Sobirjon Roʻziyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sobirjon Sobitovich Roʻziyev (1953.15.6, Qirgʻiziston, Moskva tumani) — qilichboz, xizmat koʻrsatgan sportchi (1978). Qilichbozlikning rapira turi boʻyicha 3 karra jahon chempioni (1974, Grenobl; 1979, Melburn; 1981, KlermonFerran), 3 marta jahon kubogi gʻolibi (1974, 1975, 1977, Bonn), 2 marta Jovanini kubogida gʻolib chiqqan (1974, Bolonya; 1979. Venetsiya), olimpiada kumush medali sovrindori (1980, Moskva). R. Oʻzbekiston jismoniy tarbiya institutini (1975), ToshDUning yuridik fakultetini (1986) tugatgan. Qurolli Kuchlar harbiy xizmatchisi (1974 —92). OʻzR Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi (1992—95), OʻzR Milliy olimpiada qoʻmitasi prezidenti (1995—2003). Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi prezidenti (2003 yildan). R. Xalqaro Olimpiada qoʻmitasining kumush ordeni (1998), Milliy Olimpiada qoʻmitalari assotsiatsiyasi oltin ordeni (2002) bilan mukofotlangan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil