Somali Demokratik Respublikasi
| Somali Demokratik Respublikasi somalicha: Jamhuuriyadda Dimoqraadiga Soomaaliya arabcha: الديمقراطية جمهورية الصومال Tarixiy davlat | |||||||||
| |||||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| |||||||||
| Madhiya "Soomaaliya Ha Noolaato" "Yashasin Somali" | |||||||||
| Poytaxti | Mogadishu | ||||||||
| Til(lar)i | Rasmiy til • Somalicha Umumiy tillari • Somalicha • Arabcha • Inglizcha • Italyancha | ||||||||
| Dini | Sunniylik | ||||||||
| Pul birligi | Somali shillingi | ||||||||
| Etnoxoronim | Somaliyaliklar | ||||||||
| Maydoni | 637,657 km² | ||||||||
| Aholisi | 2,941,000 (1972) | ||||||||
| Boshqaruv shakli | Unitar marksistik-leninistik davlat | ||||||||
| Prezident | |||||||||
| - 1969—1991 | Siyod Barre | ||||||||
| Vitse-prezident | |||||||||
| - 1976—1991 | Muhammad Ali Samatar | ||||||||
| Tarixiy era | Sovuq urush Arab sovuq urushi | ||||||||
| Tarix | |||||||||
| - 1969-yil 21-oktyabr | Somalida davlat to‘ntarishi | ||||||||
| - 1977-yil 13-iyul | Ogaden urushi | ||||||||
| - 1978-yil 9-aprel | 1978-yil Somalida davlat toʻntarishiga urinish | ||||||||
| - 1982—1983 | 1982-yil Efiopiya-Somali chegarasidagi urush | ||||||||
| - 1991-yil 26-yanvar | Somalidagi fuqarolar urushi | ||||||||
Somali Demokratik Respublikasi (somalicha: Jamhuuriyadda Dimoqraadiga Soomaaliya, arabcha: الديمقراطية جمهورية الصومال) — 1969-yilda general Muhammad Siyod Barre tomonidan uyushtirilgan harbiy to‘ntarishdan so‘ng e’lon qilingan respublika (G‘arbda keng tarqalgan “kommunistik” nomi bilan)[1][2][3]. To‘ntarish, Somalining ikkinchi prezidenti Abdirashid Sharmark o‘z qo‘riqchisi tomonidan o‘ldirilganidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘lgan[3].
To‘ntarish chog‘ida Sovet Ittifoqi bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatildi. Mamlakatni Somali inqilobiy sotsialistik partiyasi boshqargan.
Barre ma’muriyati keyingi 21 yil davomida Somalini boshqardi, 1991-yilda esa mamlakat anarxiyaga aylandi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oliy inqilobiy kengashi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Prezident Sharmark o‘ldirilganidan keyin hokimiyat tepasiga kelgan Oliy inqilobiy kengashni (OIK) Barrega qo‘shib, podpolkovnik Salaad Gabeyre Kediye va politsiya boshlig‘i Jama Ali Kurshel ham boshqargan. Kadi rasman “inqilobning otasi” unvonini olgan edi, biroq ko‘p o‘tmay Barre Oliy inqilobiy kengash rahbariga aylandi[4]. Kengash keyinchalik sobiq fuqarolik hukumatining a’zolarini hibsga oldi, siyosiy partiyalarni taqiqladi[5], parlament va Oliy sudni tarqatib yubordi hamda amaldagi konstitutsiyani to‘xtatdi[6].
Inqilobiy armiya yirik ijtimoiy ishlar dasturlarini joriy etdi va shahar hamda qishloqlarda savodxonlikni oshirish bo‘yicha kampaniyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirdi, bu esa aholining savodlilik darajasini sezilarli darajada oshirishga yordam berdi. Sanoat va yerlarni milliylashtirishga qo‘shimcha ravishda, yangi rejimning tashqi siyosati Somalining arab dunyosi bilan an’anaviy va diniy aloqalariga urg‘u qaratdi, bu esa oxir-oqibat davlatning 1974-yilda Arab davlatlari ligasiga qo‘shilishiga olib keldi[7]. Xuddi o‘sha yili Siyod Barre Afrika birligi tashkiloti (ABT) raisi lavozimini ham egallagan[8]. 1975-yildan boshlab mamlakatning ikkinchi rasmiy tili arab tili bo‘ldi[9].
1976-yil iyul oyida Oliy inqilobiy kengash o‘zini o‘zi tarqatib yubordi va uning o‘rnida ilmiy sotsializm hamda islomiy tamoyillarga asoslangan yagona partiyali hukumat — Somali inqilobiy sotsialistik partiyasi (SISP) tuzildi. SISP rasmiy davlat mafkurasini rasmiy davlat dini bilan muvofiqlashtirishga, marksizmni mahalliy sharoitlarga moslashtirishga urindi. E’tibor musulmonlarning ijtimoiy taraqqiyot, tenglik va adolat tamoyillariga qaratildi. Hukumatning ta’kidlashicha, aynan mana shu tamoyillar ilmiy sotsializmning asosini tashkil etadi hamda uning o‘z-o‘zini ta’minlash, jamoatchilik ishtiroki va jamoatchilik nazorati, shuningdek ishlab chiqarish vositalarining bevosita egaligiga bo‘lgan huquqini belgilab berdi. SISP xususiy investitsiyalardan cheklangan darajada foydalangan bo‘lsa-da, boshqaruvning umumiy yo‘nalishi mohiyatan sotsialistik edi[6].
Yangi konstitutsiyaning qabul qilinishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yangi Konstitutsiya 1979-yil 25-avgustda umumxalq referendumi orqali ratifikatsiya qilindi va unga muvofiq Xalq Majlisi saylovlari o‘tkazildi. 1979-yilgi Konstitutsiya prezidentlik tizimini nazarda tutgan bo‘lib, unga ko‘ra prezident davlat boshlig‘i ham, hukumat rahbari ham hisoblangan. Hukumat rahbari sifatida prezident Vazirlar kengashi a’zolarini tayinlagan va shu kengashga rahbarlik qilgan. 1979-yilgi Konstitutsiya dastlab prezidentni qonun chiqaruvchi majlisning ko‘pchilikning uchdan ikki qismi ovozi bilan olti yillik muddatga saylashni nazarda tutgan, bu muddatga qayta saylanishi mumkin edi[10].
Parchalanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hududiy da’volar sababli Somali qo‘shni Efiopiya bilan Ogaden urushiga kirishdi. Har ikkala mamlakat ham sotsialistik yo‘nalishga ega bo‘lib, SSSR tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi; SSSR ikki mamlakatga ham yordam berishga urindi, biroq Siyod Barrening orqaga chekinmasligi SSSRni mojaro tarafida Efiopiyani qo‘llashga majbur qildi. Xitoy–SSSR mojarosidan foydalanishga qaror qilgan Barre hokimiyatga qaytdi va partiya siyosatida maoistik doktrinani amalga oshira boshladi. O‘sha paytda Xitoy Barreni qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli harbiy ta’minot bera olmadi, biroq Xitoy bilan munosabatlarni yaqinda normallashtirgan Qo‘shma Shtatlar buni amalga oshira oldi. Ogaden urushi AQSh va SSSR o‘rtasidagi bilvosita urushga aylandi.
Oxir-oqibat, Somali Efiopiyadan chekinishga majbur bo‘ldi va bu mag‘lubiyat Barrening mavqeini jiddiy zaiflashtirdi. Qurolli isyon boshlandi, 1991-yilda rejim quladi va Barre uzoq davom etgan fuqarolar urushidan so‘ng qochib ketdi[11]. Yagona partiyali rejimning qulashi mamlakatni tartibsizlikka va uni dala komandirlari orasida bo‘lingan holatga olib keldi yaʼni anarxiyaga olib keldi.
Iqtisodiyoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qishloq xo‘jaligiga asoslangan, past rivojlangan mamlakat. Aholining 70% dan ortig‘i ko‘chmanchi chorvachilik bilan shug‘ullangan. Yirik shoxli mol 2,6 million boshni, echki va qo‘ylar esa 15 milliongacha bo‘lgan; mamlakat hududida tuya soni taxminan 2 million edi. Qishloq xo‘jaligi sohasida asosan tabiiy va yarim tabiiy xo‘jalik ustunlik qilgan bo‘lib, unda asosiy don ekinlari (jo‘xori, sorqo va boshqalar) yetishtirilgan. Tovar xo‘jaligida banan va shakarqamish yetishtirilgan[9].
Mamlakatda taxminan 200 ta sanoat korxonasi mavjud bo‘lib, asosan qayta ishlash sanoati bilan shug‘ullangan va ularning jami ishchi soni 15 ming kishigacha yetgan. Sanoatning rivojlanishi umuman zaif bo‘lgan[9].
Eksportning 80% dan ortig‘i tirik chorva hisoblangan, qolgan eksport mahsulotlari esa banan, charm xomashyo, go‘sht, go‘sht va baliq konservalari, qimmatbaho yog‘och navlari bo‘lgan. Mamlakatga sanoat mollari, mashina va transport uskunalari, neft mahsulotlari hamda ayrim oziq-ovqat mahsulotlari import qilingan. Asosiy savdo hamkorlari Saudiya Arabistoni, Yaponiya, Italiya va boshqa Yevropa Iqtisodiy Hamkorligi aʼzolari bo‘lgan[9].
Pul birligi — Somali shillingi
1980–1990-yillarda aholining hayot darajasi Afrikada, va umuman olganda dunyoda eng pastlardan biri bo‘lgan; O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 46 yilni tashkil etgan, kattalar orasida savodxonlik 12% bo‘lib, 1990-yilda dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biri edi; 1985–1987-yillarda aholi tarkibining 34%i toza ichimlik suviga ega bo‘lgan, 1975-yilda esa bu ko‘rsatkich 4% ga yuqoriroq bo‘lgan. 1988-yilda chaqaloqlar o‘limi ko‘rsatkichi 1000 tug‘ilishdan 221 tani tashkil qilgan[12][9].
Aholisi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1991-yil ma’lumotlariga ko‘ra, Somali aholisi 6 709 161 kishini tashkil etgan. 20 yildan kam vaqt ichida aholi soni ikki barobar ko‘paygan (1972-yilda aholi soni 2 941 000 kishi bo‘lgan)[13].
1980-yillar davomida Somalidan Efiopiyaga taxminan 300 ming kishi qochib kelgan[12].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ J. D. Fage, Roland Anthony Oliver, The Cambridge history of Africa, Volume 8, (Cambridge University Press: 1985), p.478.
- ↑ The Encyclopedia Americana: complete in thirty volumes. Skin to Sumac, Volume 25, (Grolier: 1995), p.214.
- ↑ 3,0 3,1 Moshe Y. Sachs, Worldmark Encyclopedia of the Nations, Volume 2, (Worldmark Press: 1988), p.290.
- ↑ Adam, Hussein Mohamed; Richard Ford. Mending rips in the sky: options for Somali communities in the 21st century. Red Sea Press, 1997 — 226-bet. ISBN 1-56902-073-6. Wayback Machinedagi asl nusxadan arxivlangan arxiv nusxasi. (5-sentyabr 2015-yil)
- ↑ Metz, Helen C. (ed.) (1992), „Coup d'Etat“, Somalia: A Country Study, Washington, D.C.: Library of Congress, 2009-01-09da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2009-10-21
{{citation}}:|first=has generic name (yordam). - ↑ 6,0 6,1 Peter John de la Fosse Wiles, The New Communist Third World: an essay in political economy, (Taylor & Francis: 1982), p.279.
- ↑ Benjamin Frankel, The Cold War, 1945—1991: Leaders and other important figures in the Soviet Union, Eastern Europe, China, and the Third World (Gale Research: 1992), p.306.
- ↑ Oihe Yang, Africa South of the Sahara 2001, 30th Ed. (Taylor and Francis: 2000), p.1025.
- ↑ 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 „Сомали, Сомалийская Демократическая Республика, СДР“. geo.historic.ru. 2024-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 30-mart.
- ↑ „Somalia“. Mongabay.com. 2020-yil 11-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-sentyabr.
- ↑ James Reinl. „Investigating genocide in Somaliland“. www.aljazeera.com. 2017-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 21-avgust.
- ↑ 12,0 12,1 Manba xatosi: Invalid
<ref>tag; no text was provided for refs namedHDI - ↑ United States. Central Intelligence Agency. The 1991 CIA World Factbook.