Maydanak balandtogʻ rasadxonasi
Maydanak balandtogʻ rasadxonasi — Oʻzbekiston FA Astronomiya institutining ilmiy tadqiqot muassasasi. Kitob Skiand tog' rasadxonsi ar majmuasiga kiradi. Qashqadaryo viloyati, Yakkabogʻning Qamashi tumanlari chegarasidagi Maydanak togʻining Gʻarbiy choʻqqisida joylashgan. Dengiz sathidan balandligi 2650 m, umumiy maydoni 40 ga teng. Rasadxonaga oʻrnatilgan teleskoplar koʻzgularining diametri 1,5 m va 1,0 m. Bulardan tashqari, kuzgusining diametri 60 sm dan boʻlgan 4 ta, 50 sm dan boʻlgan 3 ta teleskoplar ham oʻrnatilgan. Rasadxonada Galaktikamiz Shimoliy qutbi sohalarida va Quyosh sistemasi atrofidagi tumanliklarda joylashgan oʻzgaruvchan yulduzlar fotometriyasi maʼlumotlari toʻplanadi, yulduzlar yorqinligining kuchsiz oʻzgarishlari fotometrik effektlari topildi. Ushbu fotometriya natijasidan foydalanib dunyoda muhim boʻlgan rangli fotometriya banki barpo etildi. Rasadxonada koinotning eng uzoq, chekkalarida joylashgan noyob obʼyektlar — gravitatsion linzalar, kvazarlar va faol yadroli galaktikalarni tadqiq etish boʻyicha izlanishlar olib boriladi.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |