Otaqoʻzi madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Otaqoʻzi madrasasi - Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi meʼmoriy yodgorlik (20-asr boshlari). Madra-sani mahalliy boy Otaqoʻzi qurdirgan. Qurilishda Us t a Qirgʻizboy va Mama-jonlar qatnashgan. Otaqoʻzi madrasasi tarhi koʻp bur-chakli, peshtoq — gumbazli darvozaxo-na, masjid — ayvon, 2 qavatli huj-ralardan iborat. Binoning umumiy koʻlami va tarh tuzilishi oʻziga xos. Hovli boʻylab hujralar va gumbazli darsxona joylashgan. Otaqoʻzi madrasasi qurilishida ustalar oddiy pishiq gʻishtning bezak imkoniyatlari naqadar kengligini namoyish etganlar. Ravokli, mezanali va qubbali ustungoʻshalar binodan birmuncha balandroq koʻtarilgan. Ustungoʻshalarga ishlov berishda turli shaklda gʻisht terish yoʻli bilan oʻziga xos bezak xrsil qilingan. Ular orasidagi devor sirtiga yuza ravoklar ishlangan. Masjidning gul solingan shifti alohida badiiy qimmatga ega, unda girih va islimiy naqshlar Qurʼon suralaridan olingan yozuvlar bilan oʻzaro uygʻunlashib ketgan (bezagida mahalliy usta Saydullo qatnashgan). Madrasa qurilishida Xorazmcha muqarnas, sharafa va kungura qoʻllangan. Otaqoʻzi madrasasi Qoʻqon xonligining soʻnggi davr meʼmoriy yodgorligi hisoblanadi. 1971—75 yillarda taʼmirlanib, oʻlkashunoslik muzeyi joylashgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil