Oʻlkashunoslik muzeylari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Oʻlkashunoslik muzeylari — ilmiy tekshirish va madaniymaʼrifiy muassasa. Maʼlum geografik yoki maʼmuriy hududning tarixiy yodgorliklari, tabiiy ilmiy va badiiy toʻplamlari, xalq sanʼati asarlarini yigʻadi, saqlaydi, ilmiy oʻrganadi, koʻrgazmalar uyushtiradi va targʻib qiladi. Muzeylarning keng tarqalgan turi boʻlgan Oʻlkashunoslik muzeylari kompleks yoʻnalishga ega: unda, asosan, tabiat, tarix, baʼzilarida shuningdek sanʼat, adabiyot va etnografiya, ayrimlarida qishloq xoʻjaligi, iqtisod, sport kabi boʻlimlar ham boʻladi. Oʻlkashunoslik muzeylari katalog , yoʻl koʻrsatkichlar va boshqalarni nashr qiladi.

20-asr boshida Oʻrta Osiyoda 4 ta Oʻlkashunoslik muzeylari boʻlgan. Hozirgi kunda Oʻzbekiston hududida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar markazlarida Oʻlkashunoslik muzeylari (jumladan, Andijon viloyat oʻlkashunoslik muzeyi, Fargʻona viloyat oʻlkashunoslik muzeyi va boshqalar) bor va ular oʻzaro hamkorlikda faoliyat koʻrsatadi.