Meridian astrometriyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Meridian astrometriyasi - astrometriyatshg osmon yoritqichlari koordinatalarini aniqlash bilan shugʻullanadigan boʻlimi. Osmon yoritqichlari meridiandan oʻtish vaqti va zenit masofasini meridian doira yordamida kuzatiladi va oʻlchanadi. Osmon jismlarining birinchi koordinatasi — toʻgʻri chiqish burchagi (a) ni ularning meridiandan oʻtish vaqtini belgilashga va ikkinchi koordinatasi — ogʻish burchagi (d) ni ayni vaqtdagi zenit masofasini oʻlchashga asosan hisoblanadi. Bunda refraksiya, aberratsiya, pretsessiya, nutatsiya va meridian doiraga tegishli kamchiliklar (kollimatsiya, azimut, turli deformatsiyalar va h. k.) hamda kuzatuvchining xatosi hisobga olinadi. Meridian astrometriyasining asosiy vazifasi yulduzlar koordinatalarini oʻz ichiga olgan katalog (zij)larni tuzishdan iborat. Bunday kataloglar ikki xil — absolyut yulduz kataloglari yoki nisbiy (differensial) yulduz kataloglari boʻlishi mumkin. Birinchi holda yulduzning a va d sini absolyut aniqlash uchun taxminiy koordinatalarga qoʻshimcha azimut, joyning geografik kengligi, bahorgi tengkunlik nuqtasining aniq vaziyati va h.k.lar qaytadan aniqlanadi. Agar yulduz koordinatalari oldindan maʼlum boʻlgan yulduzlarga nisbatan aniqlangan boʻlsa, bunday kataloglar differensial yulduz kataloglari deyiladi. Differensial yulduz kataloglari asosida maʼlum bir davr uchun fundamental kataloglar tuziladi va ularda keltirilgan yulduz ko-ordinatalari juda aniq (+ 0,1 Gʻ) boʻladi. Turli davrlar uchun tuzilgan fundamental yulduz kataloglaridagi koordinatalarni taqqoslash yoʻli bilan har bir yulduzning xususiy harakatini aniqlash mumkin.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil