Astronomiya instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Astronomiya instituti, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Ulug‘bek nomidagi Astro-nomiya institutiTurkiston o‘lkasida haritalashtirish va iqlimni o‘rganish maqsadida Turkiston Harbiy topogra-fiya bo‘limi qoshida Toshkent astronomiya rasadxonasi sifatida 1873 yil tashkil qilindi. 1966 yilda Astronomiya instituti ga aylantirildi. Institutda "O‘zgaruvchan yulduzlar", "Quyosh fizikasi", "Galaktika astronomiyasi va kosmogoniya", "Kosmik geodinamika", "Maydanak tog‘ rasadxonasi" bo‘limlari va uning faoliyatini ta’minlovchi Kitob astronomiya rasadxonalari majmui bor. Institutning 25 ga yaqin astronomik tele-skoplari Maydanak tog‘ rasadxonasida (Qashqadaryo viloyati), Kitob shahrida, Chimyon (Toshkent viloyati) yaqinidagi Qumbel togida va Toshkent hududida o‘rnatilgan. Bular orasida O‘rta Osiyoda yagona, ko‘zgusining diametri 1,5 m bo‘lgan tele-skop va o‘ta noyob ko‘p uyali yorug‘lik matri-sasiga ega Quyosh teleskopi bor (1998).Dastlab, asosan, astrometriya va yul-duz astronomiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha ishlarrivojlangan. Ilgari meridian astrometriya bo‘limi (L. L. Matkevich, M. F. Bikov, G‘. Jalolov, I. M. Boro-ditskiy, O. S. Tursunov va boshqalar), fotogra-fik astrometriya bo‘limi (A. A. Latipov, S. N. Nuritdinov, Sh. Pirimqulov, A. Rahimov, A. Qodirov, H. Eshmuhamedov va boshqalar) ilmiy tadqiqotlar ishlari olib borgan. Keyinchalik ushbu ikki bo‘lim birlashib, astro-metriya bo‘limi deb nomlandi va ilmiy tadqiqotlar ishlarini davom ettirdi (L. I. Bashtova, Yu. Boltaboyev, E. Rahmatov, G. G. Xodak, E. Mirmahmudov va boshqalar). Ilgarigi vaqt bo‘limi – kundalik vaqt xizmatidan tashqari, passaj asboblarning izchil xatolarini topish va tuzatish, joyning geografik kenglamasini aniqlash, qit’alarning harakatini o‘rganish va yulduzlarning maxsus katalogini tuzish bilan shug‘ullangan (V. P. Shcheglov, B. V. Yasevich, T. Nuraliyev, E. Sanaqulov va boshqalar). Yerning o‘z o‘qi atrofida notekis aylani-shi muammolarini o‘rganish bilan Kitob kenglama stansiyasi xodimlari A. M. Kal-mikov, B. Mahamatg‘oziyev, S. Eshonqulov va boshqa shug‘ullangan. Astronomiya institutida O‘rta Osiyo astronomiya tarixiga doir muhim ilmiy asarlar ham yaratilgan (V. P. Shcheglov, F. Jalolov).O‘zgaruvchan yulduzlar bo‘limi dastlab nostatsionar turli yulduzlarni kuzatish, ular nurlanishining fotometriyasi va yulduzlararo muhitda yutilishi bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan (V. S Shevchen-ko, G. I. Shanin, M.M. Zokirov, A. S. Xo‘jayev, N. Kilyachkov va boshqalar). Hozir esa bu bo‘lim asosan yulduzlarning tug‘ilish o‘choqlarini va turli nostatsionar yul-duzlarni kuzatish bilan shug‘ullanadi (K. Grankin, M. Ibragimov, V. S. Shevchen-ko va boshqalar). Maydanakda bajarilgan ko‘p yillik fotometrik kuzatuvlar asosida yulduz paydo bo‘lishi sohalaridagi yosh nobarqaror yulduzlar atm.laridagi fi-zik jarayonlar, zich qo‘shaloq sistemalarning xususiyatlari o‘rganilmoqda. Quyosh fizikasi bo‘limi Quyoshdagi chaqnashlar, dog‘lar va faollik komplekslari tabi-atini o‘rganadi (Yu. M. Slonim, I. Sat-torov, 3. B. Korobova, K. Kulishova, Sh. 727A. Egamberdiyev). Keyingi o‘n yillikda bo‘limda gelioseysmologiya deb nomlan-gan yangi yo‘nalish – Quyosh ichki tuzi-lishini o‘rganishga doir tadqiqotlar IRIS va TON xalqaro dasturlari doira-sida amalga oshirilmoqda (Sh. A. Egam-berdiyev, S. P. Ilyosov, Sh. S. Xoliqov, I. M. Hamitov va boshqalar). Fransiya, AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy, Tayvan, Marokash, Chili, Avstraliya va boshqa davlatlarning astronomik muassasalari bilan bevosi-ta aloqalar o‘rnatilgan. Gamma-nurlar manbalarini tadqiq etish maqsadida 1986 yil yuqori energiyalar astrofizikasi bo‘limi tashkil etildi (T. S. Yo‘ldoshboyev va boshqalar). 1995 yildan boshlab bu sohadagi tadqiqotlar O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika institutida davom ettirilmoqda. 1996 yilda Galaktika astronomiyasi va kosmogo-niya bo‘limi tuzildi (S. N. Nuritdinov). Bo‘limda Seyss Qo‘shaloq astrografi va Toshkentdagi Normal astrografda olin-gan yulduz sistemalari kinemati-kasiga oid ma’lumotlarni tahlil qilish (A. A. Latipov, A. A. Rahimov, E.Rahmatov) va Galaktikamizning tuzilishini nazariy asoslash maqsad qilib qo‘yilgan. Hozirgi kunda galaktikalar fizikasida birinchi bor spiral galaktikalar taraqqiyotining kollaps davri uchun nazariy modellari qurilib, ularning gravitatsion beqarorligi muammolari va Galakti-kamiz tekislik tashkil etuvchi qismi tuzilishi tadqiq etilmoqda (S. N. Nu-ritdinov, M. Mo‘minov va boshqalar). Kosmik geodinamika bo‘limi 1997 yil Kitob ken-glik stansiyasi va Vaqt xizmati bo‘limlari asosida ochilgan; u joy koordinatalarini aniqlash va o‘zgarishini kuzatib borish, qit’alarning harakatini tadqiq etish, Yerning o‘z o‘qi atrofida aylani-shidagi notekisliklar qonuniyatlarini aniqlash masalalari bilan shug‘ullanadi. Bo‘limda GPS, PRARE (Germaniya) va DORIS (Fransiya) yo‘ldosh sistemalarining yerdagi radiotexnik uskunalari o‘rnatilgan.O‘zbekistonda astronomiya tarixi va kelajagini Maydanak tog‘ rasadxonasi-siz tasavvur etib bo‘lmaydi. 1996–97 yillarda Birlashgan Yevropa Janubiy rasad-xonasi bilan hamkorlikda o‘ta zamonaviy uskuna yordamida o‘tkazilgan kuzatishlar (Sh. A. Egamberdiyev, S. I. Ilyosov) bu rasadxona jahonning mashhur rasadxo-nalari qatorida turishini tasdiqladi. Natijada institut jahonning birnecha yirik astronomik markazlari bilan hamkorlikda ular keltirgan asbob-uskunalar yordamida tadqiqotlarni boshlab yubordi. Bular orasida AQShning Van Vlek va Pittsburg universitetlari rasadxonalari, Rossiya va Litva astronomik muassasalari bor. 1997 yilda O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasida Mayda-nak tog‘ida optik astronomiyani rivoj-lantirish to‘g‘risida shartnoma imzo-landi. O‘zbekiston astronom olimlari Rossiya Fanlar Akademiyasi nashr qiladigan "Astrono-micheskiy jurnal"da o‘z maqolalari bilan qatnashib turishadi.Shuhrat Egamberdiyev.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil