Anglikan cherkovi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Anglikan cherkovi – Angliya-dagi davlat cherkovi. Protestant cherkovlaridan biri. Uning diniy marosim va tashkiliy qoidalari boshqa protestant cherkovlariga qaraganda katolik cherkoviga yaqin turadi. Anglikan cherkovi 16-asrning 30-yillari 478ingliz qiroli Genrix VIII islohotlari natijasida vujudga keldi. Islohot cher-kov yerlarini oʻzlariga qaratib olishga intilgan yuqori tabaqa bilan yangi yer aristokratiyasining manfaatlarini yoqlashga qaratilgan edi. Islohotdan qirol hokimiyati manfaatdor boʻlib, aso-siy maqsad Anglikan cherkovini papa ta’siridan aj-ratish edi. Qirol 1534-yil oʻzini ingliz cherkovining rahbari deb e’lon qildi, bir oz vaqt oʻtgach, parlament roziligi bilan monastir yerlarini musodara qilib, yangi dvoryanlarga, qirol amaldorlariga va saroy ahllariga taqsimlab berib, bir qismini sotdi. Ammo yepiskop va cherkov yerlari musodara etilmadi, cherkov yi-rik yer egasi sifatida qolaverdi. Endi cherkovni qirol boshqaradigan boʻldi, u yepiskopni ham, ruhoniylarni ham oʻzi tayinlar edi. 17-asr 40-yillarida Angliya inqilobi davrida Anglikan cherkovi tugatilib, oʻrniga kalvinist presviterian cherkovi dav-lat cherkovi boʻlib qoldi. Bu ingliz bur-juaziyasining manfaatlariga mos edi. Styuartlar 1660-yil hokimiyatni egalla-gach, Anglikan cherkovi qayta tashkil etildi. Angliyada-gi Anglikan cherkovidan tashqari mustaqil Anglikan cherkovi Irlan-diya, Uels, Shotlandiya, Kanada, AQSH, Avstraliya va boshqa ba’zi mamlakatlarda bor. Anglikan cherkovi a’zolarining umumiy soni 30 mln.ga yaqin.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil