Numizmatika

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Numizmatika (lot. numisma — tan-ga) — tangalar haqidagi fan; tangalarning tasvirlari, yezuvlari, ogʻirligi, kanday metalldan yasalganligi, pul muomalasidagi darajasi va tanga zarb qilinish tarixini oʻrganadi. N. xronologiya, moddiy madaniyat, ichki va tashqi savdo tarixi masalalarini tekshirishga imkon beradi, tarix, arxeologiya, paleografiya, sanʼat tarixi, iqtisod, etnografiya fanlari uchun katta ahamiyatga ega. N. tushunchasiga yana qogʻoz pullarni oʻrganish (bonistika) va medal, jeton, orden hamda nishonlarni oʻrganish (faleristika) ham ki-radi. Metall pullar paydo boʻlgunga qadar pul vazifasini har xil tovarlar: hayvonlar, taqinchoklar, metall qurollar va quymalar bajargan. Jamiyatning iqtisodiy rivojlanishi, savdoning oʻsishi pulga boʻlgan ehtiyojni keltirib chiqargan. Faqat davlat boshliklarigina tanga chiqarish huquqiga ega boʻlgan. Birincha metall tangalar miloddan avvalgi 7-asrda Kichik Osiyoning Lidiya davlatida zarb qilingan.

Oʻrta Osiyoda birinchi tangalar (kumushdan) miloddan avvalgi 3-asrda chiqarilgan. Uning yuza qismi (aversi)ga podshoning surati, orqa tomoni (reversi)ga esa har xil xudolar, muqaddas hayvonlar tasviri solingan yoki podsholarning nomi yozilib, tamgʻasi tushirilgan.

N. numizmatik kolleksiyadan farq qiladi. Tangalarni kolleksiya kilish 14—15-asrlarda Italiyada paydo boʻlgan. Ilmiy N. fani 18-asrning 2-yarmida venalik Y. X. Ekkel tomonidan asoslangan.

N. shartli ravishda Antik davr, Vizantiya, Sharq (Osiyo va Afrika mamlakatlarida, shuningdek, Oʻrta Osiyo, Kavkaz, Qrim, Volga boʻyida oʻrta asrlarda chiqarilgan tangalarni oʻz ichiga oladi), Gʻarb (Gʻarbiy Yevropa hamda AQSH, Kanada va Lotin Amerikasida chiqarilgan tangalar) va rus N.siga boʻlinadi.

Sharq N.siga X. D. Fren asos solgan. Oʻrta Osiyo davlatlari tangalarini oʻrganishda rus olimlari P. S. Savelyev, V. T. Tizengauzen, Ye. A. Davidovich, O. N. Smirnova, oʻzbekistonlik olimlardan M. Ye. Massoy, Sh. R. Pidayev, E. V. Rtveladze, T. S. Yernazarova, Ye. V. Zeymal, B. D. Kochnev, A. A. Musakayeva, I. T. Toʻxtiyev va boshqalarning hissasi katta.

Adabiyot[tahrir]

  • Smirnova O. I., Katalog monet s gorodisha Pendjikent, M., 1963; Davidovich Ye. A., Istoriya monetnogo dela Sredney Azii XVII—XVIII vv., Dushanbe, 1964; Yernazarova T. S, Denejnoye obrasheniye Samarqanda po arxeologo-numizmaticheskim dannim (do nach. IX v.). v sb. "Afresiab" . vip. 3., T., 1974; Rtveladze E. V., Pidayev Sh . R., Katalog drevnix monet Yujnogo Oʻzbekistana, T., 1981; Numizmatika Oʻzbekistana, T., ,1990.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil