Qozogʻiston — Turkiya munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qozogʻiston — Turkiya munosabatlari

Turkiya

Qozogʻiston

Qozogʻiston — Turkiya munosabatlari — Qozogʻiston va Turkiya oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Qozogʻiston 1991-yil 16-dekabrda mustaqillik deklaratsiyasini qabul qilgan onda Turkiya birinchi boʻlib Qozogʻistonning mustaqilligini tan oldi[1]. Ikki mamlakat oʻrtasida diplomatik aloqalar 1992-yil 2-martda oʻrnatildi. Ushbu aloqalar xalqaro miqyosda hamda savdo va strategik ishlarda ijobiy rivojlanmoqda[2]. Qozogʻistonning Anqarada elchixonasi va Istanbulda bosh konsulligi mavjud. Olmaotada Turkiyaning elchixonasi va Nur-Sultonda bosh konsulligi bor.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anqarada Nursulton Nazarboyevning haykali

Ikki millat oʻrtasidagi munosabatlar chuqur ildizlarga ega, chunki birinchi marta rasmiy diplomatik aloqalarni 1713-yilda Qozoq xonligi va Usmonlilar imperiyasi oʻrtasida boshlangan. Ammo keyingi asrlarda ruslarning bosqini ortidan aloqalar uzulgan. 1991-yil mart oyida Qozogʻistonning oʻsha davrdagi Qozogʻiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning taklifiga binoan Turkiya Prezidenti Turgut Özalning rasmiy tashrifi amalga oshirildi[3]. Ushbu tashrif Qozogʻistonga xorijiy davlat rahbarining ilk tashrifi edi. Ushbu tashrif davomida Turkiya va Qozogʻiston siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik, ekologik, madaniy, ijtimoiy, aloqa va boshqa sohalarda hamkorlik toʻgʻrisida bitim imzoladilar.

Iqtisodiy munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozogʻistonga kirib keladigan 50 milyard dollarlik investitsiyaning 2 milyardi Turkiya tomonidan amalga oshiriladi. Turkiya Qozogʻiston umumiy savdo hajmining 1,2 foizini tashkil etadi va Qozogʻistonning qurilish va toʻqimachilik sanoatida faol ishtirok etadi. 2005-yilda mamlakatlar oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 556,8 million AQSh dollarini tashkil etdi va 2004-yildagi 500 million dollardan 13,8 foizga oʻsdi va 2006-yilda bir milliard AQSh dollarigacha boʻlgan savdo aylanmasi hajmiga koʻtarilishi rejalangan edi. Turkiya Qozogʻistonning energetika va telekommunikatsiya sohalariga sarmoyalarni kengaytirishga kuch sarflamoqda. Qozogʻiston qurilish ishlariga turkiyalik ishchilarni yollash uchun kvotalarni oshirdi. Qozogʻiston Turkiya bilan birgalikda Qora dengizda neftni qayta ishlash zavodi qurishni rejalamoqda.

Diplomatika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozogʻiston
Turkiya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Relations between Turkey and Kazakhstan“. Turkish Ministry of Foreign Affairs. Qaraldi: 4-fevral 2014-yil.
  2. Yermukanov, Marat (7–dekabr 2006–yil). „Kazakhstan and Turkey spearhead the integration of Turkic nations“. Eurasian Daily Monitor. 3-jild, № 226. Jamestown Foundation. 25–fevral 2014–yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10–oktabr 2008–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  3. Years, Akmaral Arystanbekova in Kazakhstan’s Independence: 30; March 2021, Op-Ed on 13 „30 Years Ago, Turkish President Paid First Official Visit to Kazakhstan“ (en). The Astana Times (2021-yil 13-mart). Qaraldi: 2021-yil 27-mart.