Oryol

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oryol — RF Oryol viloyatidagi shahar, viloyat markazi. Oka daryosining har ikkala sohilida. Temir yoʻl tuguni. Aholisi 346,8 ming kishi (1998). Mashinasozlikning yirik markazi — avtogreyder, avtoyuklagich, boshqaruvchi hisob mashinalari, "Yantar" soatlari ishlab chiqariladi, priborsozlik, toʻqimachilik mashinasozligi rivojlangan. Poʻlat quyish zavodi bor. Yengil, oziq-ovqat va boshqa sanoat korxonalari mavjud. 5 oliy oʻquv yurti, 3 teatr, I. S. Turgenev (Oryolda tugʻilgan), I. A. Bunin, N. S. Leskov, oryollik yozuvchilar, tarixchi T. N. Granovskiy, kompozitor V. S. Kalinnikov muzeylari, oʻlkashunoslik muzeyi, suratlar galereyasi, "Oryol hujumi operatsiyasi" muzey-dioramasi mavjud. O. 1566 yilda Rus davlati jan. chegarasini himoya qiluvchi qalʼa si-fatida qurilgan. 1778 yildan Oryol gubernyasi markazi. 17 a. oʻrtalaridan galla savdosining muhim markazi. O.da 18—19-asrlar tarixiy-meʼmoriy yodgorliklaridan Nikolo-Peskov va Mixail Arxangel cherkovlari, "Dvoryanlar uyasi" (hozirgi shahar madaniyat va istiro-hat bogʻi hududi) atrofidagi binolar saklangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil