Tolay tovushqoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Tolay tovushqoni, qum tovushqoni (Lepus tolai) — quyonlar oilasiga mansub sut emizuvchilar turi. Gavdasi qumrangqoʻngʻir tusda (nomi shundan), kichik. Uzunligi 54 sm gacha, vazni 2,5 kg gacha. Oʻzbekistonning deyarli hamma hududlarida, xususan pasttekisliklar, vohalar, togʻ va togʻ oldi zonalari, toʻqaylardagi chakalakzorlarda, togʻ archazorlarida uchraydi. Har xil oʻt va butalar bilan oziqlanadi. Yil davomida faol hayot kechiradi. Yilda bir nechtadan 2—5 marta bolalaydi. Goʻshti va moʻynasi uchun ovlanadi. Tartibsiz ovlanishi va yashash muhitining buzilishi tufayli bir qancha hududlarda yoʻqolib ketgan yoki soni keskin kamaygan.