Adhamjon Ergashev
Adhamjon Abdullajon ugli Ergashev | |
---|---|
![]() | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi |
![]() |
Qaysi sport | Ogʻir atletika |
Tavallud sanasi | 12-mart 1999-yil |
Tavallud yeri | Namangan, Oʻzbekiston |
Medallar | Andoza:„Shuhrat“ medali |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Osiyo oʻyinlari | ||
Bronza | Jakarta 2018 | 62kg gacha |
Osiyo chempionati | ||
Bronza | Toshkent 2020 | 67kg gacha |
Adhamjon Abdullajon ugli Ergashev (1999-yil 12-martda tugʻilgan, Namangan) — oʻzbekistonlik ogʻir atletikachi, 2018-yilgi Osiyo oʻyinlari va 2014-yilgi ikkinchi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlari gʻolibi.
Sportdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Adhamjon Ergashev 1999-yil 12-martda Namangan viloyatida tugʻilgan. 2016[1], 2018[2] va 2019-yillarda oʻsmirlar oʻrtasida jahon chempioni boʻldi.
2014-yilda oʻtkazilgan ikkinchi oʻsmirlar Olimpiya oʻyinlarida u bronza medalini qoʻlga kiritadi[3].
2015-yilda Xyustondagi jahon chempionatida u yakuniy 19-oʻrinni egalladi. Ergashev ikki yildan keyin Anaxaymda u 62 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida siltab koʻtarishda kichik bronza medali sohibiga aylanadi.
2018-yilda Jakartada oʻtkazilgan Yozgi Osiyo oʻyinlarida 62 kilogramm vazn toifasida bronza medalini qo'lga kiritadi.
2018-yilning noyabr oyi boshida Ashxobodda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 62 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida oʻzbekistonlik sportchi yakuniy oltinchi oʻrinni egallaydi.
2019-yil sentabr oyida Pattaya shahridagi jahon chempionatida Adhamjon 67 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida tosh koʻtarishda (328 kg) kichik bronza medaliga sazovor bo'ladi. Yakuniy bayonnomada esa toʻrtinchi boʻldi.
Tokiodagi Olimpiada oʻyinlarida 67 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasidagi ogʻir atletikachi Adhamjon Ergashev uzoqni koʻzlay olmadi, chunki saralash dasturida u faqat oltinchi natijani qayd etdi[4].
Oradan vaqt o'tib, 2021-yilda u “Shuhrat” medali bilan taqdirlanadi[5].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Results by Events“ (en). International Weightlifting Federation. 11-sentabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-sentabr 2019-yil.
- ↑ „IRAWAN World Champion“ (en). International Weightlifting Federation (3-noyabr 2018-yil). 20-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-sentabr 2019-yil.
- ↑ „Bronze medalist Adkhamjon Ergashev of Uzbekistan in the men's weightlifting 56kg“ (en). International Olympic Committee (24-iyun 2016-yil). 6-avgust 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-sentabr 2019-yil.
- ↑ Узбекистан на ОИ-2020: итоги второго дня uz.sputniknews.ru25.07.2021
- ↑ „О награждении группы спортсменов и тренеров, добившихся высоких результатов на XXXII летних Олимпийских играх в городе Токио“. Официальный веб-сайт Президента Республики Узбекистан (13-avgust 2021-yil). 16-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 16 avgust.