Ufa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Ufa
Tavsif
Uzunligi 918 km
Maydoni 53 100 km²
Joylashuvi
Davlat Rossiya
ГВР 10010200812111100020106
Vikiomborda "Ufa" nomli sahifa mavjud


Ufa Rossiyaning Chelyabinsk va Sverdlovsk viloyatlari hamda Boshqirdiston Respublikasidagi daryodir. Oq Idil daryosining oʻng irmogʻi (Kama havzasi). Uz. 918 km, havzasining maydoni 53,1 ming km². Oʻrta Uraldagi uncha katta boʻlmagan Ufa koʻlidan boshlanadi. Oʻrtacha suv sarfi 32,9 m/sek. (Pavlov GES yonida). Eng kup suv sarfi 3740 m’/sek. Dek. boshlarida muzlab, may boshlarida muzdan boʻshaydi. Asosiy irmoklari: Ai, Yuryuzan (chapda), Bisert, Tyuy (oʻngda). Dare havzasida karst rivojlangan. Yogʻoch oqiziladi. Daryoda Pavlov GES qurilgan. GESdan yuqorida 135 km va quyida 170 km qismida kema qatnaydi. Ufa sohilida Krasnoufimsk shimolidq, quyilish joyida Ufa shahri joylashgan.

Manbalar[tahrir]