Igor Ozhiganov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Igor Ozhiganov
Ozhiganov Sibir Novosibirsk klubida 2013-yil
Tugʻilgan joyi 13-oktyabr 1992-yil (1992-10-13) (31 yosh)
Krasnogorsk, Rossiya
Boʻyi 6 ft 2 in (188 cm)
Ogʻirligi 207 lb (94 kg; 14 st 11 lb)
Pozitsiyasi himoyachi
Maydondagi joylashgan oʻrni oʻng qanot
KHL
Sobiq jamoalar
SKA Saint Petersburg
CSKA Moscow
Amur Khabarovsk
Sibir Novosibirsk
Toronto Maple Leafs
Ak Bars Kazan
Milliy jamoa  Rossiya
Jamoalardagi faoliyat 2011—hozirgacha

Igor Olegovich Ozhiganov (talaffuzi: Igor Olegovich Ojiganov) (ruscha: Игорь Олегович Ожиганов; 1992-yil 13-oktyabrda tugʻilgan) – rossiyalik professional xokkey himoyachisi. Igor Ozhiganov hozirda „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubi safida Kontinental xokkey ligasida (KHL) oʻymoqda.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Igor Ozhiganov „HC CSKA Moscow“ xokkey klubining oʻsmirlar jamoasida tarbiyalangan edi. 2010—2011-yilgi mavsumda Igor Ozhiganov Kontinental xokkey ligasida (KHL) „HC CSKA Moscow“ klubi bilan ikkita oʻyinda ishtirok etib, ilk professional oʻyinini oʻtkazdi.

„HC CSKA Moscow“, „Amur Khabarovsk“ va „Sibir Novosibirsk“ xokkey klublari safida oʻzining ajoyib oʻyin uslubini koʻrsatganidan soʻng, Igor Ozhiganov 2017-yilning avgust oyida „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi aʼzolari Mike Babcock va Lou Lamoriellolar bilan uchrashdi[1]. „Toronto Maple Leafs“ klubi bilan shartnoma imzolashi haqida uzoq vaqtdan beri mish-mishlar yurgan boʻlsa-da, Igor Ozhiganov 2017—2018-yilgi mavsumni „HC CSKA Moscow“ xokkey klubi safida oʻtkazdi[2].

2018-yilning 17-may kuni Igor Ozhiganov „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi bilan bir yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[3]. „Maple Leafs“ klubining oʻquv-mashgʻulot yigʻinida qatnashganidan soʻng, Igor Ozhiganov 2018—2019-yilgi mavsum uchun klubning asosiy jamoasi safida qoldi. Igor Ozhiganov klub safidagi birinchi mavsumida 53 ta oʻyinda maydonga tushib, 7 ochko toʻpladi[4].

2019-yil 1-may kuni Igor Ozhiganovning KHL huquqlari „Ak Bars Kazan“ xokkey klubiga oʻtkazildi[5]. Shundan soʻng, u 2019-yil 17-may kuni „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubini tark etib, „Ak Bars Kazan“ xokkey klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[6].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Igor Ozhiganov badiiy gimnastikachi Aleksandra Merkulova bilan turmush qurgan[7]. Ularning bir oʻgʻli bor[8].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2009—2010 Krasnaya Armiya MHL 63 3 8 11 167 5 0 1 1 4
2010—2011 Krasnaya Armiya MHL 48 4 14 18 129 16 0 4 4 22
2010—2011 CSKA Moscow KHL 2 0 0 0 0
2011—2012 Krasnaya Armiya MHL 35 9 18 27 48
2011—2012 CSKA Moscow KHL 7 2 0 2 2
2012—2013 Amur Khabarovsk KHL 49 3 12 15 32
2012—2013 CSKA Moscow KHL 4 0 1 1 2 6 1 0 1 0
2013—2014 Sibir Novosibirsk KHL 52 1 5 6 34 10 1 2 3 6
2014—2015 Sibir Novosibirsk KHL 59 8 13 21 62 16 2 3 5 10
2015—2016 CSKA Moscow KHL 50 5 11 16 36 11 3 2 5 2
2016—2017 CSKA Moscow KHL 50 8 14 22 61 9 0 1 1 0
2017—2018 CSKA Moscow KHL 42 2 7 9 12 5 0 0 0 2
2018—2019 Toronto Maple Leafs NHL 53 3 4 7 14
2019—2020 Ak Bars Kazan KHL 19 1 7 8 12
2019—2020 SKA Saint Petersburg KHL 35 2 10 12 16 4 0 2 2 2
2020—2021 SKA Saint Petersburg KHL 54 7 22 29 18 16 3 4 7 4
2021—2022 SKA Saint Petersburg KHL 25 3 7 10 8 13 3 3 6 8
KHL jami 448 42 109 151 295 90 13 17 30 34
NHL jami 53 3 4 7 14

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Report: Leafs show interest in Russian defenceman Igor Ozhiganov - Sportsnet.ca“. Sportsnet.ca. Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.
  2. „Maple Leafs sign four players to ELCs“. Pension Plan Puppets. Qaraldi: 2018-yil 17-may.
  3. „Maple Leafs sign four to entry-level contracts“. Toronto Maple Leafs (2018-yil 17-may). Qaraldi: 2018-yil 18-may.
  4. „Igor Ozhiganov expected to return to native Russia“. CBS Sports (2019-yil 26-aprel). Qaraldi: 2019-yil 26-aprel.
  5. „CSKA make trade with Ak Bars“ (Russian). CSKA Moscow (2019-yil 1-may). Qaraldi: 2019-yil 1-may.
  6. „Igor Ozhiganov signs contract with Ak Bars“ (Russian). Ak Bars Kazan (2019-yil 17-may). Qaraldi: 2019-yil 17-may.
  7. Hornby, Lance. „LEAFS LOCKER: Igor an eager learner of the language“. Toronto Sun (2018-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 5-oktyabr.
  8. Hornby, Lance. „New Leafs defenceman 'Ozzie' already in love with Toronto“. Toronto Sun (2018-yil 24-avgust). Qaraldi: 2018-yil 5-oktyabr.