Chigirtka
Chigirtka — chigirtkasimonlar katta oilasining gala boʻlib yashaydigan turlari umumiy nomi. Chigirtka ekinlarining (gʻalla ekinlari, beda, gʻoʻza va boshqalar) zararkunandasi xisoblanadi. Janubiy Yevropa, Janubiy va Sharqiy Osiyo, Afrika, Janubiy va Shim. Amerika, Avstraliya mamlakatlarida uchraydi. Chigirtkalarning ekinlarga keltiradigan ofati haqida Qadimgi Misr yozma manbalarida (bundan 4 ming yil avval) maʼlumotlar uchraydi. Oʻzbekistonda tarqalgan turlari ichida eng xavflilari — osiyo chigirtkasi, voha chigirtkasi, marokash chigirtkasi va choʻl chigirtkasi. Chigirtkalar, ayniqsa, uzoq masofalardan uchib kelib va toʻsatdan yopirilib ekinlarni nobud qilishi bilan xavflidir. Chigirtka lichinkalarining toʻdasi oziq qidirib maʼlum yoʻnalishda harakat kiladi va oʻz yoʻlida uchragan koʻkatlarni yeb bitiradi. Hayoti mobaynida har bitta Chigirtka 300 g gacha koʻkat yeydi. Zararkunanda koʻplab urchigan yillari ular soni har bir m2-maydonda bir necha yuzga va hatto bir necha mingga yetadi, egallagan maydon esa baʼzan 1 mln. ga ni tashkil etishi mumkin. Tuda boʻlib yashash instinkta Chigirtka tuxumdan chiqib harakat qila boshlagandan paydo boʻladi. Obhavoning qulay kelishi Chigirtkaning koʻplab urchishiga yordam beradi. Chigirtkalarning ekinlarga va oʻsimliklarga yetkazadigan zararini bartaraf etish maqsadlarida Hindiston, Yaqin Sharq mamlakatlari, Afrikada BMT Oziq-ovqat va q.h. boʻyicha tashkilotining Chigirtkalarga qarshi kurash tayanch punktlari ochilgan, Fransiya va boshqa mamlakatlarda yirik ilmiy, ilmiyi. chigirtka markazlari tuzilgan.
Oʻzbekiston Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Respublika oʻsimliklarni himoya qilish va afokimyo Markazi huzurida Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Toshkent viloyatlari va Qoraqalpogʻistonda Chigirtkaga qarshi kurash ekspeditsiyalari ishlaydi (1983-yildan kayta tiklangan; Krraqalpogʻistonda esa bunday ekspeditsiya 1930-yildan beri mavjud).
Kurash choralari: boʻz yerlar haydab, oʻzlashtiriladi; oʻtloq va pichanzorlar doim nazorat qilib turiladi; partov va boʻsh yotgan yerlar orasidagi uvatlar yoʻqotiladi. Yosh (1—3) Chigirtkaga qarshi 50% li karbofos (2 kg/ga), li vafotoks (2 kg/ga) va 20% li sumitsidin (0,4—0,5 kg/ga) qoʻllanadi.
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |