Bresha

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Breshiadan yoʻnaltirildi)
Brescia (2015)

Bresha, Breshia — Shim. Italiya dagi shahar. Alp togʻlari etagida, Lombardiyada, Bresha provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 197 ming kishi (1990). Temir yoʻl tuguni. Metallsozlik, mashinasozlik (avtomobil yigʻish, qishloq xoʻjaligi va toʻqimachilik mashinasozligi), kimyo, toʻqimachilik, oziq-ovqat va harbiy sanoat rivojlangan. Musiqa asboblari (organ) ishlab chiqariladi. Adabiyot va sanʼat akademiyasi, unt, badiiy galereyalar bor. Meʼmoriy yodgorliklardan qad. rim qurilishlari, ratusha (11—13-asrlar), Duomo Vekkyu sobori (11—15-asrlar) saqlangan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil