Braziliya — Qozogʻiston munosabatlari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Braziliya — Qozogʻiston munosabatlari

Braziliya

Qozogʻiston

Braziliya — Qozogʻiston munosabatlari — Braziliya va Qozogʻiston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar. Ikkala davlat ham BMTga aʼzo.

Tarix[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sovet Ittifoqi tarqatib yuborilgandan koʻp oʻtmay, Braziliya 1991-yil 26-dekabrda Qozogʻiston mustaqilligini tan oldi[1]. Ikki mamalakat oʻrtasida diplomatik aloqalar 1993-yil 22-sentabrda oʻrnatilgan[1]. Dastlabki yillarda har ikki davlat oʻrtasida diplomatik aloqa kam boʻlgan, har ikki davlat vakillari faqat BMT kabi xalqaro forumlarda uchrashishgan.

2006-yil avgustda Braziliya Ostona (hozirgi Nur-Sulton) shahrida oʻz elchixonasini ochdi[2]. 2007-yilda Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarboyev rasmiy tashrif bilan Braziliyaga bordi[2]. Tashrif Braziliya Prezidenti Luiz Inacio Lula da Silvaning 2009-yilda Qozogʻistonga kelishi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan[2]. 2012-yil oktabr oyida Qozogʻiston Braziliyada doimiy elchixonasini ochgan[1].

Braziliya va Qozogʻiston global taraqqiyotda, masalan, barqaror rivojlanish va atrof-muhitni saqlash bilan bogʻliq masalalarda oʻxshash pozitsiyalarga ega davlatlar hisoblanadi. Braziliya Qozogʻistonning Jahon Savdo Tashkilotiga kirishini va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashiga doimiy aʼzo boʻlish talabini qoʻllab-quvvatladi[3].

Qozogʻistonda bir nechta Braziliya kompaniyalari faoliyat yuritmoqda va yana bir nechta Braziliya kompaniyalari mamlakatda ishlab chiqarish va Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligiga aʼzo davlatlarning bozorlariga eksport qilish uchun oʻz vakolatxonasini yaratish niyatida. Qozogʻistonning asosiy aviakompaniyasi „Air Astana“ Braziliyada ishlab chiqarilgan oʻndan ortiq Embraer samolyotlariga egalik qiladi va ularni boshqaradi[2].

Yuqori darajadagi tashriflar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braziliyadan Qozogʻistonga uyushtirilgan yuqori darajadagi tashriflar
Qozogʻiston Braziliyaga uyushtirilgan yuqori darajadagi tashriflar

Ikki tomonlama shartnomalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilda ikkala davlat ham mahkumlarni oʻtkazish va jinoiy ishlar boʻyicha oʻzaro yordam haqida ekstraditsiya toʻgʻrisida bitimlar imzoladilar.

Doimiy diplomatik vakolatxonalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Kazakhstan-Brazil relations
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Relations between Brazil and Kazakhstan (in Portuguese), 2021-07-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-04-03
  3. Relações Brasil-Cazaquistão (in Portuguese)
  4. Embassy of Brazil in Nur-Sultan
  5. Embassy of Kazakhstan in Brasília