Topografiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Topografiya (yun. topos — joy va ...grafim) — Yer sirti (qurukGʻshk tabiiy sirti elementlari va unda joylashgan inson faoliyatiga bogʻliq obʼyektlar)ni geometrik jihatdan oʻrganish, ularni plan va xaritalarda tasvirlash bilan shugʻullanadigan ilmiy-texnik fan.

T. yirik masshtabli topografik xaritalarni tuzish bilan bogʻliq dala oʻlchash va hisobchizma ishlarini; joyda sʼyomka bazasi tarmogʻini qurish; oddiy asbob va usullarda bajariladigan sʼyomka ishlarini, aerofototopografik usulda bajariladigan sʼyomka ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish; topografik xaritalar tuzishning hamma bosqichlarida tahririy ishlarni taʼminlash; topografik xaritalar uchun shartli belgilarni ishlab chiqish va ularni mukammallashtirish kabi masalalar bilan shugʻullanadi.

Yer tabiiy sirtini oʻrganishda T. tabiiy va iqtisodiy geografiyaga asoslanadi; Yer sirtining tasvirini qogʻoz (tekislik)da hosil qilish (topografik xaritani yaratish)da esa u geodeziya va xaritagrafiya maʼlumotlaridan foydalanadi. Topografik sʼyomka asosida yaratilgan topografik xaritalar umumgeografik xaritalarning negizi hisoblanadi.