Qahramon Madumarov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Қаҳрамон Абдураҳмонович Мадумаров
Asl ismi рус. Мадумаров Кахрамон Абдурахманович
Tugʻilishi 03.03.1954
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSRIQirgʻiziston bayrogʻi Qirgʻiziston
Turmush oʻrtogʻi Xanifa (5 iyul 1958 yil).
Ota-onasi Abdurahmon Madumarov (1929-2008) — taniqli tadbirkor, ishbilarmon, Oʻsh shahridagi maishiy xizmat korxonasi teri-jun sexining mudiri boʻlib ishlaganMinavar hoji Toʻychiboyeva (1936-2003).
Bolalari Oʻtkir (16 mart 1979 yil), Erkin (10 mart 1984 yil)-stomatolog.

Qahramon Madumarov 1954 — Qirgʻiziston jamoat arbobi, taniqli tadbirkor, ishbilarmon, arab tili yetakchi tarjimoni[1].

Hayot yoʻli[tahrir]

Qahramon Abdurahmonovich Madumarov 3 mart 1954 yili Oʻsh shahrida xizmatchilar oilasida tugʻilgan, millati oʻzbek. Otasi Abdurahmon Madumarov (1929-2008) — taniqli tadbirkor, ishbilarmon, Oʻsh shahridagi maishiy xizmat korxonasi teri-jun sexining mudiri boʻlib ishlagan.

1977 yili Qahramon Madumarov Toshkent sharqshunoslik oliygoxini arab tili kasbi boʻyicha imtiyozli tamomlab, SSSRning Suriya, Yaman, Iordaniya Arab davlatlaridagi elchixonalarida, savdo vakolatxonalarida tarjimon, Oʻsh qirgʻiz-oʻzbek dorilfununida arab markazi rahbari, arab tili oʻqituvchisi, bosh oshpaz boʻlib ishlagan. Quronni yoddan biladi. Hozirda tadbirkor boʻlib ishlaydi. Oilali, ikkita oʻgʻli bor[2]. Ukasi Botirjon Madumarov Toshkent davlat dorilfununi jurnalistika kulliyotini tamomlagan, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston roʻznomalarida koʻplab maqolalari chiqqan[3]. Ismat Xushevning „Oqlanmagan ishonch qissasi“ 1 kitob 12 bobida Sholoxov vatanida asarida oʻzining kursdoshi Botirjon Madumarov xaqida yozgan[4].

Koʻplab faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan, 1985 yili ishdagi yuksak yutuqlari uchun SSSR Hukumati unga GAZ-2410 avtomobilini sovgʻa qilgan.

Manbalar[tahrir]

Havolalar[tahrir]