Naila Kamolova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Naila Adelshina Kamolova (1951.22.9, Kogon tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi xalq oʻqituvchisi (1955). Buxoro pedagogika institutini tugatgan (1973). 1973 yildan Buxoro shahridagi 21-maktabda, 1976 yildan 23-maktabda jismoniy tarbiya oʻqituvchisi. Kamolova olib borayotgan jismoniy tarbiya darslari oʻzining noanʼanaviyligi, mazmun jihatdan boyligi bilan oʻquvchilar diqqatini jalb etadi. Uning tashabbusi bilan milliy sport turlari, gimnastika boʻyicha mashqlar, sport musobaqalari, spartakiadalar nizomlari, sayyohlik yoʻnalishlari ishlab chiqilgan. Murabbiy sifatida sogʻligi zaif bolalar uchun reabilitatsiya guruhi tashkil etib, ularning sogʻligini tiklash uchun oʻzi ishlab chiqqan mashqlar majmuidan unumli foydalanadi.

[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil