Qozogʻiston — Qatar munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qozogʻiston — Qatar munosabatlari

Qozogʻiston

Qatar

Qozogʻiston — Qatar munosabatlari — Qozogʻiston va Qatar oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Diplomatik aloqalar 1993-yilda oʻrnatilgan. Qozogʻistonning Dohada elchixonasi bor[1] . Qatarning Nur-Sultonda elchixonasi mavjud[2].

Diplomatik aloqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozogʻiston va Qatar 1993-yil iyulda diplomatik munosabatlarni rasmiylashtiradigan rasmiy bitimni imzoladilar[3]. Qozogʻiston Dohada 2007-yil may oyida oʻz elchixonasini tashkil etdi. Qatar elchixonasi 2016-yil oktabr oyida Qozogʻiston poytaxti Nur-Sultondaochildi. Ahmed bin Ali Al Tamimi Qatarning Qozogʻistondagi birinchi va hozirgi kundago doimiy elchisidir[4].

Iqtisodiy aloqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qozogʻistonning yangi poytaxti Ostona qurilishiga Qatar ajratgan mablagʻlar yordam berdi. 6,8 million dollar Qatar tomonidan ushbu shaharda Islom markazi qurilishini moliyalashtirish uchun ajratilgan[4].

Qozogʻiston va Qatar oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilashga yordam berish uchun Qozogʻiston-Qatar qoʻshma hukumatlararo komissiyasi tuzildi. Toʻrtta uchrashuv oʻtkazilgan: 2000-yil iyun, 2001-yil may, 2009-yil oktabr va 2015-yil oktabrda[3].

Qatar-Qozogʻiston ishbilarmonlar kengashi birinchi yigʻilishini 2008-yil oktabr oyida oʻtkazdi. Uchrashuv davomida Qatarning gaz va neft sohasidagi biznes imkoniyatlari hamda qoʻshma korxonalarni qurish masalalari muhokama qilindi[5].

Ikkala mamlakat ham Islomiy bank sohasida hamkorlik qilmoqda, Qatar moliya markazi va Ostona xalqaro moliya markazi 2016-yil avgust oyida oʻzaro anglashuv memorandumini imzolaganlar[6].

Mediya aloqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qatar Al-Jazeera konglomerati oʻzining Markaziy Osiyodagi filialini Olmaotada 2008-yil fevral oyida ochgan[5].

Migratsiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil maʼlumotiga koʻra Qatarda 200 ga yaqin Qozogʻiston fuqarosi istiqomat qiladi. Ularning aksariyati Qatarning gaz va neft sanoatida ishlaydi[7].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Kazakh Embassy in Doha, Qatar“. embassypages.com. Qaraldi: 31-may 2018-yil.
  2. „Qatari Embassy in Nur-Sultan, Kazakhstan“. embassypages.com. Qaraldi: 31-may 2018-yil.
  3. 3,0 3,1 „Kazakhstan - Qatar“. The Ministry of Foreign Affairs (Kazakhstan). Qaraldi: 31-may 2018-yil.
  4. 4,0 4,1 „Qatar-Kazakhstan Relations“. Qatari Embassy in Astana. 2018-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-may 2018-yil. (Wayback Machine saytida 2018-12-21 sanasida arxivlangan)
  5. 5,0 5,1 „Kazakhstan-Qatar“. Embassy of Kazakhstan in Qatar. 2018-yil 15-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-may 2018-yil. (Wayback Machine saytida 2018-08-15 sanasida arxivlangan)
  6. „Astana IFC, QFC Regulatory Authority inked memo of coop“. KazInform (31-avgust 2016-yil). 2022-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-may 2018-yil.
  7. Gulbarshyn Sabayeva. „Kazakhstan, Qatar Poised to Expand Economic Ties, Ambassador in Doha Says“. Astana Times (8-iyun 2015-yil). Qaraldi: 31-may 2018-yil.