SKA Saint Petersburg

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 SKA xokkey klubi (ruscha: Спортивный клуб СКА) (SKA Saint Petersburgh va tom maʼnoda Armiya sport klubi nomlari bilan ham ataladi)

Helsinki 2017-yil.

Sankt-Peterburgda joylashgan rus professional xokkey klubi hisoblanadi. „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi Kontinental xokkey ligasining (KHL) Bobrov divizioni aʼzosidir. „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi 2014—2015-yilgi KHL mavsumigacha hech qachon liga finalida qatnashmagan edi. Oʻsha mavsumda „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi "Ak Bars Kazan" xokkey klubi magʻlub etib, Gagarin kubogini qoʻlga kiritdi. Shundan soʻng, „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi 2017-yilda Magnitogorskning „Metallurg Magnitogorsk“ xokkey jamoasini magʻlub etib, ikkinchi marta Gagarin kubogini qoʻlga kiritdi[1].

SKA Rossiya davlati nazoratidagi energetika giganti Gazpromga tegishli klub hisoblanadi. Klub oʻzining ulkan boyligidan deyarli barcha rus KHL elita xokkeychilarini 2018-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlariga tayyorlash uchun foydalangan edi. Rossiya milliy xokkey terma jamoasining 1994-yildan beri Olimpiadada oltin medallarini qoʻlga kiritish muvaffaqiyati „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubida tayyorlangan xokkeychilar faoliyati bilan bogʻliq edi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub 1946-yilda oʻzining birinchi mavsumida ishtirok etish uchun Sovet chempionat ligasining yuqori darajadagi klubi sifatida tashkil etilgan. Klubning asl nomi Kirov LDO (Kirov Leningrad ofitserlar klubi) edi. Keyinchalik klub nomi 1953-yilda ODO (Tuman ofitserlari klubi), 1957-yilda SKVO (Harbiy okrug sport klubi) va 1959-yilda Sportivnyi Klub Armii (Armiya sport klubi)ga oʻzgartirildi. Sovet davrida „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi (CSKA Moscow klubi bilan birga) Mudofaa vazirligi sport klublari tizimiga tegishli edi. 

Birinchi mavsumda oʻz guruhida oxirgi oʻrinni egallagan LDO keyingi mavsumni oʻtkazib yubordi va 1948-yilda chempionatning ikkinchi darajasiga tushirildi. Klub 1950—1951-yillarda Sovet A darajasiga qaytdi va 1991-yilgacha Sovet ligasining yuqori divizionida qoldi. Klubning oʻsha davrdagi eng yuqori yutuqlari 1968 va 1971-yillardagi Sovet kubogi finallari (birinchisi SSKA Moscow klubiga 7:1, ikkinchisi Moskvaning „Spartak Moscow“ klubiga 5:1 hisobida magʻlub boʻlgan) edi.

„SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi 2015-yilgi Gagarin kubogi pley-off bosqichining final oʻyinida KHL vakili "Ak Bars Kazan" xokkey klubini 4:1 hisobida magʻlub etdi. Shundan soʻng, klub birinchi Gagarin kubogini qoʻlga kiritishga muvafafq boʻldi. Ammo keyingi mavsumda „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi Gagarin kubogini saqlab qola olmadi. Chunki klub konferensiya finalida 2015—2016-yilgi Kontinental kubogi gʻolibi "CSKA Moscow" klubi tomonidan magʻlub etildi.

2016—2017-yilgi KHL mavsumida „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi arenasiga oʻrtacha 11 735 ta tomashabin tashrif buyurdi.

Mukofotlar va kuboklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gagarin kubogi

  • Gʻolib (2): 2014—2015, 2016—2017

Kontinental kubogi

  • Gʻolib (2): 2012—2013, 2017—2018

Opening kubogi

  • Gʻolib (2): 2017—2018, 2018—2019

Sovet chempionati ligasi

  • 3-oʻrin (2): 1970—1971, 1986—1987

Mavsum oldi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Spengler kubogi

  • Gʻolib (4): 1970, 1971, 1977, 2010

Motorola kubogi

  • Gʻolib (1): 1983

Puchkov kubogi

  • Gʻolib (6): 2008, 2015, 2017, 2018, 2019, 2021, 2022

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti kubogi

  • Gʻolib (1): 2012

Muntazam mavsum natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Oʻyin Gʻalaba Qoʻshimcha vaqtlardagi gʻalaba Magʻlubiyat Qoʻshimcha vaqtlardagi magʻlubiyat Ochko Gollar

(safar oʻyinida)

Gollar

(uy oʻyinida)

Natija va diviziya Toʻpurarlar Pley-off oʻyinlari
2008—2009 56 26 9 17 4 100 143 105 3rd, Tarasov Maxim Sushinsky Dastlabki bosqichda magʻlub boʻldi, 0-3 (Spartak Moscow)
2009—2010 56 36 4 10 6 122 192 118 1st, Bobrov Maxim Sushinsky Konferensiya chorak finalida magʻlub boʻldi, 1-3 (Dinamo Riga)
2010—2011 54 23 9 13 9 96 171 144 2nd, Bobrov Mattias Weinhandl Konferensiya yarim finalida magʻlub boʻldi, 3-4 (Atlant Moscow Oblast)
2011—2012 54 32 6 11 5 113 205 130 1st, Bobrov Tony Mårtensson Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 0-4 (Dynamo Moscow)
2012—2013 52 36 2 11 3 115 182 116 1st, Bobrov Patrick Thoresen Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 2-4 (Dynamo Moscow)
2013—2014 53 33 1 13 4 105 174 113 2nd, Bobrov Artemi Panarin Konferensiya yarim finalida magʻlub boʻldi, 2-4 (Lokomotiv Yaroslavl)
2014—2015 60 36 2 14 2 123 210 136 2nd, Bobrov Artemi Panarin Gagarin kubogi chempioni, 4-1 (Ak Bars Kazan)
2015—2016 60 29 2 21 2 100 163 197 2nd, Bobrov Vadim Shipachyov Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 0-4 (CSKA Moscow)
2016—2017 60 39 7 8 8 137 249 114 1st, Bobrov Ilya Kovalchuk Gagarin kubogi chempioni, 4-1 (Metallurg Magnitogorsk)
2017—2018 56 40 3 9 2 138 227 97 1st, Bobrov Ilya Kovalchuk Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 2-4 (CSKA Moscow)
2018—2019 62 45 4 5 8 103 209 80 1st, Bobrov Nikita Gusev Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 3-4 (CSKA Moscow)
2019—2020 62 30 14 13 5 93 179 118 1st, Bobrov Vladimir Tkachev Konferensiya chorak finalida gʻolib boʻldi, 4-0 (HC Vityaz)
COVID-19 pandemiyasi tufayli qolgan oʻyinlar oʻtkazilmadi.
2020—2021 60 33 4 8 15 82 178 126 1st, Bobrov Vladimir Tkachev Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 2-4 (CSKA Moscow)
2021—2022 48 25 6 11 6 68 146 98 1st, Bobrov Andrei Kuzmenko Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 3-4 (CSKA Moscow)

Oʻyinchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joriy roʻyxat[tahrir | manbasini tahrirlash]

 2022-yil 2-avgust holatiga koʻra[3]„SKA Saint Petersburg team roster“ (Wayback Machine saytida 2012-06-03 sanasida arxivlangan). www.khl.ru. Retrieved 2 August 2022.</ref>;

Raqam Davlat Oʻyinchi Pozitsiyasi Yoshi Klubga qabul qilingan yili Tavallud joyi
10 Russia Zakhar Bardakov Hujumchi 21 2021 Seversk, Rossiya
77 Belarus Stepan Falkovsky Himoyachi 25 2021 Minsk, Belarus
97 Russia Artyom Fyodorov Hujumchi 29 2022 Elektrostal, Rossiya
72 Russia Emil Galimov Hujumchi 30 2020 Nizhnekamsk, Rossiya
51 Canada Alex Grant Himoyachi 33 2022 Antigonish, Nova Scotia, Kanada
23 Czech Republic Dmitrij Jaskin Hujumchi 29 2022 Omsk, Rossiya
12 Russia Nikita Kamalov Himoyachi 27 2021 Novokuznetsk, Rossiya
40 Russia Evgeny Ketov (C) Hujumchi 36 2013 Gubakha, Sovet Ittifoqi
61 Russia Marat Khairrulin Hujumchi 26 2022 Volzhsk, Rossiya
22 Russia Marat Khusnutdinov Hujumchi 20 2020 Moskva, Rossiya
78 Russia Kirill Kirsanov Himoyachi 20 2020 Tver, Rossiya
19 Belarus Nikita Komarov Hujumchi 34 2022 Novopolotsk, Belarussiya SSR
39 Russia Matvei Michkov Hujumchi 17 2021 Perm, Rossiya
41 Russia Ivan Mischenko Himoyachi 27 2021 Omsk, Rossiya
93 Russia Danila Moiseyev Hujumchi 24 2021 Moskva, Rossiya
21 Russia Alexander Nikishin Himoyachi 21 2022 Oryol, Rossiya
70 Russia Dmitri Nikolayev Hujumchi 22 2021 Sankt-Peterburg, Rossiya
27 Russia Igor Ozhiganov Himoyachi 30 2019 Krasnogorsk, Rossiya SFSR
33 Russia Mikhail Pashnin Himoyachi 33 2022 Chelyabinsk, Rossiya SFSR
3 Russia Andrey Pedan Himoyachi 29 2022 Kaunas, Latviya
74 Russia Nikolai Prokhorkin Hujumchi 29 2022 Chelyabinsk, Rossiya
45 Russia Daniil Pylenkov Himoyachi 22 2021 Yegoryevsk, Rossiya
5 Russia Roman Rukavishnikov Himoyachi 30 2022 Moskva, Rossiya
31 Russia Alexander Samonov Darvozabon 27 2019 Moskva, Rossiya
57 Russia Artyom Shvets-Rogovoy Hujumchi 27 2019 Saratov, Rossiya
62 Russia Georgi Solyannikov Himoyachi 27 2021 Sankt-Peterburg, Rossiya
87 Russia Vladislav Tsitsyura Hujumchi 23 2020 Rybinsk, Rossiya
92 Russia Alexander Volkov Hujumchi 25 2021 Moskva, Rossiya
42 Russia Mikhail Vorobyev Hujumchi 25 2021 Salavat, Rossiya
88 Russia Damir Zhafyarov Hujumchi 28 2022 Moskva, Rossiya
90 Russia Valentin Zykov Hujumchi 27 2021 Sankt-Peterburg, Rossiya

KHLning barcha vaqtlardagi gollari boʻyicha yetakchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bosh murabbiylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Swiss club and Swedish league lead European attendance rankings“. INTERNATIONAL ICE HOCKEY FEDERATION. 2012-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 22-mart.
  2. „Геннадий Тимченко: СКА – это базовый клуб сборной России, и ЦСКА – тоже“. Sovetsky Sport. 2018-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-noyabr.
  3. „SKA Team Roster“. www.hc-ska.ru. Retrieved 2 August 2022.