Elektrostal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Elektrostal (1938 yilgacha Zatishye) — Rossiya Federatsiyasi Moskva viloyatidagi shahar. Transport yoʻlining stansiyasi. Aholisi 146,3 ming kishi (2002). Moskva yaqinidagi metallurgiya va ogʻir mashinasozlik sanoatlari markazi. Elektr metallurgiyasi ("Elektrostal", "Elektrostaltyajmash"), elektr buyumlari, "Elektroselmash" zavodlari bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Moskva poʻlat va qotishmalar intining filiali faoliyat koʻrsatadi.