Saratov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Saratov (ruscha: Саратов, tatarcha: Сарытау) - RFdagi shahar (1780-yildan), Saratov viloyati markazi. Volga (idel) daryosining oʻng sohilidagi yirik dare porti (Volgograd suv ombori). Transport yoʻli va avtomobil yoʻllari tuguni. Aholisi 886,1 ming kishi (1998). S. 1590-yilda qalʼa sifatida barpo qilingan. 1670— 71 yillardagi dehqonlar urushi davrida saratovliklar shaharni ST. Razinta topshirib unga faol yordam berdilar, 1774-yilda S.ni Ye. I. Pugachyov qoʻshinlari bosib oldi. 1780-yildan Saratov noibligining, 1797-yildan Saratov gubernyasi, 1928-yildan Quyi Volga, 1934— 36 yillarda Saratov oʻlkasi markazi. Hozirgi S. — Rossiya Federatsiyasining yirik sanoat markazi. Mashinasozlik (stanoksozlik, dizel, energetika mashinasozligi, elektr termik jihozlar, podshipnik va boshqa zavodlar), neftni qayta ishlash, kimyo, yogʻochsozlik, oziq-ovqat sanoatlari korxonalari, texnik shisha zavodlari bor. 10 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet, konservatoriya), sirk, filarmoniya, 4 teatr (shu jumladan, opera va balet teatri), oʻlkashunoslik, A. N. Radishchev badiiy muzeylari, yozuvchilar N. T. Chernishevskiy (S.da tugilgan va vafot etgan), K.A. Fedin muzeylari mavjud[1].

Meʼmoriy yodgorliklardan Troitsa sobori (17-asr) va turar joy binolari (19-asr 1-yarmi) saqlangan.[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Saratov shahri haqida ma'lumot
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil