Sirli masjid

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Sirli masjid
Hudud Namangan
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik ???—1910-yil
Soʻngi imom Mansurov Mansur
Minoralar balandligi 15 m
Qurilish materiali g'isht
Holati amaldagi

Sirli masjid — Namangandagi meʼmoriy yodgorlik (XIX-asr) hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Namangan tumanining Tepaqoʻrgʻon qishlogʻidagi Sirli masjid 1910-yilda qurilgan. Uning bunyod etilish sanasi manbalarda turlicha qayd etiladi. Yozuvchi Abdulla Jabbor uni 1840-yilda qurilgan deb koʻrsatsa, B. Roʻzinov va boshqalar 1910-yilda qurilganligini qayd etganlar. B. Roʻzinovlarning fikri masjid ayvonida saqlanib qolgan.

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sobiq ittifoq davrida yopib qo‘yilgan. 1980-yillarning oxiriga kelib qarovsiz holatga kelgan. 1990-yillarning boshida qishloq ahlining tashabbusi bilan yana masjid sifatida foydalana boshlangan. Masjid tarxiga koʻra nomutanosib boʻlib, toʻgʻri toʻrtburchak tarxli, 2 ustunli xonaqrh (11,35 x 8,0 m) va sathi undan ancha katta boʻlgan 2 tomonlama qurilgan ayvondan iborat. Ayvon va xonaqoh devorlariga choʻqqisimon mehroblar ishlangan. Xonaqoh bezaksiz, ammo ayvon turli nakshlar bilan serhasham bezatilgan (nomi ham „sirli“ — sirlangan, hallangan degan maʼnoda). Ayvon shifti havozasi va ustunlar tepasi muqarnasli qoshlar, rangorang gulli naqshlar va bezakli poyustunlar bilan ziynatlangan. Devorlarining yuqori tomonlari enli handasiy naqshlar bilan hoshiyalangan. Ayvon bezagida xalq sanʼatining eng goʻzal namunalari, fargʻonalik xalq ustalarining ijodiy imkoniyatlari keng namoyish etilgan. Masjid oldidagi chor atrofi toʻsilgan hovlida tarhi tengtomonli hovuz (10,0 x 19,0), keksa chinor va xom gʻishtdan qurilgan sinchli bino bor[1][2]. 1998-yilda Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan. 1850-yillarda qurilgan bino 2002-yili elektr simlarining qiska tutashuvi sababli batamom yonib ketgan. 2002 — 2004-yillarda hashar yo‘li bilan yangi 22x18 metrli zamonaviy ko‘rinishga ega gumbazli masjid qurildi. Masjidga qo‘shimcha 2004 — 2007 yillarda balandligi 15 metr bo‘lgan minora hamda 27x5 metrli 2 qavatli ochik ayvon 11x3 metrli ayvoncha imom xatib xonasi, qorovulxona, omborxona, oshxona, ovqatlanish xonasi hamda tahoratxonalar qurib bitkazildi. 2008-yilda masjidning hovli qismi va tashki devorlari milliy uslubda Xorazm g‘ishti bilan pardozlandi. 2014-yilda xonaqohning ichki qismi va ayvonlar milliy farg‘onacha uslubda naqshlandi. Bugungi kunda to‘liq taʼmirlash ishlari va pardozlash ishlari nihoyasiga yetgan masjid barcha qulayliklarga ega bo‘lgan holatda faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda masjidda Toshkent islom institutini tamomlagan Mansurov Mansur domla imom-xatiblik qilmoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Namangan viloyatidagi Sirli masjidi“. Qaraldi: 2023-yil 19-iyun.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil