Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
(OʻzDJTSU)
Xalqaro nomi 1
Asos solingan 1955
Rektori Matkarimov Rashid Masharipovich
Bakalavriat 4 yil
Magistratura 2 yil
Vebsayti jtsu.uz/uz

Koordinatalari: 41°26′14.708399999994″N 69°32′1.5144000000066″E / 41.43741899999999845°N 69.533754000000001838°E / 41.43741899999999845; 69.533754000000001838 G O


● Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jtsu.uz/uz mamlakatimizda sport boʻyicha yuqori malakali mutaxassis murabbiylarni tayyorlaydigan yagona tayanch oliy taʼlim dargohi hisoblanadi. Jismoniy tarbiyaga boʻlgan ehtiyoj, mahalliy xalq orasidan jismoniy tarbiya xodimlarini tayyorlashga boʻlgan zarurat tufayli 1935-yilda Toshkentda jismoniy tarbiya texnikumi ochildi.

● Biroq oʻsha davrlarda yuqori malakali mutaxassislar Moskva, Leningrad kabi shaharlarda tayyorlanar va isteʼdodli yoshlar shu shaharlarga borib oʻqishga majbur edilar. 1949-yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedogogika instituti, 1951-yilda Fargʻona davlat pedagogika institutida oliy maʼlumotli jismoniy tarbiya oʻqituvchilarini tayyorlaydigan fakultetlar tashkil etildi. Ammo jamiyatda yigit-qizlarning muntazam sport – sogʻlomlashtirish bilan shugʻullana boshlagani mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini yanada kuchaytirdi. 1955-yilga kelib Respublika oliy oʻquv yurtlari, maktablar va sport tashkilotlarida bor-yoʻgʻi 247 nafar oliy ma’lumotli jismoniy tarbiya maʼlumotiga ega boʻlgan mutaxassislar ishlar edi xolos. Shuning uchun zudlik bilan yuqori malakali sport trenerlari, sport hakamlari, jismoniy tarbiya va ishlab chiqarish jismoniy tarbiyasi boʻyicha mutaxassislar, taʼlim muassasalari oʻqituvchilari, sportchi-yoʻriqchilar va ilmiy xodimlarni tayyorlash muammosini zudlik bilan hal etish zarur edi. Eng katta muammo jismoniy tarbiya harakatining ommaviy tus olishida mahalliy kadrlarning yetishmasligi hamda qishloq joylarida jismoniy tarbiyaning sust rivojlanishi edi. Xullas, jismoniy tarbiya harakatini takomillashtirish, sifat jihatdan tamomila yangi mutaxassislar avlodini tarbiyalash, mahalliy xalq vakillarining sport musobaqalarida faol ishtirokini taʼminlash zarurati sabab 1955-yil 13-avgustda sobiq Ittifoq hukumatining 5972-sonli farmoyishi, Oʻzbekiston SSR Ministrlar Kengashining 27-oktyabrdagi 653-sonli qarori bilan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti tashkil etildi.

● 2018-yil universitet tarixida tub oʻzgarish va yangilanish davri boʻldi. Avvalo, tarix zarvaraqida yangi sahifa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 5-martdagi PF-5368-sonli Farmoniga binoan Jismoniy tarbiya va sport instituti negizida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tashkil etildi.

● Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2018-yil 3-maydagi 331-sonli qarori yangi imkoniyatlar eshigini ochdi.

Universitetda jami 10 256 nafar talaba (byudjet 1 823 nafar, kontrakt 8 433 nafar) tahsil olmoqda. Shulardan, kunduzgi ta’limda bakalavriat bosqichi talabalari soni 3 941 nafar, ulardan 1 672 nafari davlat granti asosida, 2 269 nafari to‘lov-shartnoma asosida,

● Magistratura mutaxassisligi talabalari soni 153 nafar, ulardan 47 nafari davlat granti, 106 nafari to‘lov-kontrakt asosida tahsil olmoqda.

● Sirtqi ta‘limda talabalar soni 6 162 ta, shulardan 104 nafari davlat granti, 6 058 nafari to‘lov-kontrakt asosida tahsil olmoqda.

● Talabalarning 8 041 nafari o‘zbek tilida, 2 215 nafari rus tilida ta’lim olmoqda.

● O‘zbek-Belarus qo‘shma jismoniy tarbiya, sport va turizm fakultetining jami talabalar 79 nafar.

● Bugungi kunda universitetda 10 nafar xorijiy talaba tahsil olmoqda.


Kafedralar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 YENGIL ATLETIKA, BIATLON NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI[1]
2 O‘G‘IR ATLETIKA, OT SPORTI NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI [2]
3 SUV SPORTI, ESHKAK ESHISH TURLARI NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI [3]
4 JISMONIY TARBIYA, SPORT NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI [4]
5 MENEJMENT VA SPORT TADBIRLARINI TASHKIL ETISH KAFEDRASI [5]
6 SPORT PSIXOLOGIYASI VA PEDAGOGIKA KAFEDRASI [6]
7 ADAPTIV JISMONIY TARBIYA VA PARASPORT KAFEDRASI [7]
8 GIMNASTIKA SPORT TURLARI NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI [8]
9 SPORT TIBBIYOTI VA BIOXIMIYA KAFEDRASI [9]
10 VOLEYBOL, BASKETBOL NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI [10]
11 FUTBOL NAZARYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI [11]
12 GANDBOL, REGBI, CHIM USTIDA XOKKEY NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI [12]
13 PATOLOGIYA KAFEDRASI [13]
14 BOKS, KIK-BOKS, MUAYTAY NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI [14]
15 MILLIY KURASH TURLARI NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI [15]
16 XALQARO KURASH TURLARI NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI [16]
17 QISHKI SPORT TURLARI NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI [17]
18 TAEKVONDO, QILICHBOZLIK NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI [18]
19 TENNIS, BADMINTON, STOL TENNISI NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI [19]
20 O`ZBEK VA CHET TILLARI KAFEDRASI [20]
21 MURAKKAB-TEXNIK SPORT TURLARI NAZARIYASI VA USLUBIYATI KAFEDRASI [21]
22 ANATOMIYA VA FIZIOLOGIYA KAFEDRASI [22]
23 SPORT HUQUQI, IJTIMOIY VA TABIIY-ILMIY FANLAR KAFEDRASI [23]

TA’LIM YO‘NALISHLARI VA MUTAXASSISLIKLAR

Bakalavr yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kunduzgi[tahrir | manbasini tahrirlash]

[1]

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari to‘g‘risida ma’lumot

(2023-2024 o‘quv yili)

# Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 61010300 Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)
2 61010800 Adaptiv jismoniy tarbiya va sport (parasport)
3 61010900 Jismoniy tarbiya va sport menejmenti, sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish

Magistratura mutaxassisligi:[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shifr Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 71010301 Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha)   
2 71010304 Ommaviy sportni rivojlantirish va sog‘lom turmush tarzini  targ‘ib qilish
3 71010305 Adaptiv jismoniy tarbiya va sport (parasport)
4 71010901 Jismoniy tarbiya va sport menejmenti, sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish
5 70320101 Jurnalistika (sport jurnalistikasi)
6 70310901 Psixologiya (sport)
7 70412501 Marketing (sport marketingi)
8 70910401 Gigiyena: sport diyetologiyasi

Tayanch doktorantura[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taʼlim yoʻnalishi nomi
1 13.00.04 - Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi
2 03.00.08 - Odam va hayvonlar fiziologiyasi
3 19.00.06 -Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi
3 19.00.06 -Yosh va pedagogik psixologiya. Rivojlanish psixologiyasi

Filiallari[tahrir | manbasini tahrirlash]

● Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Fargʻona filiali
 
● Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Nukus filiali

Ilmiy salohiyat[tahrir | manbasini tahrirlash]

● Universitetda jami 508 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Jami ilmiy daraja va unvonlilar – 161 nafar. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ilmiy salohiyati 2022 yildagi 28.3% dan, 2023 yilda 31,6% ko‘tarildi.

●Universitetda DSc.03/30.2019.PhD.28.01 raqamli 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha Ilmiy kengash faoliyati yangi tarkibda yo‘lga qo‘yildi. Mazkur Kengashda 2022 yilda 51 nafar (ulardan 5 nafari fan doktorlik DSc) dissertatsiya ishlarini himoya qilishgan bo‘lsa, 2023 yilda 30 nafar izlanuvchilar (ulardan 7 nafari fan doktorlik DSc, 23 nafari PhD) dissertatsiya ishlarini himoya qilishdi.

●O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 3 noyabrdagi “Jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy tadqiqotlar tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–414-son qaroriga asosan 2023 yilda 9 ta ilmiy loyihani bajarish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, davlat ilmiy texnik dasturlari doirasida 2 ta innovatsion loyiha bajarilib, yana 4 ta loyiha tanlovlarga topshirildi.

●Litva davlatining Loyiha boshqaruvi markaziy agentligi (CPVA, Litva) tomonidan moliyalashtiriladigan (oltmish ming yevro) “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida masofaviy sport ta’limini amalga oshirish (joriy qilish)” mavzusida innovatsion loyihani Litva sport akademiyasi hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamkorligida bajarish boshlandi. Natijada ilmiy ishlanmalar uchun 1 ta patent, 7 ta mualliflik guvohnomalari olindi. Shuningdek, 7 ta Respublika va xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazildi (respublika – 3 ta, xalqaro – 4 ta). Undan tashqari 3 nafar professor-o‘qituvchilarimiz P.F. Lesgaft nomidagi jismoniy tarbiya, sport va sog‘lomlashtirish milliy davlat universitetida (Rossiya) stajirovkada bo‘lib qaytdilar.

●Iqtidorli talabalarni saralab olish va ilmiy tadqiqot ishlariga jalb qilish bo‘yicha seminarlar, sohada yetakchi bo‘lgan olim va mutaxassislar bilan uchrashuvlar, ma’lum soha bo‘yicha ilmiy guruhlarga jalb qilindi va 283 nafar iqtidorli talabalar ilmiy faoliyatga jalb qilindi.

● Sport ta’lim muassasalari o‘quvchilari uchun birinchi marta “IMPULSE SCIENCE - 2023” yozgi maktabi tashkil qilinib, viloyat Olimpiya paralimpiya markazlarining o‘quvchilari, murabbiylari jalb kilindi

●2022-2023 o‘quv yili bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasiga 4 nafar, O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasiga 2 nafar, O‘zbekiston Respublikasi Ibn Sino nomli Davlat stipendiyasiga 14 nafar talabalar tavsiya etildi. ●Ispaniyaning nufuzli reyting tashkiloti – Webometrics agentligi o‘zining Ranking Web of Universities – 2023 reyting natijalarini e’lon qildi. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti ilk bora ushbu reytingga kirdi. Ushbu reytingda universitet dunyo bo‘yicha 23055-o‘rinni, Osiyoda 10021-o‘rinni hamda O‘zbekiston universitetlari orasida 73-o‘rinni

Xalqaro aloqalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yildagi faoliyat natijalari: -10 ta xalqaro oliy taʼlim muassasalari bilan xamkorlik memorandumlari imzolandi; -1 ta xalqaro loyiha malakali sportchilar hamda imkoniyati cheklangan shaxslarni velosipedda vertual mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun “Virtual training in cycling” texnologiyasi ishlab chiqildi; -19 nafar professor-o‘qituvchilar xorijga qisqa muddatli stajirovka va malaka oshirish kurslariga yuborildi; -universitetda 5 nafar xorijlik professor-o‘qituvchilar shartnoma asosida faoliyat yuritmoqda; -Belarus davlat jismoniy tarbiya universiteti bilan 2+2 bakalavriat va 1+1 magistratura qo‘shma taʼlim dasturlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi; -27 nafar talaba va 18 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy tillar bo‘yicha xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritdi; 2023-yil yanvar-iyun holatiga: - 12 ta Xalqaro oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik Memorandumlari imzolandi. Birgina Turkiya misolida oladigan bo‘lsak, mazskur davlatning Bursa Uludag‘, Ataturk, Gazi, Istanbul va Selchuk kabi 5 ta nufuzli universitetlari hamkorlik aloqalri yo‘lga qo‘yildi; - 27 nafar talaba hamda 18 nafar professor-o‘qituvchilar Xalqaro sertifikatlarni qo‘lga kiritishdi; - 4 ta Xalqaro anjuman, seminar va tadbirlar o‘tkazildi; - 24 nafar universitet professor-o‘qituvchilari malaka oshirish yuzasidan xorijiy safarga yuborildi; - Ayni vaqtda 8 nafar xorijlik mutaxassislar oliygohda shartnoma asosida faoliyat

Ma`naviy va jismoniy yuksalish sari[tahrir | manbasini tahrirlash]

●So‘nggi 2 yilda (2020, 2021) talabalar tomonidan xalqaro olimpiadada qo‘lga kiritilgan medallar – 4 ta, shu jumladan 2 ta oltin, 1 ta Kumush, 1ta bronza. So‘nggi 3 yilda (2020-2022) Prezident va nomdor stipendiyalar sohiblari 20 ta, shu jumladan: -Prezident stipendiyalari sohiblari 3 ta; -Nomdor stipendiyalar sohiblari 17 ta. Aynan 2022-yilda universitet tarixida birinchi marta 12 nafar talaba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sohiblariga aylanishdi (9 nafar Ibn Sino, 2 nafar I.Karimov va 1 nafar Prezident stipendiyalari);

●2019-2020-o‘quv yili davomida 10 nafar professor-o‘qituvchilar, “Jismoniy tarbiya va sport a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan, 1 nafar dotsent “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan, 1 nafar dotsent “Shuhrat” medali, 8 nafar talaba-yoshlar “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Undan tashqari 1 nafar “Yil talabasi”, 1 nafar “O‘zbekiston uchun 100 g‘oya” sohibi, 52 nafar xalqaro, 339 nafar respublika musobaqalari g‘olibi yetishib chiqdi. 2020-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida tashkil etilgan “Yil oliygohi-2020” tanlovida universitet jamoasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Universiada-2020” sport musobaqalarida umumjamoa hisobida universitetmiz talabalari 1-oʻrinni qo‘lga kiritdi.

●2023-yil yanvar-iyun holatiga ko‘ra, 1 nafar talaba “Mard o‘g‘lon”davlat mukofati bilan taqdirlandi. Shuningdek, 40 nafar talabalarimiz Xalqaro, 200 nafari respublika musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 1 nafari shaxmat bo‘yicha Osiyo chempioni hamda 6 nafar talaba futbol bo‘yicha U 20 Osiyo kubogi sovrindoriga aylanishdi. “Universiada – 2022” sport musobaqalarida universitet talabalaridan iborat Toshkent viloyati jamaosi umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egallashdi.

●2021-yil sentabr oyidan boshlab esa universitet qoshida Olimp mobil guruhi tashkil etilgan bo‘lib, guruh tarkibi 9 fakultetdan 9 nafar talaba, 1 nafar dekan o‘rinbosari jami 100 nafar aʼzodan iborat. Ularning vazifasi oliygohdagi ijtimoiy muhitni tartibga solish hisoblanadi. Universitet Axborot resurs markazining umumiy fondi 48 810 nomdagi 217799 nusxani tashkil etadi. Shundan, o‘quv adabiyotlari - 36786 nomda 173705 nusxa, ilmiy adabiyotlar -2490 nomda 23500 nusxada, badiiy adabiyotlar - 9534 nomda 20594 nusxada, shu jumladan xorijiy adabiyotlar 5817 nomda 6575 nusxada. Shuningdek, 2023-yilda universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan 52 ta darslik, 184 ta o‘quv qo‘llanma, 35 ta uslubiy qo‘llanma, 18 ta monografiya, 8 ta uslubiy tavsiyanoma, 1 ta ma’ruzalar to‘plami yaratilishi va nashr etilishi rejalashtirilgan. Shundan 10 ta darslik, 43 ta o‘quv qo‘llanmalarga nashr etish ruxsatnomalari berilgan va universitetning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan nashr etilib bosma va elektron nusxalari Axborot-resurs markaziga topshirilgan.

Unversitet va maktab hamkorligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

●Universitetga Toshkent viloyati Chinoz tumani (48 ta) va Chirchiq shahridagi (24 ta) jami 72 ta umumtaʼlim maktablari biriktirilgan. Mazkur 72 ta umumtaʼlim maktablarga 9 ta fakultet 25 ta kafedralarning 530 nafar professor-o‘qituvchilari biriktirildi. Maktablarda jismoniy tarbiya va sport, biologiya, tarix, informatika, chet tillari, psixologiya fanlaridan mahorat darslar tashkil etildi. Mazkur tadbirlarda Bahodir Jalolov (Boks bo‘yicha Olimpiada g‘olibi), Akbar Jo‘rayev (Og‘ir atletika bo‘yicha Olimpiada g‘olibi), Shunqor Adburasulov (Boks bo‘yicha Osiyo chempionati g‘olibi), Karim To‘laganov (Boks bo‘yicha Olimpiada sovrundori), Abdulla Tangriyev (Dzyudo bo‘yicha Olimpiada sovrundori), Jahongir Raxmonov (Boks bo‘yicha Osiyo chempionati g‘olibi), Konstantin Sviridov, V.Ergashev, R.Nartajiyevlar (Futbol bo‘yicha O‘zbekiton chempionlari) ishtirok etishdi.

Asosiy vazifalar va faoliyat yo`nalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi xalqaro standartlar va kadrlar tayyorlashning ilg‘or tajribasini inobatga olgan holda tegishli yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, universitetning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish;

o‘quv jarayonini tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy qilish, yoshlarning sifatli oliy ta’lim olishlariga keng imkoniyatlar yaratish uchun yuqori darajada kasbiy pedagogik mahoratga ega bo‘lgan hamda sport sohasida yuqori natijalarni qayd etgan malakali, amaliy ish tajribasiga ega bo‘lgan xalqaro toifadagi sport ustalari va trenyerlarini ta’lim jarayoniga keng jalb etish;

talabalarning mustaqil tayyorgarligini chuqurlashtirishni hisobga olgan holda nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni yanada optimallashtirish, ish beruvchilar ehtiyojidan hamda sportda yuqori natijalarni qayd etish talablaridan kelib chiqib, ularning kasbiy tayyorgarligini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv rejalarini, dasturlar va o‘quv-metodik materiallarni o‘quv jarayonida qo‘llash;

o‘quv, ilmiy va boshqa adabiyotlar, shu jumladan, xorijiy adabiyotlar fondini va sport sohasiga oid ta’lim resurslarini muntazam yangilab borish, o‘qitishning innovatsion metodlarini rivojlantirish, o‘quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llash, talabalar, o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarning sport faoliyatiga oid xalqaro axborot va ta’lim resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, amaliyot, stajirovka o‘tash tartibini takomillashtirish;

tizimli asosda pedagogik va ilmiy xodimlarning malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish, sport muammolarini qamrab olgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim jarayoniga xorijiy mutaxassislarni keng jalb qilish, shuningdek, tayanch doktorantlar, doktorantlar hamda talabalarning akademik almashinuvini ta’minlash bo‘yicha yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari, tahliliy, tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash;

Universitetning xalqaro reytingi va raqobatbardoshligini oshirish maqsadida chet el fuqarolari uchun ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish, sport faoliyatiga oid ijobiy xalqaro tajriba natijalaridan ta’lim jarayonida foydalanish, nazariy va amaliy bilimlarning sportda boshqaruv sohasi va trenerlik faoliyatida qo‘llash amaliyoti bilan uzviy bog‘liqligini sport tashkilotlari, ixtisoslashgan sport ta’lim muassasalari, sport federatsiyalari (uyushmalari) hamda jismoniy tarbiya va sport sohasining boshqaruv organlari bilan faol hamkorlik orqali ta’minlash;

Universitetning mavjud moddiy-texnika bazasi imkoniyati doirasida qo‘shimcha pulli xizmatlar (ijara, pulli o‘quv kurslari)ni yo‘lga qo‘yish orqali budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishni kengaytirish, iste’dodli yoshlarni saralab olish (seleksiya) hamda respublika va xalqaro sport musobaqalarida olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha talabalar sport klublari hamda jamoalarini tashkil etish.


Mashhur bitiruvchilari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1