Kontent qismiga oʻtish

Mikel Oyarzabal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mikel Oyarzabal
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Mikel Oyarzabal Ugarte[1]
Tavallud sanasi 1997-yil 21-aprel[1]
Tavallud joyi Eibar, Ispaniya[1]
Ampluasi Chap qanot hujumchisi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Real Sociedad
Raqami 10
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Eibar
2011-2015 Real Sociedad
2013-2014 Eibar (ijara)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2014-2015 Real Sociedad B 13 (3)
2015 - Real Sociedad 280 (76)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)


Mikel Oyarzabal Ugarte (1997-yil 21-aprelda tugʻilgan) – ispaniyalik professional futbolchi, La Liganing „Real Sociedad“ klubi va Ispaniya terma jamoasida chap qanot hujumchisi sifatida oʻynaydi.

U butun professional faoliyatini La Liganing „Real Sociedad“ klubida oʻtkazgan. Jamoa safida 344 ta oʻyinda maydonga tushib, 97 ta gol muallifi boʻlgan. Futbolchi klubning hozirgi kundagi sardori ham hisoblanadi. 2019-2020-yilgi Copa del Rey turnirida zafar quchgan boʻlib, finalda gʻalaba goli muallifi boʻlgan.

Oyarzabal Ispaniya terma jamoasi safida 2016-yilda debyutini oʻtkazgan va ikkita Yevropa chempionatida mamlakati sharafini himoya qilgan. Ispanlar bilan Yevro 2024 turnirining ham gʻolibiga aylandi va u yerda ham finaldagi hal qiluvchi golning muallifiga aylandi.

Klublardagi karyerasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Oyarzabal Real Sociedad jamoasi safida, 2018-yil

Gipuzkoa shtatining Eibar shahrida tugʻilgan Oyarzabal 2011-yilda 14 yoshida „Real Sociedad“ning yoshlar akademiyasiga qoʻshilgan[2]. 2014-yilning 15-noyabrida zaxira jamoasi tarkibida Segunda B divizionida „Amorebieta“ jamoasiga qarshi safarda 3:2 hisobida yakunlangan oʻyinning ikkinchi boʻlimda zaxiradan maydonga tushib, katta futboldagi debyutini oʻtkazgan[3].

2015-yil 20-sentyabrda Oyarzabal oʻzining professional futboldagi ilk gollarini kiritdi. „Mensajeroga“ klubiga qarshi safarda kechgan oʻyinda dubl muallifi boʻlgan holda jamoasining 5:0 hisobidagi gʻalabasini taʼminladi[4]. 25-oktabr kuni esa asosiy jamoa va La Ligadagi debyutini oʻtkazdi. Futbolchi „Levante“ bilan bahsning soʻnggi daqiqalarida Carlos Vela oʻrniga maydonga tushirildi. Uchrashuv Oyrazabal jamoasining 4:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi[5].

Oyarzabal „Real Sociedad“ safidagi ilk golini 2016-yilning 8-fevralida mehmonda „Espanyol“ga qarshi oʻyinda (5:0) kiritdi[6]. Olti kundan soʻng futbolchi jamoa bilan shartnomasini 2021-yilga qadar uzaytirdi va aynan shu kuni Anoeta Stadiumda boʻlib oʻtgan „Granada“ga qarshi bahsda ikki gol muallifi boʻlgan holda jamoasi 3:0 hisobida gʻalaba qozonishiga yordam berdi[7][8].

2016-yilning 19-avgustida Oyarzabal shartnomasini yana 2022-yilgacha uzaytirdi[9]. U mavsum davomida barcha 38 liga oʻyinida maydonga tushdi. Jamoasi La Ligani oltinchi oʻrinda yakunlab, ikki yillik tanaffusdan soʻng UEFA Yevropa Ligasiga qaytdi[10].

Oyarzabal Yevropa turnirlaridagi debyutini 2017-yilning 19-oktyabr kuni oʻtkazdi. Yevropa ligasi guruh bosqichi doirasida Makedoniyaning „Vardar“ klubiga qarshi oʻyinda (6:0) maydonga tushdi va bir gol muallifiga ham aylandi[11][12]. Uning jamoasi turnirning 1/32 bosqichigacha yetib bordi va u yerda „Red Bull Salzburg“ jamoasiga 4:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Mavsum davomida u ichki turnirlarda jami 12 bor raqib darvozasini ishgʻol etdi[13][14].

2018-yilning 5-oktyabr kuni Oyarzabal oʻsha yilning may oyidan beri oʻzining birinchi gollarini kiritdi. Basklar derbisida „Athletic Bilbao“ qarshi jamoasi mehmonda 3:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda ikkita penaltini aniq amalga oshirdi[15]. „Athletic Bilbao“ uni yozgi transfer oynasida oʻz safiga qoʻshib olishga harakat qildi, ammo u taklifni rad etgan holda „Real Sociedad“ bilan shartnomasi 2024-yilgacha uzaytirdi[16]. U oʻsha mavsumda 13 marta gol urib, yangi shaxsiy rekordini oʻrnatdi[17].

2019-2020-yilgi Copa del Rey turnirining yarim finalining ikki javob uchrashuvida ham gol muallifiga aylandi va jamoasining „Mirandes“ ustidan 3:1 hisobida gʻalabasini taminladi. Bu „Sociedad“ning 1988-yildan beri Copa del Reydagi ilk finali boʻldi[18]. Oʻsha yilning 10-iyulida jamoasi „Granada“ klubig oʻz uyida 3:2 hisobida imkoniyatni boy bergan uchrashuvda „La Real“ safida 50-golini kiritdi[19]. 3-oktyabr kuni „Getafe“ klubiga qarshi oʻyin Oyarzabal uchun yubiley 200-uchrashuv boʻdi[20].

2021-yilning 3-aprelida Oyarzabal 2020-yilgi karantin sabab qoldirilgan Copa del Reyning final oʻyinida penaltini aniq amalga oshirgan holda jamoasining yagona goli muallifiga aylandi va 34 yil deganda jamaoasiga ilk chempionlikni olib keldi[21][22]. 2022-yil mart oyida u mashgʻulot paytida chap tizzasidan olgan jarohati tufayli mavsumning qolgan uchrashuvlarini oʻtkazib yuborishi maʼlum boʻldi[23][24][25].

2023-yil fevral oyida Oyarzabal shartnomasini 2028-yilga qadar uzaytirdi va klub uning tovon pulini 75 million yevro etib belgiladi[26]. U iyun oyida Asier Illarramendi jamoani tark etganidan soʻng jamoa sardoriga ham aylandi[27].

Terma jamoadagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oyarzabal Ispaniyaning U-18, U-19 va U-21 yosh toifasidagi jamoalari sharafini himoya qilgan[28][29]. 2016-yilning 17-mayida, 19 yoshida, u Bosniya va Gersogovinaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida asosiy terma jamoa safidagi debyutini oʻtkazdi[30]. Oʻn ikki kundan soʻng, oʻyin tugashiga yarim soat qolganda Nolitonining oʻrniga zaxiradan maydonga tushirildi[31].

2019-yil 10-iyun kuni Oyarzabal UEFA Yevro 2020 saralashida doirasida Ispaniya Shvetsiya ustidan 3:0 hisobida gʻalaba qozongan uchrashuvda u xalqaro miqyosdagi debyut golini kirtidi[32]. 2021-yil may oyida u Luis Enrique boshchiligidagi terma jamoaning UEFA Yevro 2020 uchun yakuniy qaydnomasiga kirtildi[33]. Oʻyin yakuniga yaqin maydonga tushgan futbolchi ekstra-timelardagi jamoasining soʻnggi golini kiritdi va 5:3 hisobidagi gʻalabaga katta hissa qoʻshdi[34]. Keyingi bosqichda jamoasi Shveytsariyani (120 daqiqadan keyin 1:1 hisob) penaltilar seriyasida magʻlub etidi. Ushbu seriyada Oyrazabal soʻnggi zarbani aniq ravishda amalga oshirdi[35].

Oyarzabal 2021-yilgi Tokiyo shahrida boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida terma jamoasi sharafini himoya qildi[36]. U turnir davomida uch gol muallfi boʻldi. Shu jumladan finalda Braziliya Olimpiya terma jamoasi darvozasini ham ishgʻol qildi, biroq yakunda Lotin Amerikasi vakillari chempionlikni qoʻlga kiritishidi[37]. 10-oktyabr kuni Fransiyaga qarshi 2021-yilgi UEFA Millatlar ligasi finalida ham birinchi golni kiritda va yakunda yana jamoasi imkoniyatni boy berdi[38].

27-may kuni tizzasidan olgan jiddiy jarohatidan tuzalgan futbolchi terma jamoaning Yevro 2024 uchun yakuniy qaydnomasiga kirtildi[39]. U 5-iyun kuni turnir oldidan oʻtkazilgan Andorra terma jamoasiga qarsi oʻyinda Ispaniya safidagi ilk xet-trikini qayd etdi[40]. Oyarzabal Germaniyadagi turnirning barcha uchrashuvlarida maydonga tushdi. Hattoki 14-iyul kuni boʻlib oʻtgan final uchrashuvining 86-daqiqasi gʻalaba goli muallifiga aylandi[41][42][43].

Basklar mamlakati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oyarzabal 2016-yil 30-dekabrda San-Mames stadionida Tunisga qarshi uchrashuvda rasman roʻyxatga olinmagan Basklar mamlakati terma jamoasida maydonga tushdi va gol muallifi ham boʻldi[44].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oyarzabal Deusto universitetida biznes yoʻnalishida oʻqishni tamomlagan. U 2015-yilda Ainhoa Larrauri bilan ishqiy munosabatlarni boshlagan, ularning oʻgʻli 2023-yilning dekabr oyida dunyoga kelgan[45][46].

2024-yil 25-may holatiga koʻra[47]
Klub safidagi barcha turnirlar doirasida statistikasi
Klub Mavsum Liga Copa del Rey Yevropa Boshqa Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Goals Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Real Sociedad B 2014–15 Segunda División B 5 0 5 0
2015–16 Segunda División B 8 3 8 3
Total 13 3 13 3
Real Sociedad 2015–2016 La Liga 22 6 2 0 24 6
2016– La Liga 38 2 5 2 43 4
2017–2018 La Liga 35 12 2 0 6 2 43 14
2018–2019 La Liga 37 13 4 1 41 14
2019-2020 La Liga 37 10 8 3 45 13
2020-2021 La Liga 33 11 2 1 7 1 43 13
2021–2022 La Liga 22 9 5 3 6 3 33 15
2022–2023 La Liga 23 4 3 0 2 0 28 4
2023–2024 La Liga 33 9 4 3 7 2 44 14
Umumiy 280 76 35 13 28 7 1 1 344 97
Umumiy 293 79 35 13 28 7 1 1 357 100
2024-yil 14-iyul holatiga koʻra[48]
Terma jamoa safidagi yillar boʻyicha statistikasi
Terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Ispaniya 2016 1 0
2019 6 2
2020 4 2
2021 10 2
2023 5 1
2024 11 5
Total 37 12
2024-yil 14-iyul holatiga koʻra[48]
Terma jamoa safida kiritgan gollari
No. Sana Satdion Raqib Goldan keyingi hisob Natija Turnir
1 2019-yil 10-iyun Santiago Bernabéu Stadium, Madrid, Ispaniya  Shvetsiya 3–0 3–0 UEFA Yevro 2020 saralash bosqichi
2 2019-yil 18-noyabr Metropolitano Stadium, Madrid, Ispaniya  Ruminiya 5–0 5–0 UEFA Yevro 2020 saralash bosqichi
3 2020-yil 10-oktyabr Alfredo Di Stéfano Stadium, Madrid, Ispaniya   Shveysariya 1–0 1–0 2020-2021-yil UEFA Millatlar ligasi
4 2020-yil 17-noyabr Estadio de La Cartuja, Seville, Ispaniya  Germaniya 6–0 6–0  2020-2021-yil UEFA Millatlar ligasi
5 2021-yil 28-iyun Parken Stadium, Copenhagen, Daniya  Xorvatiya 5–3 5–3 (q.v) UEFA Yevro 2020 nimchorak final
6 2021-yil 10-oktyabr San Siro, Milan, Italiya  Fransiya 1–0 1–2 2021-yil UEFA Millatlar ligasi Final
7 2023-yil 16-noyabr Alphamega Stadium, Limassol, Kipr  Kipr Respublikasi 2–0 3–1 UEFA Yevro 2020 saralash bosqichi
8 2024-yil 5-iyun Estadio Nuevo Vivero, Badajoz, Ispaniya  Andorra 2–0 5–0 Oʻrtoqlik
9 3–0
10 4–0
11 2024-yil 8-iyun Estadi Mallorca Son Moix, Palma de Mallorca, Ispaniya  Shimoliy Irlandiya 5–1 5–1 Oʻrtoqlik
12 2024-yil 14-iyul Olympiastadion, Berlin, Germaniya  Angliya 2–1 2–1 UEFA Yevro 2024

Real Sociedad

Ispaniya U-21

  • UEFA U-21 Yevropa Chempionati: 2019;[49] finalchi: 2017[50]

Spain U-23

Ispaniya

Shaxsiy

  1. 1,0 1,1 1,2 „Mikel Oyarzabal Ugarte“. Real Sociedad. Qaraldi: 2019-yil 26-fevral.
  2. „Gran triunfo del Sanse en Amorebieta (2–3)“ (es) (2014-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 25-oktyabr.
  3. „Gran triunfo del Sanse en Amorebieta (2–3)publisher=Real Sociedad“ (es) (2014-yil 16-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 25-oktyabr.
  4. „El Sanse lo borda en La Palma (0–5)“ (es). Real Sociedad (2015-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2015-yil 25-oktyabr.
  5. Ballesteros, Cristian. „La Real coge aire y deja tocado a Alcaraz“ (es) (2015-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 23-oktyabr.
  6. „Vela and Reyes score in Real Sociedad win“. Goal (2016-yil 8-fevral). Qaraldi: 2016-yil 8-fevral.[sayt ishlamaydi]
  7. „Mikel Oyarzabal signs new deal with Real Sociedad“. ESPN FC (2016-yil 13-fevral). Qaraldi: 2016-yil 14-fevral.
  8. „Mikel Oyarzabal double helps Real Sociedad see off Granada“. ESPN FC (2016-yil 14-fevral). Qaraldi: 2016-yil 14-fevral.
  9. „Agreement to renew Mikel Oyarzabal's contract“. Real Sociedad (2016-yil 19-avgust). Qaraldi: 2016-yil 21-avgust.
  10. Erkizia, Oier. „Del Europeo a la biblioteca“ (es) (2017-yil 3-iyul). Qaraldi: 2018-yil 31-iyul.
  11. G. Gil, Aimara. „Vardar 0 Real Sociedad 6: resumen, resultado y goles“ (es) (2017-yil 19-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 31-iyul.
  12. Mayo, Marc. „Salzburg battle to draw at Real Sociedad“ (2018-yil 15-fevral). Qaraldi: 2018-yil 31-iyul.
  13. „Oyarzabal, de récord“ [Record-man Oyarzabal] (es). El Desmarque (2019-yil 4-aprel). Qaraldi: 2020-yil 10-oktyabr.
  14. „Resounding win“. Real Sociedad (2018-yil 8-aprel). Qaraldi: 2018-yil 31-iyul.
  15. „Football news – Two penalties give Real Sociedad derby win at Athletic Bilbao“. Eurosport (2018-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 6-oktyabr.
  16. „Oyarzabal confident about Real Sociedad contract, mum on Athletic Bilbao“. EFE (2018-yil 15-avgust). Qaraldi: 2018-yil 6-oktyabr.
  17. „Oyarzabal was already a star – Mendieta names young talents to watch out for in LaLiga“. Fot Mob (2019-yil 26-avgust). Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.
  18. „Real Sociedad beat Mirandes to end 32-year wait for Copa final“. BeIN Sports (2020-yil 4-mart). Qaraldi: 2020-yil 8-mart.
  19. Badallo, Óscar. „Oyarzabal, gol 50 de txuriurdin y con la élite europea“ (es) (2020-yil 11-iyul). Qaraldi: 2020-yil 11-oktyabr.
  20. „La Real Sociedad castiga al Getafe“ (es) (2020-yil 3-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 11-oktyabr.
  21. Reidy, Paul. „Athletic Club 0–1 Real Sociedad: result, summary, goal“ (2021-yil 3-aprel). 2021-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-aprel.
  22. Lowe, Sid. „Real Sociedad beat Athletic to claim Copa del Rey and Basque glory“ (2021-yil 3-aprel). Qaraldi: 2021-yil 4-aprel.
  23. Barlow, Ruairidh „Mikel Oyarzabal's World Cup hopes in doubt after serious injury“. Football España (2022-yil 17-mart). Qaraldi: 2022-yil 19-mart.
  24. Badallo, Óscar. „Mikel Oyarzabal regresa 293 días después“ (es) (2022-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
  25. Ramajo, Roberto. „El día en que Oyarzabal volvió a ver puerta tras la larga lesión“ (es) (2023-yil 15-yanvar). Qaraldi: 2023-yil 10-mart.
  26. Ramajo, Roberto. „Oyarzabal renueva hasta 2028, con la misma cláusula de 75M€“ (es) (2023-yil 10-fevral). Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  27. Gonzalo, Marta „Primera temporada de Oyarzabal como primer capitán: todos los registros que puede rebasar en la 23–24“ [Oyarzabal's first season as first captain: all the records that he can break in 23–24] (es). El Desmarque (2023-yil 20-iyun). Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  28. „Oyarzabal and Zubeldia with Spain's Under-18“. Real Sociedad (2015-yil 9-avgust). Qaraldi: 2016-yil 29-may.
  29. „Mikel Oyarzabal, with Spain's Under-19s“. Real Sociedad (2015-yil 20-oktyabr). Qaraldi: 2016-yil 29-may.
  30. „Mikel Oyarzabal called by Spain's senior side“. Real Sociedad (2016-yil 17-may). Qaraldi: 2016-yil 29-may.
  31. Campos, Tomás. „Nolito endulza un duelo atípico“ (es) (2016-yil 29-may). Qaraldi: 2016-yil 29-may.
  32. „Spain 3–0 Sweden“. BBC Sport (2019-yil 10-iyun). Qaraldi: 2020-yil 10-oktyabr.
  33. Westwood, James „Real Madrid captain Ramos left out of Spain squad for Euro 2020 but Laporte included after France switch“. Goal (2021-yil 25-may). Qaraldi: 2021-yil 30-iyun.
  34. Sanders, Emma „Croatia 3–5 Spain“. BBC Sport (2021-yil 28-iyun). Qaraldi: 2021-yil 30-iyun.
  35. „Euro 2020 Switzerland v Spain: Watch Mikel Oyarzabal's winning penalty as Spain beat Switzerland“. BBC Sport (2021-yil 2-iyul). Qaraldi: 2021-yil 5-iyul.
  36. „Spain names six from Euro squad to Olympic roster“. Sports Illustrated (2021-yil 29-iyun). Qaraldi: 2021-yil 5-iyul.
  37. Johnson, Jonathan „Tokyo Olympics: Brazil defend gold medal, down Spain in extra time of men's soccer final“. CBS Sports (2021-yil 7-avgust). Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  38. „Mbappe, Benzema lead France over Spain in Nations League final“. ESPN (2021-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
  39. „Euro 2024 provisional squad“. Royal Spanish Football Federation (2024-yil 27-may). Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.
  40. „Spain 5–0 Andorra – Super-sub Mikel Oyarzabal nets hat-trick in comfortable pre-Euro 2024 friendly win for La Roja“. Eurosport (2024-yil 5-iyun). Qaraldi: 2024-yil 6-iyun.
  41. „OFFICIAL | Final Spain squad for the Euro 2024 finals“. Royal Spanish Football Federation (2024-yil 7-iyun). Qaraldi: 2024-yil 17-iyul.
  42. „La Eurocopa de Nico, Yamal... y Oyarzabal“ (es) (2024-yil 14-iyul). Qaraldi: 2024-yil 14-iyul.
  43. Gama Alexandre, Tiago. „O homem de um clube só que se tornou herói de uma nação: Oyarzabal chegou a jogar pelo País Basco mas tornou-se campeão da Europa“ (pt) (2024-yil 14-iyul). Qaraldi: 2024-yil 14-iyul.
  44. Cuenca, Nika. „Euskadi gana a Túnez, pero la afición muestra su desánimo“ (es) (2016-yil 30-dekabr). Qaraldi: 2018-yil 31-iyul.
  45. Prasad M., Krishna. „Who is Mikel Oyarzabal’s Girlfriend Ainhoa Larrauri? Uncovering Spain star’s relationship life“. EssentiallySports (2024-yil 14-iyul). Qaraldi: 2024-yil 17-iyul.
  46. „Mikel Oyarzabal ya es aita y no viajará a Villarreal“ (es) (2023-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 4-may.
  47. „Mikel Oyarzabal“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 30-yanvar.
  48. 48,0 48,1 „Mikel Oyarzabal“. EU-Football.info. Qaraldi: 2017-yil 2-mart.
  49. Begley, Emlyn „Spain U21 2–1 Germany U21“. BBC Sport (2019-yil 30-iyun). Qaraldi: 2019-yil 1-iyul.
  50. „Germany U21 1–0 Spain U21“. BBC Sport (2017-yil 30-iyun). Qaraldi: 2019-yil 17-avgust.
  51. McNulty, Phil „Spain 2–1 England“. BBC Sport (2024-yil 14-iyul). Qaraldi: 2024-yil 14-iyul.
  52. „Spain 1–2 France“. UEFA (2021-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 12-oktyabr.
  53. „Mikel Oyarzabal named LaLiga Santander Player of the Month for October“. La Liga (2020-yil 6-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 4-dekabr.
  54. „Oyarzabal and Merino win the LALIGA EA SPORTS Best Play for March“. La Liga (2024-yil 28-mart). Qaraldi: 2024-yil 24-may.