Spiral galaktikalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Spiral galaktikalar - tashki koʻrinishi spiralni eslatuvchi gigant yudduz sistemalari. Teleskopda kuzatilganda katta ravshan yadrosi koʻrinadi, uning atrofini yadrodan boshlanuvchi spiralsimon bir necha shoxobcha oʻrab turadi. S.g . koʻpincha bir tomonga oʻralgan ikki shoxobchadan iborat boʻladi. Baʼzan daraxt shoxchalariga oʻxshash erkin shoxobchali S.g . kuzatiladi. Hatto bitta tarmokli S. g . mavjud. Hamma shoxobchalar deyarli bir tekislikda, yaʼni Galaktikaning aylanish tekisligida joylashgan. Andromeda tumanligi ham, bizning Galaktika ham S.g . (Somon yuliijj ayrim qismlari ikkiga ajralgan holda koʻrinadi) hisoblanadi. Astronomik kuzatishlardan Quyosh sistemasi spiral tarmoklar orasidagi oralikda joylashganligi anikdangan. Ayrim S.g . (mas, NGC 1300) da tarmoklar yadrodan emas, balki u bilan "koʻprik" vositasida bogʻlangan va undan bir necha oʻn parsek masofadan boshlanadi. Bunday S.g . uzilgan S.g . deb ataladi. S.g . oʻz oʻqi atrofida aylanadi. Aylanish tezligini oʻlchab, galaktikalarning massasini taxminan hisoblab chiqarish mumkin (yana q. Galaktika, Galaktikalar).