Fransiya — Qozogʻiston munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Fransiya — Qozogʻiston munosabatlari
France Kazakhstan Locator.png

Fransiya

Qozogʻiston

Fransiya — Qozogʻiston munosabatlari — Fransiya va Qozogʻiston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar.

History[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovet Ittifoqi tarqalib ketgandan soʻng, Qozogʻiston 1991-yil dekabrda mustaqil davlatga aylandi. Fransiya va Qozogʻiston 1992-yil 25-yanvarda diplomatik aloqalarni oʻrnatgan boʻlib, Fransiya Qozogʻistonni tan olgan birinchi Yevropa davlatiga aylandi[1]. 1993-yil sentabr oyida Fransiya Prezidenti François Mitterrand Qozogʻistonga rasmiy tashrif bilan keldi[2]. 2008-yil iyun oyida ikkala davlat strategik sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni imzoladilar va 2010-yilda ikkala davlat ham qoʻshma prezident komissiyasini tuzdilar, har ikki davlat rahbarlarining har yili tashriflarini tashkil etilishi va 2011-yildan boshlab har ikki davlat tashqi ishlar vazirlari oʻrtasida yillik maslahatlashuvlarni tashkil qilinishi belgilab olindi[3].

2008-yilda Fransiya oʻz elchixonasini sobiq poytaxt Olmaotadan mamlakatning yangi poytaxti Nur-Sulton shahriga koʻchirdi. Qozogʻiston va Fransiya oʻzaro munosabatlarni 2008-yil iyun oyida strategik sheriklik haqida bitim imzolash orqali kuchaytirdilar[4].

Yuqori darajadagi tashriflar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fransiyadan Qozogʻistonga prezident tashriflari[2][5]

Qozogʻistondan Fransiyaga prezident tashriflari

Ikki tomonlama munosabatlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1992-yildan buyon ikkala davlat ham bir nechta ikki tomonlama shartnomalarni imzoladilar. Masalan, Doʻstlik, oʻzaro tushunish va hamkorlik shartnomasi (1992), Madaniy hamkorlik toʻgʻrisidagi bitim (1993), Afgʻonistonga kelayotgan va qaytib ketayotgan fransuz harbiy xizmatchilarining Chimkent aviabazasidan foydalanish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri havo va poyezd xizmati toʻgʻrisida shartnoma (2009)[3].

Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]

Air Astana bilan ikki mamlakat oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri uchish reyslar mavjud.

Savdo[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda Fransiya va Qozogʻiston oʻrtasidagi savdo hajmi 3 milliard yevroni tashkil qilgan. Qozogʻiston Markaziy Osiyodagi Fransiyaning eng yirik savdo sherigi, Fransiya esa Qozogʻistonning global miqyosda oltinchi yirik savdo sherigi hisoblanadi. Fransiya Qozogʻistonning uchinchi yirik sarmoyachisi boʻlib, Qozogʻiston iqtisodiyotiga qariyb 10 milliard dollar sarmoya kiritgan.

Doimiy diplomatik vakolatxonalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Fransiyaning Nur-Sultonda elchixonasi va Olmaotada bosh konsulligi mavjud[6].
  • Qozogʻistonning Parijda elchixonasi bor[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]