Kontent qismiga oʻtish

Foydalanuvchi munozarasi:Javoxir Yorqulov

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Mavzu qoʻshish
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Eng oxirgi fikr: 7 kun oldin (Persia tomonidan „Persian-Uzbek Wiki Collaboration 2025“ mavzusida)
Tez boshlash uchun qoʻllanma Vikipediyaga xush kelibsiz, Javoxir Yorqulov!
Birinchi qadam Vikipediya foydalanuvchilari nomidan uning oʻzbek tilidagi boʻlimiga kelganingiz bilan qutlayman. Umid qilamizki, siz loyihada ishtirok etishdan behad mamnun boʻlasiz.

Ishtirok etishning asosiy tamoyillariga eʼtibor bering: bemalol tahrirlang va ezgu maqsadni koʻzlang.

Munozara sahifalarida tasvirda koʻrsatilgan tugmani bosish orqali imzo qoʻyish mumkin.

Vikipediyada maqolalar ostiga imzo qoʻyilmaydi (mualliflar roʻyxati avtomatik shakllanib boradi va maqolaning tahrirlar tarixidan olinishi mumkin boʻladi), biroq forumdagi muhokamalarda yoki alohida sahifalarning munozaralarida ishtirok etishni istasangiz — iltimos, toʻrtta tilda (~~~~) belgisi bilan yoki asboblar panelidagi mos tugmachani bosish yoʻli bilan imzo cheking. Bunda foydalanuvchi nomingizni qoʻlda kiritish talab etilmaydi.

Foydalanuvchi sahifangizda oʻzingiz haqingizdagi ayrim maʼlumotlar haqida xabar berishingiz mumkin — masalan, qaysi tillarni bilishingiz yoki qiziqishlaringiz.

Endi boshlayotganlarning tez-tez qiladigan xatolaridan biri — mualliflik huquqlarini buzishdir. Vikipediyada mualliflik huquqi egasining ruxsatisiz matnlardan nusxa koʻchirish taqiqlanadi. Batafsil maʼlumot uchun Vikipediya:Mualliflik huquqlari sahifasiga nazar soling.

Yozilgan matn imlosini tuzatish kabi koʻp mehnat talab qiladigan amallarni bajarish uchun tahrirlash oynasining tagida joylashgan Vikifikator funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.

Agar siz bitta tahrir bilan maqola yarata olmasangiz va uni yozishni keyinroq davom ettirmoqchi boʻlsangiz, bu haqda boshqa foydalanuvchilarni xabardor qilish uchun maqola matnining eng boshiga {{subst:L}} kodini qoldiring.

Agar sizda savollar tugʻilib qolsa, Yordam sahifasidan foydalaning. Agar savollaringizga u yerda javob topa olmagan boʻlsangiz, unda uni loyiha forumida yoki Telegram chatda bering yoki shaxsiy munozara sahifangizni tahrirlang: u yerga {{yordam kerak}} kodini va savolingiz matnini yozing — sizga albatta yordam berishadi.

Vikiiqtibos, Vikilugʻat, Vikimaʼlumotlar, Vikiombor kabi Vikipediyaga qardosh boshqa loyihalar ham bor. Ularni boyitishga ham hissa qoʻshishingiz mumkin.

Va yana bir marotaba, xush kelibsiz!

Hello and welcome to the Uzbek Wikipedia! We appreciate your contributions. If your Uzbek skills are not good enough, that’s no problem. We have an embassy where you can inquire for further information in your native language. We hope you enjoy your time here!
Maqolalarni nomlash
Maqola qanday yoziladi? Qarang: Maqola ustaxonasi / Videodarslar
Qoida va koʻrsatmalar
Tasvirlar bilan bezash
Mualliflik huquqlari
Glossariy
Programmer (munozara) 19:08, 9-Aprel 2024 (UTC)
Oqkoʻngil tahrirchi yulduzi Minnatdorlik choyi
Assalomu alaykum hurmatli Javohir. Siz bilan tanishganimdan va meni Ravenclaw jamoaimda boʻlganligingizdan bagʻoyatta xursandman. Keyingi safar jamoaviy yigʻilganimizda sizni bir chashkadan choy ichishga taklif qilaman.

Koʻngil na choy istar, na choyxona,
Koʻngil diydor istar, choy bir bahona

Hurmat bilan. Ibrohimjon 11:19, 5-Iyul 2024 (UTC)

Namunali shogird

[manbasini tahrirlash]
"Namunali shogird" ordeni
Hurmatli Javoxir Yorqulov! Vikipediyada maqola yozishni tez va qunt bilan oʻrganib, sifatli maqolalar yaratayotganingiz uchun ushbu ordenni berishni joiz koʻrdim:)

Devona Jovliyev (munozara) 20:48, 11-Iyul 2024 (UTC)

Hurmatli Devona Jovliyev ushbu nomga loyiq koʻrganiningiz va barcha vikipediyada oʻrgatganlaringiz uchun oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Kelgusi ishlaringizga rivoj tilayman. Javoxir Yorqulov (munozara) 20:58, 11-Iyul 2024 (UTC)

Vikibahor tanlovida ishtirok eting

[manbasini tahrirlash]
Vikibahor
Hurmatli Javoxir Yorqulov. Sizni 2025-yilning 21-martidan 31-mayiga qadar davom etadigan Xalqaro Vikibahor-2025 tanlovida ishtirok etishga chorlayman! Loyihada ishtirok etish va qoidalar bilan uning asosiy sahifasida tanishishingiz mumkin.

Mazkur tanlov haqida koʻproq maʼlumot olish uchun meta:Wikimedia CEE Spring 2025 sahifasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Hurmat bilan Vikibahor-2024 gʻolibi va Vikibahor-2025 hakami PanPanChik #yozish 06:52, 2025-yil 1-aprel (UTC)Javob berish

Soʻrovnomada qatnashing!

[manbasini tahrirlash]

Salom! Mana bu sahifada administratorlik bayrogʻini qabul qilib olish uchun nomzodimni qoʻygan edim. Iltimos, soʻrovnomada oʻz ovozingiz bilan ishtirok etsangiz! Hurmat bilan, W/ "Hasan Xamidovich" 19:47, 2025-yil 24-avgust (UTC)Javob berish

Andozaga turkum qoʻshish

[manbasini tahrirlash]

Salom Javohir. Vikipediyaga, ayniqsa futbol turkumiga oid sahifalarga qoʻshayotgan hissangiz uchun rahmat. Andoza yaratgan vaqtingizda, andoza ma'lumotlarini qaysi tildan olib oʻtsangiz yoki mustaqil yaratsingiz oxirida kerakli turkumni kiritib keting. Bu andozalar turkumiga koʻra bir sahifada yigʻishga qulay boʻladi. Kelgusida yanada faol boʻlishingiz tilayman. Yoqimli tahrirlar ! AnvarxonM (munozara) 05:33, 2025-yil 26-avgust (UTC)Javob berish

Salom AnvarxonM, ogohlantirganingiz uchun rahmat, keyingi andozalarni yaratishda albatta bularni inobatga olaman. Yoqimli taxrirlar! Javoxir Yorqulov(suhbat uchun!) 09:03, 2025-yil 26-avgust (UTC)Javob berish

„Futbol boʻyicha Osiyo kubogi rekord va statistikalari“ sahifasi tezda oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi

[manbasini tahrirlash]

Siz tomoningizdan yaratilgan „Futbol boʻyicha Osiyo kubogi rekord va statistikalari“ sahifasi tezda oʻchirish mezonlariga („M8: Avvaldan mavjud maqolaning nusxasi boʻlgan maqola“) binoan oʻchirishga nomzod oʻlaroq koʻrsatildi, chunki sahifa hozirgi holatida oʻzbekcha Vikipediya qoida va koʻrsatmalariga mos kelmaydi. Tajriba oʻtkazayotgan boʻlsangiz, itlimos, qumloq sahifasidan foydalaning.

Agar sahifani oʻchirish kerak emas, deb oʻylasangiz, oʻz fikringizni sahifa munozara sahifasida qoldiring.

Savollaringiz boʻlsa, tortinmasdan munozara sahifamga yozing. Rahmat! AnvarxonM (munozara) 00:54, 2025-yil 11-sentyabr (UTC)Javob berish

Assalomu aleykum AnvarxonM. Fikringiz uchun rahmat. Avval bu maqola mavjudligi haqida bilmagan edim. Yana shuni aytib oʻtishim kerakki bu maqola eskisidan koʻra yaxshiroq qilib yaratilgan deb ayta olaman. Hajm jihatdan balki kichikroq va maʼlumotlari kamroq boʻlishi mumkin, lekin eskisidan koʻra nacha sifatliroq deb ayta olaman. Maqolaning eski versiyasida juda koʻp qismlar birdan inglizchadan olib oʻtilgan va tarjima qilinmagan. Shu sababli ikki maqolani birlashitirish kerak degan fikrdaman. Keyinchalik bu versiyasini yaxshilash ustida ishlayman. Javoxir Yorqulov(suhbat uchun!) 10:14, 2025-yil 11-sentyabr (UTC)Javob berish
Va alaykum assalom Javohir. Mehnatingizni qadrlayman. Siz bu maqolani boshqa vikipediyadan mustaqil tarjima qilayotganingizda eʼtiborli boʻlishingiz va mavjud maqola yaratilmaslikka harakat qilishingiz kerak. Albatta birlashtirish yaxshi taklif va maqola ichidagi maʼlumotlarni yana ham ko'proq qilasiz degan umiddaman. AnvarxonM (munozara) 10:20, 2025-yil 11-sentyabr (UTC)Javob berish

Orden

[manbasini tahrirlash]
„Viki sportni sevadi“ tanlovida ishtirok etganingiz uchun
Hurmatli Javoxir Yorqulov, Viki Sportni sevadi 2025 tanlovida ishtirok etganingiz uchun barcha tashkilotchi va hakamlar nomidan sizni ushbu orden bilan taqdirlayman. Vikipediyaga samarali hissa qoʻshishdan charchamang! Jamshid Nurqul (munozara) 08:00, 2025-yil 25-sentyabr (UTC)Javob berish

Tabriknoma

[manbasini tahrirlash]

Hurmatli Javoxir Yorqulov,

Viki sportni sevadi 2025 oyligidagi faolligingiz uchun tashakkur. Tanlov davomida siz yozgan maqolalar eng yuqori ballni qoʻlga kiritdi va 1-oʻringa munosib koʻrildi. Tanlov sahifasida yozilgan sovgʻalarni sizga taqdim etishimiz uchun tashkiliy guruh bilan bogʻlanishingizni iltimos qilaman.

Yana bir marotaba gʻalabangiz bilan tabriklayman. Kelajak loyihalarda zafarlar tilab qolaman.

Hurmat bilan PanPanChik #yozish 11:19, 2025-yil 21-oktyabr (UTC)Javob berish

Persian-Uzbek Wiki Collaboration 2025

[manbasini tahrirlash]
Persian-Uzbek Wiki Collaboration
We sincerely thank you for your valuable participation in the Persian-Uzbek Wiki Collaboration. Your involvement played a crucial role in the success of this event and contributed to strengthening cultural and knowledge-based collaboration between the Persian and Uzbek Wikipedia communities. We hope to have your continued support in our future initiatives. Wishing you success and ongoing collaboration.Persia (munozara) 19:38, 2025-yil 4-dekabr (UTC)Javob berish