Osiyo yovvoyi mushugi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Osiyo yovvoyi mushugi
Biologik klassifikatsiya
Domen: Eukariotlar
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sutemizuvchilar
Turkum: Yirtqichlar
Oila: Mushuksimonlar
Kichik oila: Felinae
Urug': Felis
Tur:
Osttur:
F. l. ornata
Trinomial nomi
Felis lybica ornata

Gray, 1830–1832

Osiyo yovvoyi mushugi ( Felis lybica ornata ), shuningdek, Osiyo cho'l mushugi va hind cho'l mushugi nomi bilan ham tanilgan. Afrika kenja yovvoyi mushuk turi, Sharqiy Kaspiy dengizidan Qozogʻistongacha,shunindek, G'arbiy Hindiston, G'arbiy Xitoy va Mo'g'ulistonning janubida ham uchratish mumkin[1] [2]. Hozirgi kunda, Osiyo yovvoyi mushuklarining tarqalgan diapazoni va populyatsiya soni haqida hech qanday ma'lumot yo'q, ammo populyatsiyalar soni kamayib borayotgani taxmin qilinadi[3] [4].

Taksonomiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tomas Xardvik to'plamidan hind yovvoyi mushugining tasviri

Felis ornata 1830-yillarning boshlarida Jon Edvard Grey tomonidan Tomas Hardvik kollektsiyasida hind yovvoyi mushugi tasvirini sarlavha sifatida ishlatgan va unga shunday ilmiy nom bergan[5]. Kelgusi yillardagi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, bir qancha tabiatshunoslar, Osiyo mamlakatlaridagi yovvoyi mushuklarning zoologik namunalarini tasvirlab berishdi va quyidagi taklif qilingan nomlari bor, jumladan:

  • Chaus caudatus, Grey tomonidan 1874-yilda O'zbekistonning Buxoro viloyatidan teri va bosh suyaklari topilgan[6].
  • 1876-yilda Uilyam Tomas Blanford tomonidan yozilgan Felis shawiana, Xitoyning g'arbiy qismidagi Shinjonda, Yarkandlik rangsiz yovvoyi mushuk terisi topilgan[7].
  • 1904-yilda Konstantin Satunin tomonidan yozilgan Felis (Felis) kozlovi Xitoyning g'arbiy qismidagi Turfon soyligiva Felis (Felis) matschie vohadan olingan dalillar yovvoyi mushuk terisi bo'lganligini tasdiqlaydi[8].
  • 1914-yilda Lyudvig Zukovskiy tomonidan yozilgan Felis (Felis) murgabensis va Felis (Felis) matschiei, Afg‘onistondagi Murg‘ob daryosi va Turkmanistondagi Geok Tepedan yovvoyi mushuk terisi va bosh suyagi topilgan[9].
  • Felis ornata nesterovi 1916-yilda Aleksey Birulya tomonidan Quyi Mesopotamiyadan yovvoyi mushugining urg'ochi terisi topilgan[10].
  • Felis ornata issikulensis 1930-yilda Sergey Ognev tomonidan Qirg'izistonda Issiqko'lning janubi-g'arbiy qirg'og'ida joylashgan erkak yovvoyi mushukning terisi va bosh suyagi topilgan [11].

1940-yillarda Reginald Innes Pokok Londondagi Tabiat tarixi muzeyida yovvoyi mushuk terilari va bosh suyaklari to'plamini ko'rib chiqganida, barcha terisidagi dog'lari yovvoyi mushuk namunalarini Felis Libikaning, bosh suyagi va tishlarining o'lchami Afrika qit'asidagi mamlakatlarnikidan farq qilmasligini aniqladi.

Xulq-atvori[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osiyo yovvoyi mushugining mo'ynasi och qumli rangga ega, tanasining yuqori qismida mayda dumaloq dog'lar mavjud. Bu dog'lar qalin va yaqqol namoyon bo'lgan bo'lib, to'plamlarga ajralmagan. Ko'krak va qorindagi dog'lar orqa tarafga qaraganda ancha kattaroq va xiralashgan bo'lib, odatda ko'ndalang qatorlar va yo'l-yo'l chiziqlar hosil qilmaydi. Uning ranglari va naqshlari juda xilma-xildir. Umurtqa bo'g'ini bo'ylab tuklar odatda qalinqroq bo'lib, quyuq kulrang, jigarrang yoki och rangli chiziq hosil qiladi. Yuqori lablari va ko'z qovoqlari yorqin, och sariq-oq rangda. Yuzi esa to'q kulrang rangga ega, boshning tepasi esa quyuq kulrang yung bilan qoplangan.

Osiyo yovvoyi mushugining dumi uzun, toraygan, qisqa qora uchli va ostida dog'lari bor. Peshonasida to'rtta yaxshi rivojlangan qora tasma shaklidagi naqshlari bor. Har bir quloqning uchidan uzunligi bir sm gacha bo'lgan qisqa, ammo ko'rinib turadigan soch o'sadi. Osiyo yovvoyi mushuklarining tomoq va qorin yuzalarida oq rangdan och kulrangacha, ko'pincha tomoq, ko'krak va qorinda aniq oq dog'lar mavjud. Osiyo yovvoyi mushugining yungi butun, odatda qisqa, ammo mo'ynaning uzunligi hayvonning yoshiga va yil fasliga qarab o'zgarishi mumkin. Uy mushugi bilan solishtirganda, Osiyo yovvoyi mushuklarining oyoqlari nisbatan uzunroq. Odatda erkaklar ayollarga qaraganda og'irroq vaznga ega bo'ladi[1].

Pokiston va Hindistonda yovvoyi mushuklarning och qumli sariq yunglilari bor, ular kichik dog'lari bilan ajralib turadi [12] [13]. Markaziy Osiyoning yovvoyi mushuklari ko'proq kulrang-sariq yoki qizg'ish fon rangiga ega bo'lib, mayda qora yoki qizil-jigarrang dog'lar bilan aniq ajralib turadi. Osiyo yovvoyi mushugining vazni taxminan 3-4 kg bo'ladi[12] [13].

Tarqalishi va yashash joyi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kavkaz shimol va g'arbda Yevropa yovvoyi mushuklari va janub va sharqda Osiyo yovvoyi mushuklari o'rtasidagi o'tish zonasidir. Bu mintaqada Yevropa yovvoyi mushugi togʻli oʻrmonda, Osiyo yovvoyi mushugi esa Kaspiy dengiziga tutashgan past choʻl va yarim choʻl hududlarida uchraydi. Odatda yovvoyi mushuklar, suv manbalariga yaqin joyda yashashadi, lekin suvsiz cho'llarda ham yil davomida yashashi mumkin. Mushuklar 2000 m dan 3000 m gacha balandlikdagi zich o'simliklarga ega tog'li hududlarda uchraydi. Qorning qalinligi qishda ularning diapazonining shimoliy chegaralarini cheklaydi [14].

Eronda Osiyo yovvoyi mushuklari qurg'oqchil tekisliklarda, yam-yashil o'rmonlarda, qirg'oqbo'yi hududlarida va tog'larda uchrashi qayd etilgan, ammo ularni nihoyatda baland bo'lgan cho'llarda ham uchramaydi[15].

Afg'onistonda Osiyo yovvoyi mushugi 1973-yilgacha markaziy Hazorajat tog'lari va dasht mintaqasida, Shibar dovoni va Hirot yaqinida, hamda Bomyon viloyatida ham qayd etilgan[16]. Yovvoyi mushuk shuningdek, Sind viloyatidagi qurg'oqchil hududlarida ham yashashi aniqlangan[12].

1990-yillarda Qozogʻistonning pasttekisliklarida yovvoyi mushuklar keng tarqalgan va ularning soni barqaror ekanligi haqidagi ma'lumotlar mavjud bo'lgan. Ozarbayjonda diapazonning sezilarli darajada yo'qolishi qayd etilgan[17].

Ekologiyasi va xulq-atvori[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osiyo yovvoyi mushuklarini kunduzi tez-tez ko'zga tashlanadi. Ular ko'pincha tosh yoriqlari yoki boshqa hayvonlar tomonidan qazilgan chuqurchalarda yashaydilar [14].

Yashash tarzi va oziqlanishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turkmanistonda Osiyo yovvoyi mushugi, qizil dumli cho'l sichqoni, afg'on sichqonlari, yupqa barmoqli yer olmaxoni, tolay quyonlari, mayda qushlar (ayniqsa, to'rg'aylar ), kaltakesaklar, qo'ng'izlar va chigirtkalar bilan oziqlanadi. Repetek sahrosi yaqinida yovvoyi mushuk cho'l ispinozlari, qizil dumlilar va kaptarlar yasagan uyalarning 50% dan ortig'ini yo'q qilishishadi. Oʻzbekistonning Qarshi choʻllarida yovvoyi mushukning oʻljasiga kamayish tartibida katta va qizil dumlilar, sahro sichqoni, boshqa kemiruvchilar va oʻtkinchi qushlar, sudralib yuruvchilar va hasharotlar kiradi. Sharqiy Qizilqumdagi yovvoyi mushuklar ham xuddi shunday o'ljaga moyil bo'lib, ularga tolay quyonlari, kunduzgi cho'l, besh barmoqli jerboalar va dasht agamalari qo'shiladi. Qirgʻizistonda yovvoyi mushukning asosiy oʻljasi Issiqkoʻl yaqinidagi tolay quyonlari, Chu va Talas daryosi vodiylaridagi qirgʻovullar, togʻ etaklarida esa sichqonsimon kemiruvchilar va boʻz kakliklaridan iborat. Kemiruvchilardan tashqari ular qushlar, sudralib yuruvchilar, baliqlar, hasharotlar, qushlar tuxumlarini ham yeydi.

Tahdidlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osiyo yovvoyi mushuklarning urg'ochilari xonaki erkaklari bilan tez-tez juftlashadi va gibrid avlodlar ko'pincha yovvoyi urg'ochilar yashaydigan qishloqlar yaqinida uchraydi[14]. Yovoyi mushuklar Afg'onistonda erkin ovlangan; 1977-yilda Kobul bozorlarida mushuk poʻstinidan tayyorlangan 1200 dan ortiq buyumlar namoyish etilgan[16].

Muhofazasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Osiyo yovvoyi mushugi CITES II ilovasiga kiritilgan. Turkmaniston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Moʻgʻuliston, Xitoy va Rossiyada muhofaza qilinadi. Afg'onistonda 2009-yilda mamlakatning birinchi himoya qilinadigan turlar ro'yxatiga kiritilgan bo'lib, mamlakat ichida barcha ovlash va savdosi taqiqlagan va kelgusida o'rganish uchun ustuvor tur sifatida ro'yhatga kiritilgan [3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 Nowell, K. „Asiatic Wildcat Felis silvestris, ornata group (Gray 1830)“,. Wild Cats: Status Survey and Conservation Action Plan. Gland, Switzerland: IUCN/SSC Cat Specialist Group, 1996 — 99−101 bet. 
  2. Kitchener, A. C.; Breitenmoser-Würsten, C.; Eizirik, E.; Gentry, A.; Werdelin, L.; Wilting, A.; Yamaguchi, N.; Abramov, A. V. et al. (2017). "A revised taxonomy of the Felidae: The final report of the Cat Classification Task Force of the IUCN Cat Specialist Group". Cat News Special Issue 11: 17−20. https://repository.si.edu/bitstream/handle/10088/32616/A_revised_Felidae_Taxonomy_CatNews.pdf?sequence=1&isAllowed=y. 
  3. 3,0 3,1 Ghoddousi, A.; Belbachir, F.; Durant, S.M.; Herbst, M.; Rosen, T. (2022). "Felis lybica". IUCN Red List of Threatened Species 2022: e.T131299383A154907281. https://www.iucnredlist.org/species/131299383/154907281. Qaraldi: 27 July 2022. Osiyo yovvoyi mushugi]]
  4. Jutzeler, E.; Xie, Y.; Vogt, K. (2010). "Cats in China: Asian wildcat". Cat News (Special Issue 5): 42–43. http://www.catsg.org/fileadmin/filesharing/5.Cat_News/5.3._Special_Issues/5.3.5._SI_5/Jutzeler_Xie_Yan___Vogt_2010_Asian_wildcat.pdf. 
  5. Gray, J. E. „Felis ornata Gray. Beautiful cat“,. Illustrations of Indian Zoology; Chiefly Selected from the Collection of Major-General Hardwicke, F.R.S. Volume 1. London: Treuttel, Würtz, Treuttel, Jun. and Richter, 1830–1832 — Plate 2 bet. 
  6. Gray, J. E. (1874). "On the Steppe-Cat of Bokhara (Chaus caudatus)". Proceedings of the Zoological Society of London: Plate VI−VII, 31−33. https://archive.org/details/proceedingsofgen74zool/page/n65. 
  7. Blanford, W. T. (1876). "Description of Felis Shawiana, a new Lyncine cat from Eastern Turkestan". The Journal of the Asiatic Society of Bengal 45 (2): 49−51. https://archive.org/details/journalofasiat4521876asia/page/49. 
  8. Satunin, K. (1904). "Neue Katzenarten aus Central-Asien [New cat species from Central Asia]". Annuaire du Musée Zoologique de l'Académie des Sciences de St. Pétersbourg 9: 524−537. https://archive.org/details/ezhegodnik09zool/page/532. 
  9. Zukowsky, L. (1914). "Drei neue Kleinkatzenrassen aus Westasien [Three new races of small cats from West Asia]". Archiv für Naturgeschichte. Abteilung A 80 (10): 124−146. https://archive.org/details/archivfurgeschic8012berl/page/n315. 
  10. Birulya, A. (1916). "De Felibus asiaticis duabus novis [About two new Asiatic cats]". Annuaire du Musée Zoologique de l'Académie des Sciences de St. Pétersbourg 21 (Supplement): I−II. https://archive.org/details/ezhegodnik21zool/page/n578. 
  11. Ogneff, S. I. (1930). "Übersicht der russischen Kleinkatzen". Zeitschrift für Säugetierkunde 5 (2): 48−85. https://www.zobodat.at/pdf/Zeitschrift-Saeugetierkunde_5_0048-0085.pdf. 
  12. 12,0 12,1 12,2 Roberts, T. J. „Felis lybica“,. The Mammals of Pakistan. London: Ernest Benn, 1977 — 138−140 bet. ISBN 9780510399009. 
  13. 13,0 13,1 Sunquist, M. „African-Asian wildcat Felis silvestris lybica and Felis silvestris ornata“,. Wild Cats of the World. Chicago: The University of Chicago Press, 2002 — 92–98 bet. ISBN 978-0-226-77999-7. 
  14. 14,0 14,1 14,2 Heptner, V. G. „Asiatic Wildcat“,. Mlekopitaiuščie Sovetskogo Soiuza. Moskva: Vysšaia Škola. Washington DC: Smithsonian Institution and the National Science Foundation [1972], 1992 — 398–497 bet. ISBN 9004088768. 
  15. Ghoddousi, A.; Hamidi, A. Kh.; Ghadirian, T.; Bani’Assadi, S. (2016). "The status of Wildcat in Iran - a crossroad of subspecies?". Cat News (Special Issue 10): 60–63. 
  16. 16,0 16,1 Habibi, K. „Asiatic Wildcat Felis lybica ornata“,. Mammals of Afghanistan. Coimbatore, India: Zoo Outreach Organisation, 2003. ISBN 9788188722068. 
  17. Belousova, A.V. (1993). "Small Felidae of Eastern Europe, Central Asia, and the Far East: survey of the state of populations". Lutreola 2: 16–21. 

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]