Asqar Akayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Asqar Aqayev
Askar Akaev MoscowRia 08-2016.jpg
Qirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston Prezidenti
Mansabda
1991-yil — 2003-yilgacha
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Qurmanbek Bakiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 10-oktabr 1944-yil (1944-10-10) (77 yosh)
Kemin, Qirgʻiziston SSR
Mukofotlari Order badge of honor rib.png1-darajali Doʻstiq ordeni

Asqar Akayev (1944.10.10, Qirgʻiziston Respublikasining Kemin tumani) – Qirgizistoning birinchi prezidenti. Qirgʻiziston davlat va siyosat arbobi. Qirgʻiziston Fanlar Akademiyasi akademigi (1987), texnika fanlari doktori (1981), professor (1983). Mehnat faoliyatini 1961-yil „Frunzemash“ zavodida chilangar katta oʻqituvchi, Leningrad aniq mexanika va optika institutida doktorant. 1976-yildan Frunze politexnika institutida katta oʻqituvchi, kafedra mudiri. 1986 –87 yillarda Qirgʻiziston KP MK fan va oʻquv yurtlari boʻlimi mudiri, 1987-yildan Qirgʻiziston Fanlar Akademiyasi vise-prezidenti, 1989-yildan prezidenti. 1990-yil 27-oktabrdan Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti. Bir necha marta rasmiy tashrif bilan Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan. Fizik optika va golografiya boʻyicha ilmiy asarlar muallifi. Bir qancha universitetlar, jumladan OʻzMUning faxriy doktori (1996).

Qirgʻiziston davlat va siyosat arbobi. Qirgʻiziston Fanlar Akademiyasi akademik (1987), texnika fanlari doktori (1981), professor (1983). Mehnat faoliyatini 1961-yil "Frunzemash" zavodida chilangarlikdan boshlagan. Leningrad aniq mexanika va optika institutini tugatib (1968), shu institutda avval laborant, soʻng aspirant. 1972-73 yillarda Frunze politexnika institutida assistent, katta oʻqituvchi, Leningrad aniq mexanika va optika institutida dok-torant. 1976-yildan Frunze politexnika institutida katta oʻqituvchi, kafedra mudiri. 1986 – 87 yillarda Qirgʻiziston KP MK fan va oʻquv yurtlari boʻlimi mudiri, 1987-yildan Qirgʻiziston Fanlar Akademiyasi vitse-prezidenti, 1989-yildan prezidenti. 1990-yil 27-oktabrdan 2005-gacha Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti lavozimini bajargan. Bir necha marta rasmiy tashrif bilan Oʻzbekiston Respublikasida boʻlgan. Fizik optika va golografiya boʻyicha ilmiy asarlar muallifi. Bir qancha universitetlar, jumladan OʻzMUning faxriy doktori (1996).[1]

Ayblov[tahrir | manbasini tahrirlash]

Asqar Akayev prezidentlik vaqtida bir qator korrupsiya holatlariga aralashganlikda ayblangan va qidiruv eʼlon qilingan. Akayev necha payt Rossiyada qochqinlikda yashagan. 2021-yilning 2-avgust kuni ayblovlar uchun qonuniy chora koʻrish maqsadida Qirgʻizistonga olib kelindi[2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]