Andrei Kuzmenko

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrei Kuzmenko
Tugʻilgan joyi 4-fevral 1996-yil (1996-02-04) (28 yosh)
Yakutsk, Rossiya
Boʻyi 5 ft 11 in (180 cm)
Ogʻirligi 203 lb (92 kg; 14 st 7 lb)
Pozitsiyasi hujumchi
Maydondagi joylashgan oʻrni oʻng qanot
NHL
Sobiq jamoalar
Vancouver Canucks
CSKA Moscow
SKA Saint Petersburg
Jamoalardagi faoliyat 2014—hozirgacha

Andrei Alexandrovich Kuzmenko (talaffuzi: Andrey Aleksandrovich Kuzmenko) (ruscha: Андрей Александрович Кузменко Aleksandrovich Kuzmenko) (1996-yil 4-fevralda tugʻilgan) — rossiyalik professional xokkeychi. Andrei Kuzmenko hozirda Milliy xokkey ligasining (NHL) „Vancouver Canucks“ xokkey jamoasida oʻynaydi.

Oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andrei Kuzmenko Kontinental xokkey ligasidagi debyutini KHLning 2014—2015-yilgi mavsumida „HC CSKA Moscow“ xokkey jamoasida oʻtkazdi[1]. 2017—2018-yilgi mavsumda Andrei Kuzmenko 21 yoshli xokkeychi sifatida „HC CSKA Moscow“ xokkey klubi bilan 45 oʻyinda 13 gol va 25 ochko toʻplagan holda karyerasidagi eng yaxshi koʻrsatkichlarini qayd etdi. Shuningdek, Andrei Kuzmenko klubning Gagarin kubogi finaliga chiqishiga yordam berdi.

2018—2019-yilgi mavsum uchun Andrei Kuzmenko „HC CSKA Moscow“ xokkey klubi tomonidan 2018-yilning 8-avgustida Sergey Kalinin evaziga „SKA Saint Petersburg“ xokkey klubiga almashtirildi[2].

2021—2022-yilgi mavsumda Andrei Kuzmenko oʻzining hujumkorlik oʻyinlarini kuchaytirib, klub safida 45 ta oʻyinda 20 ta gol va 33 ta golli uzatma bilan 53 ochko toʻplab, klubning toʻpurarlar yetakchisi boʻldi. Andrei Kuzmenko mavsumdan soʻng jamoani boshqardi.

2022-yil 20-iyun kuni Andrei Kuzmenko „Vancouver Canucks“ xokkey klubi bilan bir yillik boshlangʻich darajadagi shartnomaga imzo chekdi[3][4]. Andrei Kuzmenko NHLdagi debyutini 2022-yil 13-oktyabrda oʻtkazdi. Ushbu uchrashuvda Andrei Kuzmenko klub safida „Edmonton Oilers“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda (5:3 hisobida magʻlubiyat) maydonga tushib, gol urishga muvaffaq boʻldi[5]. 2022-yil 3-noyabr kuni Andrei Kuzmenko NHLda karyerasidagi ilk xet-trikini (toʻrt ochkolik oʻyinda) qayd etishga erishdi[6].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muntazam mavsum Pley-off oʻyinlari
Mavsum Klub Liga Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2012—2013 Krasnaya Armiya MHL 49 5 7 12 8
2013—2014 Krasnaya Armiya MHL 36 13 18 31 2 18 3 3 6 0
2014—2015 Krasnaya Armiya MHL 37 20 21 41 20 13 4 10 14 0
2014—2015 CSKA Moscow KHL 12 1 2 3 0 1 0 0 0 0
2015—2016 CSKA Moscow KHL 15 1 2 3 0
2015—2016 Zvezda Chekhov VHL 17 2 4 6 2
2015—2016 Krasnaya Armiya MHL 5 1 3 4 0 7 8 1 9 2
2016—2017 CSKA Moscow KHL 34 6 9 15 6 1 0 0 0 2
2016—2017 Zvezda Chekhov VHL 23 11 17 28 4 5 1 3 4 0
2016—2017 Krasnaya Armiya MHL 3 3 0 3 0 13 11 13 24 6
2017—2018 CSKA Moscow KHL 45 13 12 25 12 15 4 1 5 6
2017—2018 Zvezda Chekhov VHL 7 5 5 10 2
2018—2019 SKA Saint Petersburg KHL 58 12 19 31 20 9 0 0 0 4
2019—2020 SKA Saint Petersburg KHL 49 14 19 33 6 4 3 1 4 0
2020—2021 SKA Saint Petersburg KHL 57 18 19 37 14 15 4 2 6 4
2021—2022 SKA Saint Petersburg KHL 45 20 33 53 10 16 7 7 14 12
KHL jami 315 85 115 200 68 61 18 11 29 28

Xalqaro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yil Jamoa Tadbir Natija Oʻyin Gol Golli uzatma Ochko Penalti
2013-yil Rossiya U17 2nd 6 1 0 1 2
2016-yil Rossiya WJC 2nd 7 0 0 0 2
2021-yil ROC WC 5 2 1 1 2 0
Oʻsmirlar (jami) 13 1 0 1 4
Kattalar (jami) 2 1 1 2 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Andrei Kuzmenko player profile“. Kontinental Hockey League (2018-yil 4-mart). Qaraldi: 2018-yil 4-mart.
  2. „SKA trades Kalinin to CSKA for Kuzmenko“ (Russian). Kontinental Hockey League (2018-yil 8-avgust). Qaraldi: 2018-yil 8-avgust.
  3. „Top KHL forward Andrei Kuzmenko set to sign with Canucks“ (English). SportsNet (2022-yil 20-iyun). Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
  4. „KHL star Kuzmenko to sign with Canucks“. The Sports Network (2022-yil 20-iyun). Qaraldi: 2022-yil 20-iyun.
  5. „Canucks' Andrei Kuzmenko: Gets goal in NHL debut“. CBS Sports (2022-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-noyabr.
  6. „Kuzmenko nets first NHL hat trick as Canucks down Ducks“. Sportsnet (2022-yil 4-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 4-noyabr.