London fond birjasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
London fond birjasi gerbi
London fond birjasi

London fond birjasi (inglizcha: London Stock Exchange) Yevropadagi eng qadimgi fond birjalaridan biri va dunyodagi eng mashhur qimmatli qogʻozlar bozorlaridan biridir. London fond birjasining oʻzi aktsiyadorlik jamiyati hisoblanib, uning aksiyalari shu yerning oʻzida sotiladi.[1]

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rasman London fond birjasiga 1801-yilda asos solingan, lekin aslida Angliyada qimmatli qogʻozlar savdosi tarixi 16-asrdan boshlangan.[2] Oʻz kapitali bilan Xitoyga qimmat sayohatlarni moliyalashtirish imkoniga ega boʻlmagan Britaniya kompaniyalari Antverpendagi xuddi shunday modelga amal qilgan holda, kompaniya kelajakdagi foydasi ulushiga ega boʻlish evaziga oltin yigʻishdi.[3]

1687-yilda Londonda oʻn beshta kompaniya oʻz qimmatli qogʻozlari bilan savdo qilardi. 1695-yilda allaqachon 150 ga yaqin kompaniya mavjud edi.[4] Pirovardida, ushbu aksiyalarning kichik bir qismigina faol sotildi, koʻplab kompaniyalar esa yaroqsiz boʻlib chiqdi. 1690-yillardagi Angliyaning IPO pufagini baʼzan 1990-yillardagi dot-kom pufagi bilan tenglashtiriladi.

London fond birjasining asosiy indeksi 1984-yilning 3 yanvarida ishga tushirilgan FTSE100 hisoblanadi. U London fond birjasida kotirovkaga ega boʻlgan, eng koʻp kapitallashgan birinchi yuztalikdagi kompaniyalarni birlashtiradi.[5] 2020-yilda London fond birjasining umumiy daromadi 2124 million funt sterlingni tashkil etdi (2019-yilda 2,056 million funt sterling).[6] 2021-yilgacha xalqaro birja savdolarining qariyb 50 foizi London fond birjasiga toʻgʻri kelgan. 2021-yilda London fond birjasidagi aksiyalarning oʻrtacha kunlik aylanmasi 8,6 milliard yevroni tashkil qildi.[7]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „London Stock Exchange Group Plc“. londonstockexchange.com. Qaraldi: 1-noyabr 2021-yil.
  2. „History of The Stock Market“. bebusinessed.com. Qaraldi: 1-noyabr 2021-yil.
  3. „La prima Borsa di Londra: Royal Exchange“. londonita.com. Qaraldi: 1-noyabr 2021-yil.
  4. „Best United Kingdom Brokers Guide“. comparebrokers.co. Qaraldi: 1-noyabr 2021-yil.
  5. „L'indice borsistico di Londra FTSE 100“. strategia-borsa.it. Qaraldi: 1-noyabr 2021-yil.
  6. „A leading financial markets infrastructure and data provider“. lseg.com. Qaraldi: 1-noyabr 2021-yil.
  7. „Amsterdam Topples London as Europe’s Main Share-Trading Hub“. bloomberg.com. Qaraldi: 1-noyabr 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]