Kanada — Qozogʻiston munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Kanada — Qozogʻiston munosabatlari

Kanada

Qozogʻiston

Kanada — Qozogʻiston munosabatlari — Kanada va Qozogʻiston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Ikkala davlat ham BMTga aʼzo. Mamlakatlar oʻzaro diplomatik aloqalarni 1992-yilda oʻrnatgan. Kanadaning Nur-Sultonda, Qozogʻistonning Ottavada elchixonasi va Torontoda konsulligi mavjud.

Ikkala mamlakat ham Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining toʻlaqonli aʼzolari. Qozogʻiston Prezidenti Nursulton Nazarboyev 2003-yil may oyida Kanadaga rasmiy tashrif bilan kelgan.

Siyosiy munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kanada va Qozogʻiston 1992-yilda oʻzaro diplomatik aloqalarni oʻrnatganlar[1]. Kanada dastlab Olmaotada oʻz elchixonasini tashkil qildi va keyinchalik Ostonaga koʻchirdi[1]. Ottavada Qozogʻisztonning elchixonasi mavjud[1]. 2009-yil 31-martda Qozogʻiston Prezidenti Nursulton Nazarboyev Kanadaning sobiq bosh vaziri Jan Kretien bilan uchrashib, oʻzaro munosabatlarni chuqurlashtirishni muhokama qildi. Ularning suhbatlaridan soʻng Jan Kretien „Biz yangi iqtisodiy imkoniyatlardan foydalanishimiz kerak. Yangi loyihalarni boshlash vaqti allaqachon keldi. Qozogʻiston Prezidenti bilan muzokaralar davomida biz turli sohalardagi hamkorlikni muhokama qildik. Qozogʻiston va Kanada birgalikda ishlashi mumkin“-deb bayonot berdi[2][3]. Shuningdek, 2009-yilda Qozogʻiston Bosh vaziri Karim Masimov Kanadalik senator Konsiglio Di Nino bilan uchrashdi[4].

2013-yil 13-noyabrda Qozogʻiston va Kanada tashqi ishlar vaziri tinch atom energiyasi va yangi texnologiyalar boʻyicha yangi shartnomani imzoladilar. Ikki tomon qishloq xoʻjaligi va viza rejimlarini ham muhokama qildilar[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 „Canada-Kazakhstan Relations“. Government of Canada. Qaraldi: 13-aprel 2009-yil. [sayt ishlamaydi][sayt ishlamaydi]
  2. „Kazakh President receives ex-Premier of Canada“. KAZINFORM. Qaraldi: 13-aprel 2009-yil.
  3. „Nazarbayev, ex-Prime Minister of Canada discussed strengthening of bilateral trade and economic cooperation“. Kazakhstan Today. Qaraldi: 13-aprel 2009-yil.[sayt ishlamaydi]
  4. „Senate of Canada“. KAZINFORM (9-aprel 2009-yil). Qaraldi: 13-aprel 2009-yil.
  5. „Archived copy“. 31-avgust 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-noyabr 2013-yil.