José Altafini

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xose Altafinidan yoʻnaltirildi)
José Altafini
Altafini 2008-yilda (chapda)
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi José João Altafini
Tavallud sanasi 24-iyul 1938-yil (1938-07-24) (85 yosh)
Tavallud joyi Piracicaba, Braziliya
Boʻyi 1.76 m
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1956—1958 Palmeiras 114 (89)
1958—1965 AC Milan 205 (120)
1965—1972 Napoli 180 (71)
1972—1976 Juventus 74 (25)
1976 Toronto Italia
1976—1979 Chiasso 60 (18)
1979—1980 Mendrisiostar 20 (11)
Milliy terma jamoa
1957—1958 Brazil 8 (4)
1961—1962 Italy 6 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

José João Altafini (talaffuzi: Xose João Altafini; 1938-yil 24-iyulda tugʻilgan) — Braziliyada "Mazzola" nomi bilan tanilgan (italiyalik afsonaviy futbolchi Valentino Mazzolaga oʻxshab ketgani uchun) italyan-braziliyalik sobiq hujumkor futbolchi[1].

Faoliyatini Braziliyaning Palmeiras jamoasida boshlagan boʻlsa-da, tez orada A Seriyada futbol oʻynash maqsadida Italiyaga koʻchib oʻtgan. Futbolchi asosan, Italiyaning A.C. Milan klubidagi muvaffaqiyatli faoliyati bilan esga olinadi. Jamoadagi oʻyinlari bilan ichki va xalqaro miqyosda katta muvaffaqiyatlarga erishgan. U keyinchalik, Napoli va Yuventus klublarida ham toʻp tepishga muvaffaq boʻlgan. Faoliyati Shveysariyada tamomlashidan oldin Chiasso va Mendrisiostar jamoalari tarkibida ham harakat qilgan[2][3][4].

Sermahsul toʻpurar sifatida eʼtirof etilfan Altafini 50 yildan ortiq vaqt davomida yevrokuboklarda eng koʻp gol urish boʻyicha rekordchi boʻlib turgan. Futbolchi yevrokuboklarda bir oʻyinda beshta gol urishga sazovor boʻlgan sakkiz futbolchidan biridir[2]. U 216 ta gol bilan Italiya A Seriyasi tarixidagi eng sermahsul toʻpurarlar roʻyxatida toʻrtinchi oʻrinni egallaydi (Giuseppe Meazza (talaffuzi: Juzeppe Miatsa) bilan birga). Shuningdek, 24 yoshu 239 kunlik paytida A Seriya tarixidagi 100 ta gol urgan eng yosh beshinchi oʻyinchi sifatida qayd etiladi[5][6][7][8][9].

Xalqaro maydonlarda Braziliya va Italiyani terma jamoalari sharafini himoya qilgan. 1958-yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatida gʻalaba qozongan Braziliya terma jamoasi tarkibida harakat qilgan. 1962-yilgi FIFA Jahon chempionatida Italiya sharafini himoya qilgan.

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Italiyada[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub, mavsum va musobaqalar boʻyicha oʻyinlar va gollar
Klub Mavsum Ligada Kubokda Yevropada Boshqa Jami
Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
AC Milan 1958—59 32 28 4 4
2 2 38 34
1959—60 33 20
4 2 2 4 39 26
1960—61 34 22 2 4
2 0 38 26
1961—62 33 22
2 0
35 22
1962—63 31 11 2 1 9 14 4 5 46 31
1963—64 30 14 1 0 4 4 3 1 38 19
1964—65 12 3
12 3
Umumiy 205 120 9 9 19 20 13 12 246 161
Napoli 1965—66 34 14 2 1 - - 5 7 41 22
1966—67 27 16 1 1 5 1
33 18
1967—68 29 13 2 1 3 3
34 17
1968—69 21 5 4 2 3 1
28 8
1969—70 15 8 3 0 3 0 5 3 26 11
1970—71 25 7 11 4
36 11
1971—72 29 8 5 2 2 0
36 10
Umumiy 180 71 28 11 16 5 ? 10 234 97
Juventus 1972—73 23 9 6 0 6 3
35 12
1973—74 21 7 8 2 2 1 1 0 32 10
1974—75 20 8 6 0 9 5
35 13
1975—76 10 1 4 1 3 0
17 2
Umumiy 74 25 24 3 20 9 1 0 119 37
Jami 459 216 61 23 55 34 24 22 599 295

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Carlisle, Jeff. Soccer's Most Wanted™ II: The Top 10 Book of More Glorious Goals, Superb Saves, and Fantastic Free-Kicks. Potomac Books, Inc., 28-fevral 2009-yil — 185– bet. ISBN 9781597976589. 2012-yil 27-noyabrda qaraldi. 
  2. 2,0 2,1 „José Joao ALTAFINI ("Mazola")“ (italyancha). magliarossonera.it. 2014-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-dekabr 2014-yil.
  3. Stefano Bedeschi. „Gli eroi in bianconero: Josè ALTAFINI“ (italyancha). TuttoJuve. Qaraldi: 28-dekabr 2014-yil.
  4. „Josè ALTAFINI: l'uomo dalle mille vite“ (italyancha). Storie di Calcio. Qaraldi: 28-dekabr 2014-yil.
  5. „Icardi 100: Inter captain's Serie A landmark in Opta numbers“. FourFourTwo (18-mart 2018-yil). Qaraldi: 18-mart 2018-yil.
  6. „Icardi hits Serie A Century“. Football Italia (18-mart 2018-yil). Qaraldi: 18-mart 2018-yil.
  7. Andrew Dampf. „Icardi passes 2 century marks with 4-goal performance“. The Washington Post (18-mart 2018-yil). 1-aprel 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-mart 2018-yil.
  8. Redazione La Nazione. „Solo Altafini come Gilardino: bomber a 26 anni“. Goal.com. Qaraldi: 5-mart 2016-yil.
  9. Giansandro Mosti. „Gila, numeri da urlo. Più decisivo di Altafini: alla sua età Bati era indietro“. La Nazione. 26-fevral 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5-mart 2016-yil.