HC CSKA Moscow

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

HC CSKA Moscow (1946-yildan hozirgacha, ruscha: ЦСКА Москва, Центральный Спортивный Клуб Армии, (tarjimasi: Armiya markaziy sport

CSKA klubi aʼzolari 2019-yilgi Gagarin kubogi gʻolibligini nishonlashmoqda

klubi)) – Moskvada joylashgan rus professional xokkey klubi. „HC CSKA Moscow“ xokkey klubi Kontinental xokkey ligasida (KHL) Tarasov divizioni aʼzosi hisoblanadi. „HC CSKA Moscow“ xokkey klubi gʻarbda „Markaziy Qizil Armiya“ yoki „Qizil Armiya jamoasi“ deb nomlanadi. Chunki klub oʻtmishda Sovet armiyasi bilan bogʻliq boʻlgan va xalq orasida Qizil Armiya deb nomlangan edi. „HC CSKA Moscow“ xokkey klubi tarixdagi boshqa jamoalardan koʻra koʻproq Sovet chempionati gʻolibi boʻlgan. „HC CSKA Moscow“ xokkey klubi Rossiyaning eng yirik neft kompaniyasi hisoblanadigan Rosneftga tegishlidir.

Toʻqqizta divizion chempionligi va oltita Kontinental kubogidan tashqari, „HC CSKA Moscow“ xokkey klubi besh marta Gagarin kubogi finaliga chiqdi. „HC CSKA Moscow“ xokkey klubi Gagarin kubogini 2019 va 2022-yillarda qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi. „HC CSKA Moscow“ xokkey klubi, shuningdek, bir mavsumda Kontinental kubogi va Gagarin kubogini qoʻlga kiritgan birinchi klub boʻlib qolmoqda.

2018-yilda, eski Muz saroyida 50 dan ortiq mavsum oʻtkazgandan soʻng, „HC CSKA Moscow“ xokkey klubi jamoasi yangi arenaga koʻchib oʻtdi. Shundan soʻng, bu arena endi CSKA Arena deb atala boshladi. Ushbu arena „HC CSKA Moscow“ xokkey klubining Moskvadagi hozirgi uy arenasi hisoblanadi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub 1946-yilda CDKA (Centralnyy Dom Krasnoy Armii – Qizil Armiyaning markaziy uyi, Moskvadagi Armiya jamoat markaziga tegishli) sifatida tashkil etilgan. „HC CSKA Moscow“ xokkey klubining nomi 1952—1954-yillarda CDSA (Krasnoy Armii, Sovet Armiyasiga oʻzgartirilgan), 1955—1959-yillarda CSK MO (Mudofaa vazirligining markaziy sport klubi) nomi bilan tanilgan va 1960-yilda hozirgi nomini olgan. 

Dastlabki yillar[tahrir | manbasini tahrirlash]

CSKA Sovet Ligasidagi 46 yillik faoliyati davomida 32 marta muntazam chempionatda gʻolib chiqdi. Bu natija bilan u liga tarixidagi eng koʻp chempionat chempioniga aylandi (1955-yildan 1989-yilgacha va 1977-yildan 1989-yilgacha ketma-ket barcha liga chempionatlarida gʻalaba qozobdi).

CSKA yevrokuboklarda ham xuddi shunday ustunlik qildi. Klub 1969-yildan 1990-yilgacha va 1978-yildan 1990-yilgacha ketma-ket barcha medallarni qoʻlga kiritdi. Jamoaning birinchi murabbiyi Anatoly Tarasov boʻlgan edi. Keyinchalik u Sovet milliy xokkey terma jamoasi murabbiyi sifatida mashhur boʻldi. Tarasov 1946-yildan 1975-yilgacha koʻpincha Qizil Armiya jamoasini yolgʻiz yoki murabbiylar bilan birga boshqardi. Jamoaning eng katta muvaffaqiyat davri 1977-yildan 1996-yilgacha murabbiy boʻlgan Viktor Tikhonov murabbiyligi davriga toʻgʻri keldi.

Viktor Tikhonov (2008), jami 22 yil davomida jamoa bosh murabbiyi boʻlgan

Qizil Armiya jamoasi Sovet Ittifoqi davrida uzoq vaqt hukmronlik qila oldi, chunki butun CSKA klubi Sovet Armiyasining amaldagi boʻlinmasi aʼzolaridan iborat edi. Barcha mehnatga layoqatli sovet erkaklari armiyada xizmat qilishlari kerak boʻlganligi sababli, jamoa Sovet Ittifoqidagi eng yaxshi yosh xokkeychilarni jamoaga toʻgʻridan-toʻgʻri jalb qila olar edi. Jamoadagi barcha oʻyinchilar Sovet Armiyasida tarbiyalangan ofitserlar edi. Qizil Armiya terma jamoasi va Sovet ittifoqi milliy xokkey terma jamoasining roʻyxatlari oʻrtasida jiddiy oʻxshashlik bor edi. Aynan shu 1950-yillardan 1990-yillarning boshlarigacha Sovetlarning xalqaro xokkey boʻyicha deyarli mutlaq ustunligi ortida turgan omillardan biri edi. 1980-yillarning oxiriga kelib, Qizil Armiyaning uzoq davom etgan hukmronligi butun ligada ishtirokchilar sonining sezilarli darajada pasayishiga olib keldi[1].

Xokkey tarixidagi eng kuchli hujum chizigʻidan biri 1980-yillardagi KLM liniyasi edi. Bu nom uch xokkeychiining familiyasidan kelib chiqqan: Vladimir Krutov, Igor Larionov va Sergei Makarov. Himoyachilar Viacheslav Fetisov va Alexei Kasatonovlar bilan birgalikda ular "Yashil birlik" nomi bilan tanilgan edi. Chunki ular oʻyinda yashil futbolka kiyishgan edi. Besh kishilik jamoa oʻn yil davomida Yevropa xokkeyida asosiy kuchni tashkil etdi. 1989-yilda barcha besh oʻyinchiga NHLga borishga ruxsat berildi. Natijada ular faoliyatida aralash natijalar qayd etildi. Krutov NHLdagi eng qisqa karyerasini „Vancouver Canucks“ klubida atigi bir mavsum davom ettirdi; Makarov (1990-yilda Calder Memorial Trophy sovrinini qoʻlga kiritdi) va Kasatonov 1997-yilga kelib NHL vakili „Detroit Red Wings“ xokkey klubi bilan birga ikki marta Stanley kubogini qoʻlga kiritdi.

Tikhonov davrida jamoada intizom juda qattiq boʻlgan edi. Uning oʻyinchilari yiliga 11 oygacha mashgʻulot oʻtkazishdi va hatto turmush qurgan boʻlsalar ham, koʻpincha mashgʻulot lagerida (Armiya kazarmasi) qolishga majbur boʻlishdi. Biroq, Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin bunday cheklovlar bekor boʻldi[2].

CSKA va NHL[tahrir | manbasini tahrirlash]

CSKA 1975-yildan 1991-yilgacha NHL jamoalariga qarshi 36 ta oʻyin oʻtkazdi (26 gʻalaba, 8 magʻlubiyat va 2 durang). Ushbu oʻyinlarning 34 tasi Super seriyasi doirasida oʻynalgan edi. 1975-yil yangi yil arafasida CSKA liganing eng zoʻr jamoasi (va oʻsha yili yakuniy Stanley kubogi gʻolibi) sifatida tan olingan „Montreal Canadiens“ xokkey klubi bilan oʻynadi. Oʻyin 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi. Ammo ushbu oʻyin tarixdagi eng zoʻr oʻyinlardan biri sifatida eʼtirof etildi.

Vladislav Tretiak (2008), IIHF Centennial All-Star jamoasi darvozaboni

Yana bir esda qolarli oʻyin 1976-yil 11-yanvarda, oʻsha paytda Stanley kubogi chempioni boʻlgan va oʻzining yuqori darajadagi oʻyinlari uchun „Broad Street Bullies“ nomi bilan tanilgan „Philadelphiya Flyers“ xokkey klubiga qarshi oʻtkazildi.

„HC CSKA Moscow“ xokkey klubi bitiruvchilari NHLga katta taʼsir koʻrsatdi. 1990-yillarning oʻrtalarida Sergei Fedorov, Vladimir Konstantinov va Vyacheslav Kozlov kabi xokkeychilar oʻzlarini „Detroit Red Wings“ xokkey klubining asosiy aʼzolari sifatida koʻrsatdilar. Keyinchalik, ularga Fetisov va Larionov qoʻshildi va ular Rossiya beshligini tashkil etdi. Ushbu besh oʻyinchi 1997 va 1998-yillarda 'Detroit Red Wings" xokkey klubining ketma-ket Stanley kubogi chempionatlarida ishtirok etishida juda muhim rol oʻynaydi. Dmitri Mironov 1997-yil 13-iyunda Konstantinovning faoliyatini yakunlagan jarohatidan soʻng, 1998-yilda „Rossiya beshligi“ tarkibiga qoʻshildi. Konstantinov jarohatiga qaramay roʻyxatda saqlanganligi sababli, 1998-yilgi jamoa Stanley kubogini yutgan CSKA faxriylarining eng katta kontingentini (olti nafar) tashkil etadi.

Postsovet tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

80-yillarning oxiri va 90-yillarning boshlarida „HC CSKA Moscow“ xokkey klubi pozitsiyalari sezilarli darajada zaiflashdi. Tikhonov bilan toʻqnash kelgandan soʻng, CSKAning eng koʻzga koʻringan yulduzlari, jumladan Fetisov, Larionov, Krutov va Makarov jamoani NHLda oʻz faoliyatini davom ettirish uchun tark etishdi. 90-yillarda ularning ketidan Bure, Fedorov va Samsonov kabi yosh isteʼdodlar ham jamoani tark etdi.

Alexandr Radulov (2012)

Shunga qaramay, „HC CSKA Moscow“ xokkey klubi bir qator koʻrgazmali oʻyinlarni va 1992—1993-yilgi mavsumda Amerika xokkey assotsiatsiyasi bilan barcha yulduzlar oʻyinini oʻtkazdi[3].

1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshlarida, „Pittsburgh Penguins“ xokkey klubi jamoaga qiziqish bildirganidan soʻng, jamoa qisqacha norasmiy ravishda „rus pingvinlari“ nomi bilan tanildi[4]. Rus pingvinlari 1993—1994-yilgi IHL mavsumi doirasida Xalqaro xokkey ligasida 13 ta oʻyin oʻtkazdi.

1996-yilda klub rahbariyati bilan ziddiyatdan soʻng, Tikhonov oʻzining „HC CSKA Moscow“ deb nomlangan alohida jamoasini yaratdi. Bu jamoa ikki mavsumni Rossiya Superligasida oʻtkazdi va 2002-yilda asl „CSKA Moscow“ xokkey klubi bilan birlashdi.

KHLda[tahrir | manbasini tahrirlash]

„HC CSKA Moscow“ xokkey klubi Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin ham Rossiyaning eng kuchli jamoalaridan biri boʻlib qolgan boʻlsa-da, 2015-yilga qadar KHLda ham, undan oldingi kubuklarda ham chempion boʻla olmadi. Shuningdek, „HC CSKA Moscow“ xokkey klubi uzoq vaqt davomida Gagarin kubogini ham qoʻlga kirita olmadi. 2008-yildan 2016-yilgacha jamoa Gagarin kubogi pley-offining konferensiya yarim finalidan oʻta olmadi. Ular 2011-yilda pley-offni umuman oʻtkazib yuborishdi. 2015—2016-yilgi mavsumda „HC CSKA Moscow“ xokkey klubi Gagarin kubogi finaliga qadar yetib bordi. Ammo, ular yetti oʻyinda Magnitogorskning „Metallurg Magnitogorsk“ xokkey jamoasiga magʻlub boʻlishdi. 2018-2019-yilgi mavsumda „HC CSKA Moscow“ xokkey klubi toʻrt oʻyinda "Avangard Omsk" xokkey klubini magʻlub etib, ilk Gagarin kubogini qoʻlga kiritdi. 

2022-yilda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishidan soʻng, Joakim Nordstrom va Lucas Wallmark jamoani tark etishga qaror qilishdi[5][6]. 2021-yilgi Gagarin kubogi finalida "Avangard Omsk" xokkey klubiga yutqazib qoʻygan „HC CSKA Moscow“ xokkey klubi keyingi yili "Metallurg Magnitogorsk" xokkey klubiga qarshi ikkinchi Gagarin kubogini yutib olish uchun finalga chiqdi.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mahalliy musobaqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1st Sovet chempionati ligasi chempion (32 marta): 1947—1948, 1948—1949, 1949—1950, 1954—1955, 1955—1956, 1957—1958, 1958—1959, 1959—1960, 1960—1961, 1962—1963, 1963—1964, 1964—1965, 1965—1966, 1967—1968, 1969—1970, 1970—1971, 1971—1972, 1972—1973, 1974—1975, 1976—1977, 1977—1978, 1978—1979, 1979—1980, 1980—1981, 1981—1982, 1982—1983, 1983—1984, 1984—1985, 1985—1986, 1986—1987, 1987—1988, 1988—1989

1st Sovet kubogi (xokkey) (12 marta): 1954, 1955, 1956, 1961, 1966, 1967, 1968, 1969, 1973, 1977, 1979, 1988

1st Vysshaya ligasi chempioni (1): 1996—1997


Kontinental xokkey ligasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1st Gagarin kubogi (2): 2019, 2022

1st Kontinental kubogi (6 marta): 2014—2015, 2015—2016, 2016—2017, 2018—2019, 2019—2020, 2020—2021


Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

1st Interkontinental kubogi (1): 1971—1972

1st IIHF Yevropa kubogi (20 marta): 1969, 1970, 1971, 1972, 1973, 1974, 1976, 1978, 1979, 1980, 1981, 1982]], 1983, 1984, 1985, 1986, 1987, 1988, 1989, 1990

1st Spengler kubogi (1): 1991

1st Pajulahti kubogi (1): 2005

Mavsum oldi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1st Hockeyades (Vallée de Joux) (2): 2017, 2018

1st Moskva kubogi (4): 2010, 2011, 2013, 2017

Muntazam mavsum KHL natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Oʻyin Gʻalaba Qoʻshimcha vaqtlardagi gʻalaba Magʻlubiyat Qoʻshimcha vaqtlardagi magʻlubiyat Ochko Gollar(safar oʻyinida) Gollar(uy oʻyinida) Natija(diviziya) Toʻpurarlar Pley-off oʻyinlari
2008—2009 56 27 7 11 11 106 176 141 1-oʻrin, Tarasov Sergei Shirokov Konferensiya chorak finalida magʻlub boʻldi, 0-3 (Dynamo Moscow)
2009—2010 56 22 8 21 5 87 148 135 4-oʻrin, Bobrov Denis Parshin Konferensiya chorak finalida magʻlub boʻldi, 0-3 (HC MVD)
2010—2011 54 13 7 28 6 59 136 159 5-oʻrin, Bobrov Jan Marek Saralash bosqichidan oʻta olmadi
2011—2012 54 19 3 25 7 70 119 129 4-oʻrin, Bobrov Sergei Shirokov Konferensiya chorak finalida magʻlub boʻldi, 1-4 (SKA Saint Petersburg)
2012—2013 52 23 13 15 1 96 151 109 1-oʻrin, Tarasov Alexander Radulov Konferensiya yarim finalida magʻlub boʻldi, 1-4 (Dynamo Moscow)
2013—2014 54 25 7 20 2 91 130 118 5-oʻrin, Bobrov Nikolai Prokhorkin Konferensiya chorak finalida magʻlub boʻldi, 0-4 (SKA Saint Petersburg)
2014—2015 60 39 10 9 2 139 207 98 1-oʻrin, Tarasov Alexander Radulov Konferensiya finalida magʻlub boʻldi, 3-4 (SKA Saint Petersburg)
2015—2016 60 38 5 3 14 127 163 87 1-oʻrin, Tarasov Alexander Radulov Gagarin kubogi finalida magʻlub boʻldi, 3-4 (Metallurg Magnitogorsk)
2016—2017 60 41 3 8 8 137 183 110 1-oʻrin, Tarasov Kirill Petrov Konferensiya yarim finalida magʻlub boʻldi, 2-4 (Lokomotiv Yaroslavl)
2017—2018 56 35 9 11 1 124 175 89 1-oʻrin, Tarasov Maxim Shalunov Gagarin kubogi finalida magʻlub boʻldi, 1-4 (Ak Bars Kazan)
2018—2019 62 43 10 9 0 106 191 75 1-oʻrin, Tarasov Mikhail Grigorenko Gagarin kubogi chempioni, 4-0 (Avangard Omsk)
2019—2020 62 40 5 13 4 94 202 99 1-oʻrin, Tarasov Kirill Kaprizov Konferensiya chorak finalida gʻalaba qozondi, 4-0 (Torpedo Nizhny Novgorod)
COVID-19 pandemiyasi tufayli pley-off bekor qilindi
2020—2021 60 34 9 12 5 91 182 121 1-oʻrin, Tarasov Konstantin Okulov Gagarin kubogi finalida magʻlub boʻldi, 2-4 (Avangard Omsk)
2021—2022 47 18 11 13 5 63 120 107 1-oʻrin, Tarasov Mikhail Grigorenko Gagarin kubogi chempioni, 4-3 (Metallurg Magnitogorsk)

Bosh murabbiylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovet Ittifoqi parchalangunga qadar barcha murabbiylar Sovet Armiyasida polkovnik unvoniga ega edilar.

Oʻyinchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Joriy roʻyxat[tahrir | manbasini tahrirlash]

 2022-yil 25-iyun holatiga koʻra[7][8];

Raqam Davlat Oʻyinchi Pozitsiyasi Yoshi Klub safiga qoʻshilgan sana Tavallud joyi
85 Russia Vitalii Abramov Qanot hujumchisi 24 2021 Chelyabinsk, Rossiya
- Sweden Fredrik Claesson Himoyachi 30 2022 Stokgolm, Shvetsiya
44 Kazakhstan Darren Dietz Himoyachi 29 2021 Medicine Hat, Alberta, Kanada
- Russia Yaroslav Dyblenko Himoyachi 28 2022 Surgut, Rossiya
25 Russia Mikhail Grigorenko Hujumchi 28 2021 Khabarovsk, Rossiya
- Russia Vladimir Grudinin Himoyachi 18 2021 Angarsk, Rossiya
7 Russia Matvei Guskov Hujumchi 21 2020 Nizhnekamsk, Rossiya
94 Russia Vladislav Kamenev Hujumchi 26 2021 Orsk, Rossiya
15 Russia Pavel Karnaukhov Qanot hujumchisi 25 2016 Minsk, Belarussiya
55 Russia Bogdan Kiselevich Himoyachi 32 2019 Cherepovets, Rossiya SFSR
98 Russia Maxim Mamin Hujumchi 27 2022 Moskva, Rossiya
63 Russia Takhir Mingachyov Hujumchi 21 2020 Samara, Rossiya
89 Russia Nikita Nesterov Himoyachi 29 2021 Chelyabinsk, Rossiya
71 Russia Konstantin Okulov Qanot hujumchisi 27 2017 Novosibirsk, Rossiya
96 Russia Semyon Pankratov Hujumchi 24 2021 Moskva, Rossiya
16 Russia Sergei Plotnikov Hujumchi 32 2021 Komsomolsk-on-Amur, Sovet Ittifoqi
45 Russia Vladislav Provolnev Himoyachi 27 2021 Voronezh, Rossiya
36 Sweden Adam Reideborn Darvozabon 30 2021 Stokgolm, Shvetsiya
93 Russia Artyom Sergeyev Himoyachi 29 2020 Moskva, Rossiya
39 Russia Alexander Sharychenkov Darvozabon 31 2022 Nizhny Novgorod, Rossiya SFSR
9 Russia Anton Slepyshev Qanot hujumchisi 28 2018 Penza, Rossiya
27 Russia Maxim Sorkin Hujumchi 22 2019 Moskva, Rossiya
87 Russia Andrei Svetlakov Hujumchi 26 2015 Moskva, Rossiya
50 Russia Danil Yurtaikin Qanot hujumchisi 25 2020 Belovo, Rossiya

Stanley kubogi gʻoliblari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻyinchilar

Franchayzing reytingi boʻyicha yetakchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bu jadval franchayzing tarixidagi eng yaxshi oʻn ochko toʻplagan xokkeychilar roʻyxatidir. Raqamlar har bir yakunlangan Sovet/MDH/IHL/RUS 2/RSL/KHL muntazam mavsumidan keyin yangilanadi.

Mukofotlar va kuboklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovet / Rossiya MVP

Chempionat toʻpurarlari

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Merron. „Russians regroup on other side of the red line“. ESPN.com (2002-yil 14-fevral). Qaraldi: 2009-yil 31-avgust.
  2. Merron. „Russians regroup on other side of the red line“. ESPN.com (2002-yil 14-fevral). Qaraldi: 2009-yil 31-avgust.
  3. Augustin, Mike. American Hockey Association Suspends Operations (en). Saint Paul Pioneer Press (1993-yil 30-yanvar), s. 3C.
  4. Merron. „Russians regroup on other side of the red line“. ESPN.com (2002-yil 14-fevral). Qaraldi: 2009-yil 31-avgust.
  5. „NHL Suspends Dealings with KHL as Russia's Ukraine Invasion Impacts Hockey World“. Forbes.
  6. „Snapshots: KHL Departures, AHL Signings, NHL Trade Market“.
  7. „Team Roster / CSKA“ (in Russian). cska-hockey.ru. Retrieved 25 July 2022.
  8. „CSKA Moscow roster“ (Wayback Machine saytida 2016-08-08 sanasida arxivlangan). www.khl.ru. Retrieved 25 July 2022.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]