Turkan ogʻo maqbarasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Sho dimulk ogʻo maqbarasidan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Turkan ogʻo maqbarasi, Sho dimulk ogʻo maqbarasi — Samarqanddagi meʼmoriy yodgorlik (1372). Shohizinda ansambli tarkibida. Amir Temurning opasi Turkan ogʻo vafot etgan qizi Shodimulk ogʻo (1370—71)ga atab qurdirgan. 1383 yilda Turkan ogʻoning oʻzi ham qizi yoniga dafn etilgan. Maqbara (8,65x9,85 m) bir xonali, gumbazi qobirgʻali, tashqi tomonlari bezaksiz. Peshtogʻi va ichki tomoni sirkori gʻishtchalar, oʻymakor sirli parchin bezaklari feruza rangda nafis bezatilgan. Ichkarisidagi izora va namoyonlari, gumbazi serhasham bezaklarga boy. Shipi 8 boʻlakka boʻlinib, 8 qirrali yulduzchalar ichi naqshlar bilan toʻldirilgan va har biriga alohida turunj ishlangan. Mukarnaslar yuzasi va peshtoq ustunida samarqandlik Shamsiddin, Badriddin va buxorolik Zayniddin ustalarning nomlari yozilgan. Maqbara 1954 yilda ilmiy oʻrganilib, taʼmirlash ishlari olib borilgan. Maqbarada 14—15-asrlardagi xalq ustalarining meʼmorlik va naqqoshlikda erishgan yutuklari yuksak mahorat ila aks etgan.