Portal:Angliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Angliya portali

Angliya bayrogʻi
Angliya bayrogʻi
Royal Standard of England
Royal Standard of England
Birlashgan qirollik ichida joylashgan Angliya

Angliya — Buyuk Britaniyaning bir qismi bo'lgan davlatdir. U g'arbida Uels bilan, shimolda Shotlandiya bilan, g'arb va shimoli-g'arbdagi Irlandiya dengizi orqali Irlandiya bilan, janubda esa Kelt dengizi bilan chegaradosh. Mamlakat Shimoliy Atlantikadagi Buyuk Britaniya orolining tahminan 62 % ini egallagan bo'lib, o'z ichiga Scilly va Uayt kabi 100 dan ortiq kichik orollarini ham oladi.

Bugungi kunda Angliya deb ataluvchi hududda zamonaviy odamlar So'nggi Paleolit davridan istiqomat qilib keladi, lekin mamlakat o'z nomini hududga V-VI asrlarda ko'chib kelgan german qabilalaridan bo'lmish Angllar nomidan olgan. Angliya X asrga kelib birlashgan davlatga aylandi va XV asrda boshlangan kashfiyotlar davridan buyon butun dunyoga sezilarli madaniy va yuridik ta'sir o'tkazdi. 1535-yildan keyin Uelsni ham o'z ichiga oluvchi Angliya qirolligi 1707-yilga kelib alohida mustaqil bo'lishni to'xtatdi va shu yildan boshlab, Shotlandiya qirolligi va Angliya qirolliklari birlashtirilib, Buyuk Britaniya Birlashgan Qirolligiga aylantirildi.

Angliya butun dunyo bahramand bo'layotgan yutuqlardan ko'pchiligining beshigi bo'lib, ular qatoriga Ingliz tili, Ingliz huquq tizimi (ko'plab davlatlar yuridik tizimlarining asosini tashkil qiladi), Futbol o'yini (dunyodagi eng ko'p tomoshabinga ega sport) hamda Angliya cherkovini keltirish mumkin. Angliyaning parlamentar boshqaruv tizimi ko'pchilik davlatlar tomonidan qabul qilingan. Sanoat toʻntarishi ham aynan XVIII asr Angliyasida sodir bo'lib, natijada mamlakat dunyodagi birinchi sanoatlashgan davlatga aylandi. Angliyada shuningdek inglizzabon dunyoning eng qadimgi ikki universiteti: Oxford universiteti (1096-yilda tashkil etilgan) va Cambridge universiteti (1209-yilda tashkil etilgan) joylashgan. Har ikkala universitet ham dunyodagi eng nufuzli universitetlardandir.

Angliya zamini, ayniqsa markaziy va janubiy qismi asosan past tepaliklar va tekisliklardan iborat. tepaliklar va tog'li hududlar asosan shimolda va g'arbda, xususan Dartmur, Ko'llar hududi va Shropshir tepaliklari hududlarida joylashgan. Mamlakat poytaxti London bo'lib, London metropoliten hududida 2021-yil hisobi bo'yicha 14.2 million kishi istiqomat qiladi. Angliyaning 56.5 million aholisi Buyuk Britaniya aholisining 84 foizini tashkil qiladi. Aholi asosan London, janubi-sharq, markaz, shimoli-g'arb, shimoli-sharq va Yorkshir hududlarida to'plangan va bu hududlarning har biri XIX asrda yirik sanoat markazlari sifatida shakllangan. (Full article...)

Tanlangan maqola - show another

Bu Tanlangan maqola boʻlib, u oʻzbekcha Vikipediyadagi eng yaxshi maqolalardan biri hisoblanadi

Selected article - yana koʻrsatish


Yaxshi maqola - show another

Ushbu maqola Yaxshi maqola hisoblanadi

Tasvir

Yangiliklar

Yangiliklar
Yangiliklar

No recent news

Tanlangan kontent

turkumlar


Mavzular

Shaharlar va yirik shaharchalar: BlekpulBirmingemBristolChelmsfordLidsLiverpulLondonManchesterNyukaslNottingemOksfordPortsmutSheffildSautgemptonStok-on-Trent

Madaniyat: Futbol assotsiatsiyasiRegbi futbol ittifoqiAngliya va Uels kriket kengashiIngliz ixtirolari va kashfiyoti

Geografiya: GeologiyaIqlimiTogʻlar va tepaliklarOrollarDaryolar

Iqtisodiyot: Angliya bankiLondon fond birjasiKasler kansleriPul-kredit siyosati qoʻmitasiHM G'aznachiligi

Tarix: Ingliz tili tarixi xronologiyasiTarixdan oldingi BritaniyaRim BritaniyaAnglosakson AngliyaNormand AngliyasiPlantagenet EnglandLankaster uyiYork uyiTudor uyiStyuart uyi

Boshqaruv: Angliya QirolligiBirlashgan Qirollik Bosh vaziriBirlashgan Qirollik parlamentiUy kotibiAngliya uchun mahalliy hukumat chegara komissiyasiAngliyaning ma'muriy bo'linmalariIngliz qonuni

Belgilar: BayroqlarAngliya bayrog'iSent-Jorj xochiTudor atirgulAngliya gerbi


Associated Wikimedia

Portallar yordamida Vikipediyani kashf eting.

Keshni tozalash