Kontent qismiga oʻtish

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Astronomiya instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Ulugʻbek nomidagi Astro-nomiya instituti — O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi astronomiya ilmiy instituti. Sobiq Sovet Ittifoqida muhim astrometrik markaz sifatida mashhur bo’lgan. Institut 1873-yilda Turkiston oʻlkasida haritalashtirish va iqlimni oʻrganish maqsadida Turkiston Harbiy topogra-fiya boʻlimi qoshida Toshkent astronomiya rasadxonasi sifatida tashkil qilindi. 1966-yilda Astronomiya institutiga aylantirilgan. 1991-yilda Mirzo Ulug‘bek nomi berilgan[1].

Institutda „Oʻzgaruvchan yulduzlar“, „Quyosh fizikasi“, „Galaktika astronomiyasi va kosmogoniya“, „Kosmik geodinamika“, „Maydanak togʻ rasadxonasi“ boʻlimlari va uning faoliyatini taʼminlovchi Kitob astronomiya rasadxonalari majmui bor. Institutning 25 ga yaqin astronomik tele-skoplari Maydanak togʻ rasadxonasida (Qashqadaryo viloyati), Kitob shahrida, Chimyon (Toshkent viloyati) yaqinidagi Qumbel togida va Toshkent hududida oʻrnatilgan.

Bular orasida Oʻrta Osiyoda yagona, koʻzgusining diametri 1,5 m boʻlgan tele-skop va oʻta noyob koʻp uyali yorugʻlik matri-sasiga ega Quyosh teleskopi bor (1998).Dastlab, asosan, astrometriya va yul-duz astronomiyasi yoʻnalishlari boʻyicha ishlarrivojlangan. Ilgari meridian astrometriya boʻlimi (L. L. Matkevich, M. F. Bikov, Gʻ. Jalolov, I. M. Boro-ditskiy, O. S. Tursunov va boshqalar), fotogra-fik astrometriya boʻlimi (A. A. Latipov, S. N. Nuritdinov, Sh. Pirimqulov, A. Rahimov, A. Qodirov, H. Eshmuhamedov va boshqalar) ilmiy tadqiqotlar ishlari olib borgan. Keyinchalik ushbu ikki boʻlim birlashib, astro-metriya boʻlimi deb nomlandi va ilmiy tadqiqotlar ishlarini davom ettirdi (L. I. Bashtova, Yu. Boltaboyev, E. Rahmatov, G. G. Xodak, E. Mirmahmudov va boshqalar).

Ilgarigi vaqt boʻlimi — kundalik vaqt xizmatidan tashqari, passaj asboblarning izchil xatolarini topish va tuzatish, joyning geografik kenglamasini aniqlash, qitʼalarning harakatini oʻrganish va yulduzlarning maxsus katalogini tuzish bilan shugʻullangan (V. P. Shcheglov, B. V. Yasevich, T. Nuraliyev, E. Sanaqulov va boshqalar). Yerning oʻz oʻqi atrofida notekis aylani-shi muammolarini oʻrganish bilan Kitob kenglama stansiyasi xodimlari A. M. Kal-mikov, B. Mahamatgʻoziyev, S. Eshonqulov va boshqa shugʻullangan. Astronomiya institutida Oʻrta Osiyo astronomiya tarixiga doir muhim ilmiy asarlar ham yaratilgan (V. P. Shcheglov, F. Jalolov).Oʻzgaruvchan yulduzlar boʻlimi dastlab nostatsionar turli yulduzlarni kuzatish, ular nurlanishining fotometriyasi va yulduzlararo muhitda yutilishi boʻyicha tadqiqotlar olib borgan (V. S Shevchen-ko, G. I. Shanin, M.M. Zokirov, A. S. Xoʻjayev, N. Kilyachkov va boshqalar).

Hozir esa bu boʻlim asosan yulduzlarning tugʻilish oʻchoqlarini va turli nostatsionar yul-duzlarni kuzatish bilan shugʻullanadi (K. Grankin, M. Ibragimov, V. S. Shevchen-ko va boshqalar). Maydanakda bajarilgan koʻp yillik fotometrik kuzatuvlar asosida yulduz paydo boʻlishi sohalaridagi yosh nobarqaror yulduzlar atm.laridagi fi-zik jarayonlar, zich qoʻshaloq sistemalarning xususiyatlari oʻrganilmoqda. Quyosh fizikasi boʻlimi Quyoshdagi chaqnashlar, dogʻlar va faollik komplekslari tabi-atini oʻrganadi (Yu. M. Slonim, I. Sat-torov, 3. B. Korobova, K. Kulishova, Sh. 727A. Egamberdiyev). Keyingi oʻn yillikda boʻlimda gelioseysmologiya deb nomlan-gan yangi yoʻnalish — Quyosh ichki tuzi-lishini oʻrganishga doir tadqiqotlar IRIS va TON xalqaro dasturlari doira-sida amalga oshirilmoqda (Sh. A. Egam-berdiyev, S. P. Ilyosov, Sh. S. Xoliqov, I. M. Hamitov va boshqalar). Fransiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Tayvan, Marokash, Chili, Avstraliya va boshqa davlatlarning astronomik muassasalari bilan bevosita aloqalar oʻrnatilgan. Gamma-nurlar manbalarini tadqiq etish maqsadida 1986-yil yuqori energiyalar astrofizikasi boʻlimi tashkil etildi (T. S. Yoʻldoshboyev va boshqalar).

1995-yildan boshlab bu sohadagi tadqiqotlar Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika institutida davom ettirilmoqda. 1996-yilda Galaktika astronomiyasi va kosmogo-niya boʻlimi tuzildi (S. N. Nuritdinov). Boʻlimda Seyss Qoʻshaloq astrografi va Toshkentdagi Normal astrografda olin-gan yulduz sistemalari kinematikasiga oid maʼlumotlarni tahlil qilish (A. A. Latipov, A. A. Rahimov, E.Rahmatov) va Galaktikamizning tuzilishini nazariy asoslash maqsad qilib qoʻyilgan. Hozirgi kunda galaktikalar fizikasida birinchi bor spiral galaktikalar taraqqiyotining kollaps davri uchun nazariy modellari qurilib, ularning gravitatsion beqarorligi muammolari va Galakti-kamiz tekislik tashkil etuvchi qismi tuzilishi tadqiq etilmoqda (S. N. Nu-ritdinov, M. Moʻminov va boshqalar). Kosmik geodinamika boʻlimi 1997-yil Kitob kenglik stansiyasi va Vaqt xizmati boʻlimlari asosida ochilgan; u joy koordinatalarini aniqlash va oʻzgarishini kuzatib borish, qitʼalarning harakatini tadqiq etish, Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishidagi notekisliklar qonuniyatlarini aniqlash masalalari bilan shugʻullanadi. Boʻlimda GPS, PRARE (Germaniya) va DORIS (Fransiya) yoʻldosh sistemalarining yerdagi radiotexnik uskunalari oʻrnatilgan.Oʻzbekistonda astronomiya tarixi va kelajagini Maydanak togʻ rasadxonasisiz tasavvur etib boʻlmaydi. 1996-97 yillarda Birlashgan Yevropa Janubiy rasadxonasi bilan hamkorlikda oʻta zamonaviy uskuna yordamida oʻtkazilgan kuzatishlar (Sh. A. Egamberdiyev, S. I. Ilyosov) bu rasadxona jahonning mashhur rasadxonalari qatorida turishini tasdiqladi. Natijada institut jahonning birnecha yirik astronomik markazlari bilan hamkorlikda ular keltirgan asbob-uskunalar yordamida tadqiqotlarni boshlab yubordi. Bular orasida AQShning Van Vlek va Pittsburg universitetlari rasadxonalari, Rossiya va Litva astronomik muassasalari bor. 1997-yilda Oʻzbekiston va Ukraina oʻrtasida Maydanak togʻida optik astronomiyani rivojlantirish toʻgʻrisida shartnoma imzolandi. Oʻzbekiston astronom olimlari Rossiya Fanlar Akademiyasi nashr qiladigan „Astronomicheskiy jurnal“da oʻz maqolalari bilan qatnashib turishadi.[2]