Shift

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Shipdan yoʻnaltirildi)

Shift, ship — xona, ayvon va boshqalar devorlarining yuqoridan qoplangan tepa qismi; tomning uy ichidan koʻrinishi. Tekis va relyef (pastbaland)li Sh. xillari koʻp uchraydi. Ibodatxona, saroy kabi yirik inshootlarning Sh.lari qadimdan bezatilgan. Oʻzbek xalq meʼmorligida vassash Sh., toʻsin ustiga qamish (chiy) tashlab suvalgan yoki taxta qoqib chiqilgan lamba Sh. keng tarqalgan. Oʻzbekiston hududida bunyod etilgan meʼmoriy yodgorliklar (saroy, madrasa, masjid va boshqalar) Sh.i qadimdan ganch, yogoch oʻymakorligi, naqshlar bilan jozibador bezatilgan.

Zamonaviy turar joylarning Sh.lari temir beton yaxlit plita oʻrnatib yaratiladi, soʻngra suvab ishlanadi.