrikada joylashgan davlat. Maydoni 17,4 ming km². Aholisi 1.16 million kishi (2020). Poytaxti — Mbabane shahri. Hukumat Mbabane shahrida, Qirol qarorgohi va qonun chiqaruvchi organlar Lobamba shahrida joylashgan.

Davlat tuzumi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Esvatini — konstututsiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. Mamlakatda qirol tomonidan inʼom qilingan va davlat tuzumi asoslarini mustahkamlaydigan bir qancha konstitutsiyaviy hujjatlar amal qiladi. Davlat boshligʻi — qirol (1986-yildan Msvati III). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament (Majlis palatasi va Senat), ijrochi hokimiyatni qirol tomonidan tayinlanadigan bosh vazir boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.

Yer yuzasini gʻarbdan sharqqa tomon pasayib boruvchi Veld platosi (bal. 1445 m gacha) egallagan. Asbest, toshkoʻmir, temir va polimetall rudalari, barit, olmos konlari bor. Ikdimi qurgʻoqchil. Subtropikdan tropikka oʻtib turuvchi iqlim hukmron. Oʻrtacha oylik temperatura qishda 12—15°, yozda 20—24° gacha. Yillik yogʻin sharqda 500-700 mm, gʻarbda 1200-1400 mm. Serostona daryo koʻp, ular katta gidroenergiya zaxiralariga ega. Kizil va sariq tuproqlarda savanna va kserofit butalar usadi. Hayvonot dunyosi Sharqiy Afrika savannalariga xos. Sut emizuvchilardan „koʻk“ buyvol, burama shoxli kiyik, zebra, begemotlar, Quyi Veld daryosida timsohlar bor. Milliy bogʻi va Malotoj sharsharasi mashhur.

Aholisining asosiy qismini bantu tillarida soʻzlashuvchi xalqlar — svazi va zulular, shuningdek, tsongalar tashkil etadi. Qolganlari— yevropalik va afrikaner (bur)lar. Rasmiy til — ingliz va svazi tillari. Dindorlarining aksariyati xristian, salkam 3 qismi mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Shahar aholisi 34 %. Muhim shaharlari: Mbabane, Manzini.

1830-yillar oxirida Esvatini xududida yirik svazi qabilalari shakllandi. Keyinchalik ular bilan zulu va boshqa qoʻshni qabilalar oʻrtasida toʻqnashuvlar boʻlib turdi. 1836-yilgi gʻalaba natijasida svazilar mustaqilligi saqlanib qolsi. 30-yillar oxirida mamlakat shimolda yangi yerlar qoʻshib olindi va svazi urugʻlari birlashtirildi. 1840-yillar boshida yevropalik mustamlakachilar — inglizlar, burlar, portugallar Esvatiniga koʻz olaytira boshladilar. Burlar, ayniqsa, faol harakat qilib, qirol Msvatidan kattagina yerlarni arzon narxda sotib oddilar. 1894-yil mamlakat hududi burlarning Transvaal respublikasi tarkibiga kiritildi. 1899—1902-yillardagi inglizburlar urushidan soʻng Buyuk Britaniya mulki, 1903-yildan esa uning protektorati deb eʼlon qilindi. Esvatini aholisi milliy ozodlik uchun toʻxtovsiz kurashdi. 1920-yillar oxiri — 1930-yillar boshida mahalliy ziyolilarning dastlabki tashkilotlari paydo boʻldi. 50-yillar oxiri — 60-yillarda mustamlakachilarga qarshi kurash yanadi kuchaydi. 1963-yil Buyuk Britaniya Esvatiniga cheklangan oʻzini oʻzi boshqarish huquqini berdi. 1968-yil 6-sentyabr kuni Esvatini Hamdoʻstlik tarkibidagi mustaqil konstitutsiyali monarxiya deb eʼlon qilindi. Esvatini — 1968-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 6-sentyabr — Mustaqillik kuni (1968).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ngvane milliy ozodlik kongressi, 1962-yilda tuzilgan; Imbokodvo milliy harakati, 1964-yil asos solingan; Esvatini birlashgan fronti, 1962-yil tashkil etilgan; Esvatini taraqqiyparvar partiyasi, 1960-yil tuzilgan. Esvatini kasaba uyushmalari federatsiyasi 1980-yil tuzilgan.

Esvatini — iqtisodiy jihatdan zaif rivojlangan agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi ulushi 10 %, sanoat ulushi 42 %, xizmat koʻrsatish sohasi ulushi 48 %. Qishloq xoʻjaligida dehqonchilik ustun. Makkajoʻxori, shakarqamish, sitrus mevalar, sholi, oq joʻxori, dukkaklilar, yer yongʻoq, ananas, paxta, tamaki yetishtiriladi. Chorvachiligida qoramol, echki, qoʻy, choʻchqa boqiladi. Oʻrmon xoʻjaligi rivojlangan, yogʻoch tayyorlanadi. Asbest, toshkoʻmir va barit qazib olinadi. Esvatini sanoati qishloq va oʻrmon xoʻjaligi xom ashyosini qayta ishlaydi. Qandshakar, toʻqimachilik, yogʻochsozlik, sellyuloza, meva konservalash, unyorma korxonalari bor. Suyak uni ishlab chiqarish fabrikasi, elektr asboblari, mineral oʻgʻit ishlab chiqarish, televizor yigʻuv zavodlari, bosmaxona barpo etilgan. Hunarmandchilikda sayyohlar uchun esdalik sovgʻalar tayyorlash rivojlangan. Yiliga oʻrtacha 415 mln. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi. Transport yoʻli uzunligi 301 km, avtomobil yoʻllari uzunligi 3,8 ming km. Chetga qandshakar, mineral oʻgʻit, yogʻochtaxta, paxta, sitrus mevalar, ananas, sholi, asbest chiqaradi. Chetdan mashina, uskuna va transport vositalari, neft mahsulotlari oladi. AQSH, Buyuk Britaniya, JAR bilan savdo qiladi. Pul birligi — lilangeni.

Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 7-yil (6 yoshdan), oʻrta maktabda 5-yil (3-yil quyi oʻrta va 2-yil yuqori oʻrta maktabda oʻqitiladi). Boshlangʻich maktabning kichik sinflarida darslar svazi tilida, yuqori sinflari va oʻrta maktabda ingliz tilida olib boriladi. Oʻrta maktabni bitirganlar universitetga kirish huquqiga ega boʻladilar. Boshlangʻich va toʻliqsiz oʻrta maktab negizida hunartexnika taʼlimi tashkil etilgan (1—3-yil). Manzinidagi 2 ta pedagogika kolleji boshlangʻich maktab va quyi oʻrta maktab uchun oʻqituvchilar tayyorlaydi. 1964-yil Kvalusenida (Manzini yaqinida) Esvatini davlat universiteti, en: University of Eswatini (UNESWA)[2] tashkil etilgan. Manzinida milliy kutubxona (1972), Lobamba shahrida Milliy muzey (1972) va boshqa bor. Ilmiy tadqiqotlar bilan Loufeld (1964-yilda asos solingan), Malkernsdagi qishloq xoʻjaligi (1959), Mpisidagi chorvachilik tajriba stansiyalari, shuningdek, Mbabanedagi geologiya departamenti shugʻullanadi.

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi. Esvatini da nashr etiladigan asosiy gazetalar: „News from Eswatini“ („Esvatini yangiliklari“, haftanoma), „Svazi news“ („Svazi xalqi yangiliklari“, haftanoma, 1983-yildan), „Eswatini Observer“ („Esvatini kuzatuvchisi“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1981-yildan)[3], „Times Of Swaziland“ (1968-yildan beri)[4] „Esvatini vaqti“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, (1897-yildan), „Tikxatsi Temasvati“ (svazi tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1983-yildan). Milliy axborot agentligi yoʻq. Esvatini radioeshittirish va axborot xizmati 1966-yilda tuzilgan; hukumat tomonidan nazorat qilinadi. Esvatini televizion korporatsiyam, 1978-yil asos solingan.

Esvatiniliklarning milliy kiyimlari guldor gazlama va hayvon terilaridan tikiladi, marjonlar bilan bezatiladi. Musiqa asboblari xilmaxil: kamonchali (koʻpincha osh qovoq poʻstiga oʻrnatilgan torlar), puflab chalinadigan (kiyik shoxidan yasalgan) asboblar, barabanlardan iborat.[5]

  1. „Population, total Eswatini“ (en). (World Economic Outlook Database Juli 2020). World Bank. International Monetary Fund (2020). Qaraldi: 7-avgust 2021-yil.
  2. of Eswatini (UNESWA) (Inglizcha)
  3. Eswatini Observer (Inglizcha)
  4. Times Of Swaziland (Inglizcha)
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil